Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар


Virus faoliyati asosan 4 ta fazaga ega


Download 114.88 Kb.
bet2/23
Sana08.02.2023
Hajmi114.88 Kb.
#1176664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
kompyuter viruslari1

Virus faoliyati asosan 4 ta fazaga ega;


  • uxlash fazasi;

  • ko‘payish fazasi;

  • ishga kirishish fazasi;

  • vayron qilish fazasi.

Virus ixtirochisi asta-sekinlik bilan foydalanuvchining ishonchini qozonish maqsadida,uxlash fazasini ishlatishi mumkin,chunki bunda virus ko‘paymaydi va ma’lumotlarni buzmaydi. Xozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari mavjud bo‘lib, ular kompyuterda ma’lumotlarni ishonchli saqlanishiga xavf soladi va kompyuter ishlash jarayonida turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. SHu bois kompyuter viruslari, ularning turlari, etkazadigan zararlari hamda ulardan himoyalanish uchun ko‘riladigan choralar bilan tanish bo‘lish muxim
    1. Kompyuter virusi haqida tushuncha. Viruslarning mohiyati, paydo bo‘lishi va tarqalishining asosiy belgilari


SHK larning ommaviy qo‘llanilishi, baxtga qarshi, kompyuterlarning me’yorda ishlashiga to‘sqinlik qiladigan, faylli strukturani, disklarni buzadigan va kompyuterda saqlanadigan axborotga talofat etkazadigan o‘z-o‘zidan ishlab chiqariladigan dastur viruslarni paydo bo‘lishi bilan aloqadordir. Bitta kompyuyuterga kirib olib, kompyuter virusi boshqa kompyuterlarga tarqalish qobiliyatiga egadir.

Kompyuter virusi nima


Kompyuter virusi - maxsus yozilgan dastur bo‘lib, kompyuterda ishlashda barcha mumkin bo‘lgan halaqitlarni yaratish, fayllarni va kataloglarni buzish dasturlari ishdan chiqarish maqsadida hisoblash tizimlariga, kompyuterning tizimli sohalariga, fayllarga tadbiq, qilinadigan, uzlarining nusxalarini yaratish, boshqa dasturlarga o‘z- o‘zidan birikib oladigan xossalarga egadirlar.
Ichida virus joylashgan dastur “zararlangan” (“yuqtirilgan) deb ataladi.
Bunday dastur o‘z ishini boshlaganda, oldin boshqarishni virus o‘z qo‘liga oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va “zarar-lantiradi”, hamda biror-bir zararli ishlarni bajaradi (masalan, fayllarni yoki diskda fayllarni joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani “kirlantiradi” va x.k.) Virusni niqoblash uchun boshqa dasturlarni zararlantirish va zarar etkazish bo‘yicha ishlar har doim ham emas, aytaylik ma’lum bir shartlar bajarilganda, bajarilishi mumkin. Virus unga kerakli ishlarni bajargandan keyin u boshqarishni o‘zi joylashgan dasturga uzatadi va u dastur odatdagiday ishlay boshlaydi. SHu bilan bilan birga tashqi ko‘rinishdan zararlangan dasturning ishlashi zararlanmaganniki kabi ko‘rinadi.
Viruslarning ko‘pgina ko‘rinishlari shunday tuzilganki, zararlangandan dastur ishga tushirilganda virus kompyuter xotirasida har doim qoladi va vaqti-vaqti bilan dasturlarni zararlantiradi va kompyuterda zararli ishlarni bajaradi.
Virusning barcha harakatlari etarlicha tez bajarilishi mumkin va biror-bir xabarni bermaydi, shuning uchun foydalanuvchi kompyuterda birorta odatdan tashqari ishlar bo‘layotganini payqashi juda mushkuldir.
Kompyuterda nisbatan kam dasturlar zararlangan bo‘lsa virusning borligi deyarli sezilarsiz bo‘ladi. Lekin biror vaqt o‘tishi bilan kompyuterda qandaydir g‘alati hodisalar ro‘y bera boshlaydi, masalan:

  • ba’zi dasturlar ishlashdan to‘xtaydilar yoki noto‘g‘ri ishlay boshlaydilar;

  • ekranga begona xabarlar yoki belgilar chiqariladi;

  • kompyuterda ishlash jiddiy sekinlashadi;

  • ba’zi bir fayllar buzilib qoladi va x. k;

Bu vaqtga kelib, qoidaga ko‘ra, foydalanuvchi ishlayotgan etarlicha ko‘p (yoki xatto ko‘pchilik) dasturlar viruslar bilan zararlangan, ba’zi bir fayllar yoki disklar esa ishdan chiqqan hisoblanadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi kompyuteridagi zararlangan dasturlar disketalar yordamida yoki lokal tarmoq bo‘yicha foydalanuvchining hamkasblarini va o‘rtoqlarini kompyuteriga o‘tib ketgan bo‘lishi mumkin.
Viruslarning ba’zi bir ko‘rinishlari o‘zlarini yanada xavf-liroq tushadilar. Ular boshlanishda katta miqdordagi dasturlarni yoki disklarni bildirmasdan zararlantiradilar, keyin esa juda jiddiy shikastlanishlarni keltirib chiqaradi, masalan, kompyuterdagi butun qattiq diskni formatlaydi. Dastur-virus sezilarsiz bo‘lishi uchun u katta bo‘lmasligi kerak. SHuning uchun, qoidaga kura, viruslar etarlicha yuqori malakali dasturlovchilar tomonidan Assembler tilida yoziladi.
Kompyuter viruslarini paydo bo‘lishi va tarqatilishi sabablari, bir tomondan, inson shahsiyatining psixologiyasida va uning yomon xislatlarida yashirinadi (havaslar, qasos olishlari, tan olinmagan ijodkorlarni mansabparastligi, o‘zining qobi- liyatlarini konstruktiv qo‘llashni imkoniyati yo‘qligi), ikkinchi tomondan esa, himoya qilishning apparat vositalarini va shaxsiy kompyuterning operatsion tizimi tomonidan qarshi harakatlarni yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Ko‘pchilik davlatlarda qabul qilingan kompyuter jinoyatlari bilan kurash va viruslardan himoya qilishning maxsus dastur vositalarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi qonunlarga qaramasdan, yangi dastur-viruslarning, soni doimo oshib bormoqda. Bu shaxsiy kompyuter foydalanuvchisidan viruslar tabiati, viruslar bilan zararlanish usullari va ulardan himoya qilish uslublari to‘g‘risidagi bilimlarni talab etadi.
Viruslarni kompyuterga kirib olinishini asosiy yo‘llari olinadigan disklar (egiluvchan va lazerli), ham kompyuter tarmoqlari hisoblanadi. +attiq diskni viruslar bilan zararlanishi kompyuterni virusni o‘zida saqlagan disketadan yuklaganda amalga oshishi mumkin. Bunday zararlanish tasodifiy bo‘lishi mumkin, masalan, disketani A: diskovoddan chiqarib olmasdan va kompyuterni qayta yuklanganda, bunda disketa tizimli bo‘lmasligi ham mumkindir. Disketani zararlantirish juda oddiyroqdir. Unga virus, hattoki agar disketani zararlangan kompyuterni diskovodiga qo‘yilganda va, masalan, uning mundarijasini o‘qilganda, tushishi mumkin.

Download 114.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling