Hozirgi vaqtda 60000 tadan ortiq dasturli viruslar ma’lumdir. Ularni quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin:
a) yashash muhiti bo‘yicha;
b) zararlantirish usuli bo‘yicha; v) ta’sir etishi bo‘yicha;
g) algoritmning xususiyatlari bo‘yicha;
A) YAshash muhiti bo‘yicha viruslarning tasniflashi
Вируслар
B) Zararlantirish usuli bo‘yicha viruslarning tasniflanishi
V) Ta’sir etish darajasi bo‘yicha viruslarning tasniflanishi
G) Algoritmlarning xususiyatlari bo‘yicha viruslarning tasniflanishi
YAshash muhitiga bog‘liq ravishda viruslarni tarmoqli, faylli, yuklanadigan va faylli-yuklanadigan turlarga bo‘lish mumkin.
Tarmoqli viruslar turli kompyuter tarmoqlari bo‘yicha tarqaladilar. Disketadan emas, balki lokal yoki global tarmoqdan tarqatiladigan bu viruslar bajaradigan dasturlarni zararlantirmaydilar. Ular himoya qilishning tarmoq vositalari orqali kirib olish uchun moslashgandirlar va tarmoqda yuqori tarqalish tezligiga egadir.
Tarmoqli viruslarning eng keng tarqalgan turi kompyuter “chuvalchanglari” hisoblanadi, ular dasturli kodning “boshqa jinsli” qismi bo‘lib, kompyuter tarmog‘ini barcha uchastkalarida yuqori tezlikda tarqaladilar.
Kompyuter “chuvalchanglari” tizimning jiddiy buzilishlariga olib kelmaydi. Virus “chuvalchang” sifatida Worm dasturini keltirish mumkin, u o‘zining nusxalarini tarqatish uchun o‘zining dasturli kodini Internet tarmog‘i bo‘yicha elektron xabarlarga ilovalar ko‘rinishida jo‘natadi. Bu virus bajariladigan NARRU99. EXE faylida joylashadi.
Faylli viruslar asosan bajariladigan modullarga, ya’ni .SOM va .EXE kengaytmalarga ega bo‘lgan fayllarga, tadbiq qilinadi. Faylli viruslar boshqa turdagi fayllarga ham tadbiq qilinishi mumkin, lekin bunda ular boshqarishni uzatadilar, va, demak, ko‘payish qobiliyatini yo‘qotadilar. Faylli viruslar kompyuterdan kompyuterga fayllarda ko‘chib o‘tadilar va yuqori zararlantirish xossasiga ega.
Zararlangan dasturni har safar ishga tushirilganda virusning o‘z-o‘zini nusxalashi bo‘lib utadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |