Kompitentlikni muloqot vaqtida shakllanishi. Individual tajribaga asoslanish Reja
Download 0.76 Mb.
|
KOMPITENTLIKNI MULOQOT VAQTIDA SHAKLLANISHI NINDIVIDUAL TAJRIBAGA ASOSLANISH 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy kompetensiyalar: 1)Qo’l ostidagilar-ning imkoniyatla-rini rivojlantirish
- Ushbu kompetensiyaga ega rahbar
- 2)Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish
4)Motivatsion qo’l-lab-quvvatlash– rahbardagi xodimlarning o’z ishiga sadoqatini mustahkamlay olish kompetensiyasi.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)xodimlarning yutuqlarini tan oladi va ularni taqdirlaydi; b)xodimlarga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi; c)xodimlar o’z yutuqlaridan qoniqish hosil qilishlari uchun guruh bilan faxrlanishini ochiqdan ochiq aytadi; d)xodimlarning ishdan xursand bo’lishlari uchun turli ijodiy usullarni o’ylab topadi; e)barcha muhim tadbirlarda shaxsan o’zi qatnashadi; f)ziddiyatli vaziyatlarni tez hal etadi va yo’qotadi; g)xodimlar faoliyatini jonlantirish uchun suhbatlar va prezentasiya (taqdimot)lar o’tkazadi. Uslubiy kompetensiyalar: 1)Qo’l ostidagilar-ning imkoniyatla-rini rivojlantirish– rahbardagi mas’uliyatni his etish, komandada ishlash, xodimlarning imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam berish xususiyati. Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos uslubiy kompetensiyalar (6.2-rasm). Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a) har bir xodimning xarakteridan kelib chiqqan holda muomalada bo’ladi; b)qo’l ostidagilarining ko’proq muvaffaqiyatga erishishlariga yordamlashish maqsadida ma’lumot, maslahat va takliflarni bo’lishadi hamda treningning samaradorli-gini ta’minlaydi; c)xodimlarning imkoniyatlarini oshirishga ko’maklashadigan topshiriqlarni bera oladi; d)qo’l ostidagilarning rivojlanishini tahlil qilish uchun muntazam ravishda ular bilan uchrashib turadi; e)kasbiy o’sish (karyera) va komillikka yo’naltirilgan xatti-harakatlarni kengaytiradi; f)qo’l ostidagilarning muvaffaqiyatga erisha olishlariga ishonch bildiradi. 2)Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish– rahbarning o’z g’oyalari, maqsadlari, loyihalari va qarorlariga hamfikr va qo’llab-quvvatlovchilarni topa olish qobiliyati. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)har tomonlama foydali qarorlarni topa oladi; b)qo’llab-quvvatlashlariga tayanish maqsadida qaror qabul qilish jarayoniga atrofdagilarni jalb qiladi; c)kelishuvga erishish maqsadida muqobil qarorlarni taklif etadi va fikr almashadi; d)vaziyatning barcha qatnashuvchilari uchun foydali qa-rorlarni topadi va taklif qiladi; e)ekspertlarni yoki uchinchi tomonni boshqalarga ta’sir o’tkazishga qiziqtiradi; f)atrofdagilarga ta’sir ko’rsatishning boshqa bilvosita usullarini o’ylab chiqadi; g)kutilgan harakatni amalga oshirish va kutilgan natijaga erishish ehtimolligini oshirish maqsadida, voqealarning borishi va qatnashuvchi odamlar holatini hisobga olgan holda vaziyatni tarkib toptiradi; g)atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qiladi; i)haqiqatda qaror qabul qiladigan odamlarni, shuningdek, o’ziga ta’sir o’tkaza oladiganlarni ajratadi va bor kuchini o’shalarga yo’naltiradi; j)axborot, intellekt, karyera, biznes muloqot va yordamning boshqa turlarini namoyon qila oladigan shaxslar bilan muomala o’rnatishga harakat qiladi; k) atrofdagilarning shaxsiy hayotlari (masalan, qiziqishlari, xavotirlari, oilasi, do’stlari) bilan qiziqadi va ular bilan yaxshi munosabatlar o’rnata oladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling