Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар


Download 114.88 Kb.
bet10/23
Sana08.02.2023
Hajmi114.88 Kb.
#1176664
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
kompyuter viruslari1

Dastur filtrlar to‘rtinchi o‘rinda turadilar. Bu dasturlar ko‘plab viruslarni (hammasini bo‘lmasa ham), ular xali ko‘p narsalarni buzishga yoki zararlantirishga ulgurmasdan oldin, eng boshlang‘ich bosqichda payqash imkonini beradi. Antivirus va Flu Shot Plus turidagi dasturlar dastur-filtrlarga tegishlidir.
Dastur-detektorlar beshinchi o‘rinda turadilar, ular yangi olingan dastur ta’minotida viruslarning mavjudligini tekshirish uchun ishlatiladi.
Dastur-doktorlar (faglar) oltinchi o‘rinda (umuman birinchida emas) joylashgan. Ularni, buzilgan dasturni nusxasi arxivda bo‘lmaganda, va uni boshqa usul bilan olish qiyin bo‘lgan hollardagina qo‘llagan ma’qulroq. Bundan tashqari, agar dastur-fag ishlatilayotgan bo‘lsa, unda keyin tiklangan faylni dastur-taftishchi bilan albatta tekshirish kerak bo‘ladi (tushunarliki, agar bu fayl to‘g‘risidagi axborot oldindan saqlangan bo‘lsa), lekin har doim ham dastur-doktor to‘g‘ri davolayvermaydi.
Va nihoyat, eng oxirgi o‘rinda doktor-vaksinalar joylashgan. Dunyoda minglab viruslar mavjud bo‘lgan sharoitlarda aynan kompyuter zararlanadigan virusdan faylni himoya qilish ehtimoli juda ham kichkinadir. Va bundan tashqari, dasturni yozuvdan himoya qilingan disketaga joylashtirish yanada samaraliroqdir.
Juda ko‘p foydalanuvchilar ta’kidlamoqdalarki, viruslardan himoya qilish uchun viruslarni payqaydigan va ularni yo‘qotadigan dasturlarni iloji boricha ko‘proq (ya’ni dastur-detektorlarni va doktorlarni) yig‘ish kerak, himoya qilishning boshqa choralarini inobatga olmaslik mumkin: virus qachon paydo bo‘lsa, unda bu dasturlardan to‘g‘ri keladigan “dorini” tanlash balki mumkin bo‘ladi. SHu bilan birga virusdan keladigan zararni kamaytirish uchun tibbiyot xodimlari qadimdan gapirib kelayotgan qoidaga rioya qilish kerak: «kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshiroq».

Virus bilan zararlanishga qarshi profilaktika


Bu paragrafda kompyuterni virus bilan zararlanish ehtimolini kamaytirish, hamda, agar baribir virus bilan zararlanish bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, undan keladigan zararni minimumga olib kelish choralari ko‘rib chiqiladi. Albatta, virus bilan zararlanishga qarshi profilaktika uchun ko‘rib chiqilgan barcha vositalarni emas, balki faqatgina siz kerakli deb hisoblangan vositalarnigina ishlatish kerak.

  1. O‘zgartirmaydigan fayllarni o‘zida saqlagan disketalarda yozuvdan himoya qiluvchi kesilgan joyini elimlab qo‘yish kerak. qattiq diskda yozuvdan himoya qilingan mantikiy diskni yaratish va unga o‘zgartirilmasdan, faqat ishlatiladigan dasturlarni va fayllarni joylashtirish kerak.

  2. Virusdan himoya qilish uchun rezidentli dastur-filt-rlarni yoki doimo, yoki bu mumkin bo‘lgan hamma vaqtda ishlatish maqsadga muvofiqdir.

  3. Disketalarning yuklanadigan sektorlari orqali tarqaladigan virus bilan zararlanishdan xalos bo‘lish uchun qattiq diskdan kompyuterni qayta yuklashdan oldin A: diskovodda birorta disketa yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Agar u erda disketa bor bo‘lsa, unda qayta yuklashdan oldin diskovod eshigini ochib qo‘ying.

  4. Agar siz kompyuterni disketadan qayta ishlashni xoxlasangiz, faqatgina operatsion tizimli yozishdan himoya qilingan “etalon” disketadan foydalaning.

  5. DOS boshlang‘ich yuklanganda bajariladigan AUTOEXEC.VAT buyruqli fayliga, parametr sifatida fayllarning uncha katta bo‘lmagan ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, fayllarda o‘zgarishlarni tekshirish uchun dastur-taftishchini chaqirishni qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

  6. Siz yaratgan yoki o‘zgartirgan fayllarni davriy ravishda arxivlash kerak. Fayllarni arxivlashdan oldin, kompyuterda virus yo‘qligiga ishonch hosil qilish va arxivga buzilgan yoki zararlangan fayllarni joylashishidan xalos bo‘lishi uchun, virus borligini avvalroq diagnostika qilish uchun dasturni bajarish maqsadga muvaffiqdir.

  7. Boshqa kompyuterlardan dastur ta’minotini ko‘chirib yozish kerak emas, chunki u virus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.

  8. Siz birorta dastur maxsulotini yoki hujjatni olganingizdan yoki ishlab chiqqaningizdan keyin mos fayllarning etalonli arxivli nusxasini yaratish kerak, uning yordamida bu fayllarni kompyuter virus bilan zararlanganda engilgina tiklash mumkin bo‘ladi.

  9. Tashqaridan olib kelingan disketalarni ishlatishdan oldin dastur-detektor yordamida virus borligiga tekshirish kerak. Buni xattoki, siz bu disketalarda faqatgina ma’lumotli fayllarni ishlatishni istagan holatlaringizda ham foydalidir - siz virusni qanchalik tez payqasangiz, shunchalik yaxshidir.

  10. Kompyuterda ishlashga beona shaxslarni, ayniqsa agar ular o‘zlarining disketalariga ega bo‘lmasalar, qarovsiz qoldirmasdan ruxsat bermaslik kerak. Juda ko‘p hollarda kompyuterni virus bilan zararlanish sababi disketada olib kelingan, kimdir uni kompyuterda 10-15 minut o‘ynagan kompyuter o‘yini hisoblanadi. Agar kompyuterga tasodifiy shaxslarni murojaat qilishdan xalos bo‘lishning imkoni bo‘lmasa (masalan, o‘quv markazida), kompyuterning qattiq diskida joylashgan barcha yoki deyarli barcha dasturlarni yozishdan himoya qilingan diskda joylashtirilgan maqsadga muvofiqdir.

  11. Agar kompyuter qattiq diskda ega bo‘lsa, har doim ishonchli joyda “tizimli” disketaga, ya’ni DOS operatsion tizimini yuklash mumkin bo‘lgan disketaga ega bo‘lish kerak.

  12. Turli kompyuter viruslarni payqash va yo‘qotish uchun dasturlarni yig‘ib borish kerak. Bu dasturlarni ishonchli joyda saqlanish kerak bo‘lgan disketaga joylashtirish kerak. Bu disketa bilan birgalikda uni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomani saqlash maqsadga muvofiqdir. Dasturlarni tanlab olishda “miqdor sifatni almashtirmaydi” degan qoidani yoddan chiqarmaslik kerak va faqatgina:

-o‘ziga yaxshi tavsiyanoma bergan;

  • viruslarning keng diapazoniga yoki boshqa dasturlar bilan “ushlab olinmaydigan” viruslarga mo‘ljallangan;

-o‘zlarida viruslar yo‘qligiga tekshirilgan dasturlarnigina yig‘ish kerakViruslarni payqash va ulardan himoya qilish dasturlari. Ularning va tavsiflari.
Kompyuter viruslarini payqash, o‘chirish va ulardan himoya qilish uchun maxsus dasturlarning bir nechta turlari ishlab chiqilgan, ular viruslarni payqash va yo‘qotish imkonini beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar deb ataladi.
Virusga qarshi dasturlarning quyidagi turlari mavjud:

  1. dastur-detektorlar;

  2. dastur-doktorlar yoki faglar;

  3. dastur-taftishchilar;

  4. dastur-filtrlar;

  5. dastur-vaksinalar yoki immunizatorlar.

Download 114.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling