Dastur-detektorlar ma’lum bir virus uchun tavsifli bo‘lgan baytlar ketma- ketligini (virus signaturalari) tezkor xotirada va fayllarda qidirishni amalga oshiriladi, va virusni payqaganda mos xabarni beradi. Bunday virusga qarshi dasturlarning kamchiligi shundaki, ular faqat bunday dasturlarning ishlab chiquv- chilariga ma’lum bo‘lgan viruslarnigina topa oladilar.
Dastur-doktorlar yoki faglar, hamda dastur-vaksinalar nafaqatgina viruslar bilan zararlangan fayllarni topmasdan, balki ularni “davolaydi” ham, ya’ni fayldan dastur-virus tanasini o‘chiradilar, fayllarni boshlang‘ich holatga qaytaradilar. Faglar o‘zining ishini boshida tezkor xotirada viruslarni qidi-radi, ularni yo‘qotadi va faqat keyingina fayllarni “davolashga” o‘tadi. Faglar orasida yarim faglarni ajratish mumkin, ular katta miqdordagi viruslarni qidirish va yo‘qotish uchun mo‘ljallangan dastur-doktorlardir. Aidstest, Scan, Norton Antivirus va Doctor Web eng mashhur polifaglar hisoblanadilar. YAngi viruslar doimo paydo bo‘lib borishini inobatga olib, dastur-detektorlar va dastur-doktorlar tezda eskiradilar, va ularning versiyalarini doimo yangilab borish talab etiladi.
Dastur-taftishchilar viruslardan himoya qilishning eng ishonchli usullariga tegishlidir. Taftishchilar, kompyuter virus bilan zararlanmaganda, kataloglarning dasturlarini va diskning tizimli sohalarini boshlang‘ich qiymatini eslab qoladilar, keyin esa davriy ravishda yoki foydalanuvchining xoxishi bo‘yicha joriy holatni boshlang‘ich holat bilan taqqoslaydi. Payqalgan o‘zgarishlar videomonitor ekraniga chiqariladi. +oidaga ko‘ra, holatlarni taq-qoslash opkratsion tizim yuklangandan keyin birdaniga amalga oshiriladi. Taqqoslashda fayl uzunligi, siklik nazorat qilish kodi (faylning nazorat yig‘indisi), o‘zgartirish sanasi va vaqti, boshqa parametrlar tekshiriladi. Dastur-taftishchilar etarlicha rivojlangan algoritmlarga ega, stels- viruslarni payqaydilar, va hattoki tekshirilayotgan dastur versiyalarini o‘zgarishlarini virus tomonidan kiritilgan o‘zgarishlardan farqini payqaydilar.
Rossiyada keng tarqalgan “Dialog-Nauka” firmasining Adinf dasturi dastur- taftishchilar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |