Kompitentlikni muloqot vaqtida shakllanishi. Individual tajribaga asoslanish Reja


Download 0.76 Mb.
bet9/11
Sana26.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1125839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KOMPITENTLIKNI MULOQOT VAQTIDA SHAKLLANISHI NINDIVIDUAL TAJRIBAGA ASOSLANISH 2

1)Texnika sohasidagi kompetensiya– rahbarning texnika sohasidagi chuqur bilim va ko’nikmalarini ko’rsata olish qobiliyati.
6.3-rasm. Iqtisodiyot sub’yekt boshqaruvchisiga xos ijtimoiy-informasion kompetensiyalar:

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a) bir qator muammolarni yechishda texnik bilimlardan unumli foydalanadi;
b) texnikaning biror sohasida chuqur bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi;
c) bunday insonga xuddi ekspertga xulosa chiqarish yoki maslahat olish uchun murojaat qilgandek murojaat qilishadi;
d) o’z sohasida so’nggi texnika yutuqlari haqidagi ma’lumotlar bilan doimiy tanishib boradi.
2)Stresslarni boshqarish– rahbarning bosim o’tkazilganda va ziddiyatli vaziyatlarda o’zini qo’lga ola bilish xususiyati.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a) stressli vaziyatlarda tinch turadi;
b) bir vaqtning o’zida bir necha muammo va masalalarni samarali hal etadi;
c) tanqid, tuhmat va shu kabilarga uchraganda o’zini nazorat qila oladi;
d) qiyin vaziyatlarda ham yumor kayfiyatini saqlaydi;
e) stresslarni kamaytirish yoki yo’qotish maqsadida o’z xulq-atvorini boshqara oladi.
Kommunikativ kompetensiyalar:
1)Muloqotga e’tibor– rahbardagi kerakli xodimlarning ma’lumotlar bilan ta’minlanish jarayonini nazorat qilib bora olish xususiyati.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a)loyihaning har bir qatnashchisini kelgusi rejalari va faoliyatiga doir sodir bo’lishi mumkin bo’lgan voqea-hodisalardan oldindan xabardor bo’lib borishlarini kuzatib boradi;
b)boshliqning o’z rejalarini hamkasblari va boshqa aloqador xodimlar bilan o’rtoqlashishini kuzatib boradi;
c)muhim xabarlarni yetkazishda barcha turdagi aloqa vositalar (kuryer, faks, elektron pochta, telefon)dan unumli foydalanadi;
d)kutilmagan ko’ngilsizliklardan qochish maqsadida ishning borishi va uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar haqida boshqaruvchini doimiy xabardor qilib boradi;
e)ma’lumotlar almashish o’zaro kelishilgan holda va doimiy ravishda amalga oshishini kuzatib boradi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling