Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар


Download 114.88 Kb.
bet7/23
Sana08.02.2023
Hajmi114.88 Kb.
#1176664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
kompyuter viruslari1

Parazitli viruslar oddiyroqdir, ular fayllarning va disk sektorlarining mazmunini o‘zgartiradilar, va etarlicha engil payqalishi va yo‘qotilishi mumkin.
CHuvalchanglar deb ataladigan virus replikatorlarni ta’-kidlash kerak, ular kompyuter tarmoqlari bo‘yicha tarqaladilar, tarmoq kompyuterlarining adreslarini hisoblaydilar va bu adreslar bo‘yicha o‘zlarining nusxalarini yozadilar.
Stels-viruslar deb ataladigan ko‘rinmaydigan viruslar ma’lumdir, ularni payqash va zararlantirish juda mushkuldir, chunki ular operatsion tizimni zararlangan fayllarga va disk-larning sektorlariga murojaat qilishni ushlab oladilar va o‘zining tanasini o‘rniga diskning zararlanmagan qismlarini qo‘yadi.
SHifrlash-qayta shifrlash algoritmlarini o‘z ichiga olgan virus-mutantlarni payqash juda mushkuldir, shu algoritmlar hisobiga bir xil virusning nusxalari bitta ham takrorlanmaydigan baytlar zanjiriga ega emas.
Kvazivirusli yoki “troyanli” dasturlar deb ataladigan viruslar ham mavjuddir, ular o‘z-o‘zidan tarqalish xossasiga ega bo‘lmasalarda, lekin juda xavflidir, chunki ular foydali dastur ostida niqoblanib, yuklanadigan sektorni va disklarning faylli tizimini buzadilar.


3. Kompyuter viruslaridan himoya qilish usullari


Kompyuter viruslaridan himoya qilishning uchta chegarasi mavjuddir:
-viruslarni kirib kelishini bartaraf etish;
-agar virus baribir kompyuterga kirgan bo‘lsa, virus hujumini bartaraf etish;
-agar hujum baribir amalga oshgan bo‘lsa, buzuvchi oqibatlarni bartaraf etish. Himoya qilishni amalga oshirishni uchta usuli mavjuddir:
-himoya qilishning dasturli usullari;
-himoya qilishning apparatli usullari;
-himoya qilishning tashkiliy usullari.
Muhim ma’lumotlarni himoya qilish masalasida ko‘pincha maishiy yondashish ishlatiladi: “kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshiroq”. Afsuski, aynan u eng buzuvchi oqibatlarni keltirib chiqaradi. Kompyuterga viruslarni kirib olish yo‘lida barrikadalarni yaratib olib, ularning mustaxkamligiga ishonib va buzuvchi hujumdan keyingi harakatlarga tayyor bo‘lmasdan qolmaslik kerak. SHu bilan birga, virusli hujum - bu muhim ma’lumotlarni yo‘qotishni yagona bo‘lmagan va xattoki keng tarqalmagan sababidir. SHunday dasturli uzilishlar mavjudki, ular operatsion tizimni ishdan chiqarishi mumkin, hamda shunday apparatli uzilishlar borki, ular qattiq diskni ishlashga layoqatsiz qilib qo‘yish qobiliyatiga egadirlar. O‘g‘rilash, yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar natijasida muhim ma’lumotlar bilan birgalikda kompyuterni yo‘qotish ehtimoli har doim ham mavjuddir. SHuning uchun xavfsizlik tizimini yaratishni birinchi navbatda “oxiridan” boshlash kerak - istalgan ta’sirni, u virus hujumi, xonada o‘g‘rilik yoki qattiq diskni fizik ishdan chiqishi bo‘lishidan qat’iy nazar, buzuvchi oqibatlarini bartaraf etishdan boshlash kerak.
Ma’lumotlar bilan ishonchli va xavfsiz ishlashga faqat shundagina erishiladiki, agar istalgan kutilmagan hodisa, shu jumladan kompyuterni to‘liq fizik ishdan chiqarish ham, xaloqatli oqibatlarga olib kelmasligi kerak.

Download 114.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling