Компьютерда тизим шиналарни ташкил этиш


Xotiraning ierarxik strukturasi. Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar. RAID massivlari


Download 0.6 Mb.
bet5/5
Sana22.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1380586
1   2   3   4   5
Bog'liq
КТЕ3-маъруза

Xotiraning ierarxik strukturasi. Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar. RAID massivlari
Yo‘lka (rus tilida – дорожка) deganda, disk to‘liq bir marotaba aylanishi natijasida, unga yozilgan bitlar ketma-ketligi tushuniladi. Har bir yo‘lka ma’lum bir uzunlikdagi sektorlarga bo‘lingan. Odatda har bir sektor 512 bayt (4096 bit) hajmdagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Yo‘lkada ma’lumotlardan avval, yozish-o‘qish qurilmasini sinxronlash uchun mo‘ljallangan preambula (preamble) joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlardan keyin esa, xatolarni to‘g‘irlash kodi ECC (Error-Correcting Code, rus tilida - код исправления ошибок) yozib qo‘yiladi. Bunday kodlar sifatida Xemming yoki Rid-Solomon kodlaridan foydalaniladi. Qo‘shni sektorlar orasida sektorlararo intervallar joylashgan bo‘ladi. Ishlab chiqaruvilar disklarning hajmi sifatida formatlanmagan diskning o‘lchamini keltiradilar. Odatda formatlangan diskning o‘lchami, formatlanmagan diskning o‘lchamiga nisbatan 15 % ga kam bo‘ladi. Hozirgi disklarda 5000 dan 10 000 tagacha yo‘lkalar bo‘lishi mumkin, ya’ni har bir yo‘lkaning kengligi 1 mikrondan 2 mikrongacha bo‘lishi mumkin (1 mikron=1/1000 mm). Yo‘lkalarga yozilgan ma’lumotlarning zichliklari, yo‘lkaning markazdan qancha uzoqda joylashganiga qarab 50 000 dan 100 000 bit/sm gacha bo‘lishi mumkin.
Xotiraning ierarxik strukturasi. Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar. RAID massivlari
CD va DVD disklar: CD-ROM (Compact Disc-Read Only Memory, rus tilida - постоянная память на компакт-диске) – kompakt diskda joylashgan doimiy xotira.
CD-R (CD-Recordable, rus tilida - записываемый компакт-диск) – yozish mumkin bo‘lgan kompakt disk. 1-rasmda kompakt diska yozish sxemasi keltirilgan.
CD-RW (CD-ReWritable, rus tilida - перезаписываемый компакт-диск) – ma’lumotlarni o‘chirib qayta yozish mumkin bo‘lgan disk.
DVD (Digital Video Disk, rus tilida - цифровой видеодиск) – raqamli video disk, yoki Digital Versatile Disk (rus tilida - цифровой многоцелевой диск) – raqamli ko‘p maqsadli disk. Ushbu disklarga yozishda qizil rangli lazer qo‘llaniladi va ularning quyidagi xillari mavjud:
11-rasm. Kompakt diskka yozish sxemasi.
Xotiraning ierarxik strukturasi. Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar. RAID massivlari
1.Bir tomonli bir qavatli disklar – 4,7 Gbayt.
2.Bir tomonli ikki qavatli disklar – 8,5 Gbayt.
3.Ikki tomonli bir qavatli disklar – 9,4 Gbayt.
4.Ikki tomonli ikki qavatli disklar – 17 Gbayt.
Blu-Ray – ma’lumotlarni yozish uchun ko‘k rangli lazer qo‘llaniladigan DVD-disk. Bu xildagi disklarning bitta tomoniga 25 Gbaytgacha xajmdagi ma’lumotlarni yozish mumkin, ikki tomonli diskning xajmi esa 50 Gbayt bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 4,5 Mbit/sek.
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling