Компьютерда тизим шиналарни ташкил этиш


Xotiraning ierarxik strukturasi. Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar. RAID massivlari


Download 0.6 Mb.
bet4/5
Sana22.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1380586
1   2   3   4   5
Bog'liq
КТЕ3-маъруза

Xotiraning ierarxik strukturasi. Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar. RAID massivlari
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash muammosini hal qilishning ananaviy yo‘li, xotirani ierarxik ko‘rinishda tashkil etish bilan amalga oshiriladi (9-rasm).
9-rasm. Xotirani besh sathli ko‘rinishda tashkil etish.
Protsessorning ichki registrlari ierarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan. Ularga murojaat qilish tezligi, boshqa xil xotiralarga nisbatan ancha yuqoridir. Keyingi qatorda hozirgi paytda xajmi 32 Kbaytdan bir necha megabaytgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan kesh-xotira joylashgan. Ierarxiyaning uchinchi pog‘onasida, hajmi bir necha o‘n gigabaytlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy xotira joylashgan. Keyingi qatorlarda magnitli disklar va lentalar, hamda optik disklar asosida yordamida ishlaydigan xotira qurilmalari joylashgan.
Xotiraning ierarxik strukturasi. Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar. RAID massivlari
Ierarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga murojaat qilish vaqti kattalashib boradi. Registrlarda bu vaqt – bir necha nanasekundni, kesh-xotirada bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa bir necha o‘n nanosekundlarni tashkil qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar yana ham kattalashadi – disklarga murojaat qilish vaqti kamida 10 mks larga, optik disklar va magnit lentalarda esa bundan ham katta qiymatlarga ega bo‘ladi, hamda sekundlarda o‘lchanadi. Ikkinchidan xotira xajmi o‘sib boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi. Uchinchidan ma’lum qiymatga (masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri keladigan xotira hajmi ham, oshib boradi. Ushbu paragrafda biz asosan magnitli va optik disklarga taalluqli ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz.
Xotiraning ierarxik strukturasi. Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar. RAID massivlari
Magnitli disklar – vinchesterlar. Magnitli disk - alyuminiydan (yoki shishadan) tayyorlangan, magnit qavat bilan qoplangan bir yoki bir nechta doirasimon yuzalardan iborat bo‘ladi. Ushbu magnit disklarning diametrlari avvallari 50 sm bo‘lgan, hozirda ularning diametrlari 3 sm dan 12 sm gacha qilib ishlab chiqarilmoqda. Noutbuk va netbuklardagi disklarning diametrlari esa 3 sm dan ham kamayib bormoqda. 10-rasmda magnitli disk sxemasi keltirilgan.
10-rasmda magnitli disk sxemasi

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling