Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар
Download 114.88 Kb.
|
kompyuter viruslari1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsion tizimni yuklovchisi va qattiq diskni asosiy yuklovchi yozuvi.
- 3. +urilmalarning drayverlari
Bajariladigan fayllar, ya’ni .SOM va .EXE kengaytmali fayllar, hamda boshqa dasturlar bajarilganda yuklanadigan overlokli (takrorlanadigan) fayllardir. Zararlangan bajariladigan fayllardagi virus shu virus joylashgan dastur ishga tushirilganda o‘zining ishini boshlaydi. Virus bilan zararlanishning eng xavflisi DOS buyruqli protsessorini-SOMMAND.SOM dasturini zararlanishidir, chunki bu virus DOS ning istalgan buyrug‘i bajarilganda ishlaydi va istalgan bajariladigan dastur zararlanadi (agar virus uni zararlantira olsa ).
Operatsion tizimni yuklovchisi va qattiq diskni asosiy yuklovchi yozuvi. Bu sohalarni buzadigan, qoidaga ko‘ra, ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi, chunki ushbu katta bo‘lmagan qayd qilingan disk sohalarida virus dasturini butunlay joylashtirish mushkuldir. Ularga sig‘maydigan virus qismi, “buzilgan” deb e’lon qilinadigan, diskning boshqa qismida joylashadi. Bunday virus operatsion tizim boshlang‘ich yuklanganda o‘zining ishini boshlaydi va rezident bo‘lib qoladi, ya’ni kompyuter xotirasida doimiy joylashadi. 3. +urilmalarning drayverlari, ya’ni CONFIG.SYS faylining Device qilishda ko‘rsatiladigan fayllar. Ularda joylashgan viruslar har safar mos qurilmaga murojaat qilganda o‘zining ishini boshlaydi. DOC tizimining tizimli fayllari (MS DOS da ular IO.SYS va MSDOS.SYS deb ataladi, PS DOS da - IBMBIO.COM va IBMDOS.COM, DR DOSda esa - DRBIOS.SYS va DRDOS.SYS deb ataladi). Bu fayllarning zararlanishi ehtimoli kamroqdir, lekin nazariy jihatdan mumkindir, chunki ular diskning uzluksiz qismida, fayllarni joylashtirish uchun ajratilgan boshlang‘ich qismida, joylashishi kerak. SHuning uchun bu fayllarga viruslarni joylashishi uchun, IO.SYS va MSDOS.SYS fayllaridan keyin keladigan boshqa fayllar band qiladigan joyni diskda bo‘shatish kerak, bu esa etarlicha murakkabdir. +oidaga ko‘ra, virusning har bir ma’lum turi fayllarning faqatgina bitta yoki ikkita tipini zararlantirishi mumkin. Ko‘prok .COM fayllarni zararlantiradigan viruslar uchraydi, tarqalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda-.EXE fayllarni ham zararlantiradigan viruslar uchraydi. Ba’zida kompyuterlar disketalarning yuklanadigan sektorlari orqali tarqatiladigan viruslar bilan zararlantiradilar. Download 114.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling