Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар
Download 114.88 Kb.
|
kompyuter viruslari1
Texnik vositalar (apparatura) kompyuterga yoki uzatuvchi muhitga ulanish yo‘li bilan dasturlarni o‘qish, qayta shifrlash, hamda ularni fizik buzishni amalga oshirishi mumkin.
Maxsus dasturlar yordamida dastur maxsulotini virus bilan zararlantirish, uni ruxsat etilmagan nusxalash, uning ma’nosini ruxsatsiz o‘rganish va amalga oshirishi mumkin. Va nixoyat, atrof-muhit anomal hodisalar yordamida (elektromagnit nurlanishni ko‘payishi, yong‘in, suv toshqini va boshqalar.) dastur maxsulotini fizik buzish amalga oshirilishi mumkin. Dastur maxsulotlarini himoya qilishni eng oddiy va mumkin bo‘lgan usuli ularga quyidagi usullar bilan murojaat qilishni cheklash hisoblanadi: dasturlar ishga tushganda ularni parol bilan himoya qilish; kalit disketani ishlatish; kompyuterning kiritish - chiqarish portiga ulanadigan maxsus texnik qurilmani ( elektron kalitni) ishlatish. Dasturlarni ruxsat etilmagan nusxalashdan saqlash maq-sadida himoya qilishning maxsus dasturli vositalari: dastur ishga tushiriladiganmuhitni identifikatsiyalash; ruxsat etilgan installyasiyalarni va nusxalashlarni bajarilishini miqdorini hisobini olib borish; tizimlarning ishlash algoritmlarini va dasturlarini o‘rganishga qarshi turish ( xattoki o‘z-o‘zini buzishgacha) kerak. Dastur maxsulotlari uchun samarali himoya qilish choralari quyidagilar hisoblanadilar: ishga tushiradigan disketani nostandart shakllantirish; qattiq diskda dasturlarni joylashgan joyini qat’iy belgilash; kiritish-chiqarish portiga qo‘yiladigan elektron kalitga bog‘lanish; BIOS nomeriga bog‘lanish va boshqalar. Dastur mahsulotlarini himoya qilish xuquqiy usullar bilan ham albatta amalga oshirishi kerak, ularning qatoriga kelishuvlar va shartnomalarni, patentli himoya qilishni, mualliflik xuquqini, texnologik va ishlab chiqarish maxfiyligini va boshqalarni kiritish mumkin. Download 114.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling