Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар
Dastur-filtrlar yoki “qorovullar”
Download 114.88 Kb.
|
kompyuter viruslari1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vsafe
Dastur-filtrlar yoki “qorovullar”-bu, kompyuter ishlashida viruslar uchun tegishli bo‘lgan shuboali harakatlarni payqash uchun mo‘ljallangan, uncha katta bo‘lmagan rezidentli dasturlardir. Bunday harakatlar bo‘lishi mumkin:
.COM va .EXE kengaytmali fayllarni to‘g‘rilashga intilishlar; fayllar atributlarini o‘zgartirish; absolyut adres bo‘yicha diskka to‘g‘ridan to‘g‘ri yozish; diskning yuklanadigan sektorlariga yozish; rezident dasturni yuklash. Biror dastur tomonidan ko‘rsatilgan amallarni bajarishga intilish bo‘lganda “qorovul” foydalanuvchiga xabar yuboriladi va mos amallarni ta’qiqlashni yoki ruxsat berishni taklif etadi. Dastur-filtrlar juda foydalidir, chunki ular virusni uni paydo bo‘lishini boshlang‘ich bosqichlarida, ko‘paygunga kadar payqash qobiliyatiga egadir. Ammo ular fayllarni va disklarni “davo-lamaydilar”. Viruslarni yo‘qotish uchun boshqa dasturlarni, masalan faglarni, qo‘llash talab etiladi. Dastur-qorovullarning kamchiliklariga ularning jonga tegishini “(masalan, ular bajarilayotgan faylni nusxalashga ixtiyoriy intilish to‘g‘risida doimo ogohlantirib turadilar), hamda boshqa dastur ta’minoti bilan mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni keltirish mumkin. Dastur- filtrga misol tariqasida MS DOS operatsion tizimining utilitlarini to‘plamini tarkibiga kiruvchi Vsafe dasturini keltirish mumkin. Vaksinalar yoki immunizatorlar - bu fayllarni zararlanishini bartaraf etuvchi rezidentli dasturdir. Vaksinalarni virusni “davolaydigan” dastur doktorlar yo‘q bo‘lganda qo‘llaniladi. Vaksinalash faqatgina ma’lum bo‘lgan viruslardan mumkindir. Vaksina dastur yoki diskni shunday o‘zgartiradiki, bu ularning ishlashida aks ettirilmaydi, virus esa ularni zararlangan deb qabul qiladi va shuning uchun tadbiq etilmaydi. Xozirgi vaqtda dastur-vaksinalar cheklanilgan qo‘llanishga egadirlar. Viruslar bilan zararlangan fayllarni va disklarni o‘z vaqtida payqash, har bir kompyuterda payqalgan viruslarni to‘liq yo‘qotish virus epidemiyasini boshqa kompyuterlarga tarqalishini oldini olish imkonini beradi. Download 114.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling