Kompitentlikni muloqot vaqtida shakllanishi. Individual tajribaga asoslanish Reja


Download 0.76 Mb.
bet7/11
Sana26.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1125839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KOMPITENTLIKNI MULOQOT VAQTIDA SHAKLLANISHI NINDIVIDUAL TAJRIBAGA ASOSLANISH 2

1.Boshqalarni tushuna olish.
2.Hamkorlik o’rnatish.
3.Ishonchli bo’lish.
3)Ishonchli bo’lish– boshqaruvchining o’zini mas’uliyatli, ishonchga arziydigan shaxs ekanligini ko’rsata olish qobiliyati.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a) boshlangan ishni oxiriga yetkazadi;
b) ishonchli ma’lumot va xavf-xatarlarga e’tibor (hurmat) bilan qaraydi;
c) boshqalar bilan samimiy va to’g’riso’z munosabatda bo’ladi;
d) o’z xatolari uchun boshqalarni ayblamaydi, mas’uliyatni o’z bo’yniga oladi;
e) o’z ishini vijdonan bajaradi;
f) zarur dalillar, ma’lumotlar va bilimini o’z hamkasblari bilan bo’lishadi.
Autopsixologik kompetensiyalar:
1)Mijozga yondashuv– menejerning ichki va tashqi mijoz talabini qondirishdan manfaatdor ekanligini ko’rsata olish xususiyati.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a)mijozning muammolarini tez va samarali hal etadi;
b)mijozning natijadan qanchalik darajada qoniqayotganligini aniqlash maqsadida, u bilan suhbat o’tkazadi;
c)mijozlarga, ularning talablarini qondirish uchun birgalikda hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi;
d)mijozning qoniqish darajasini o’lchash va aniqlash usullarini topadi hamda ijobiy ta’sir qilish yo’li (muomala manyorasi)ni yaratadi.
2)Diagnostik ma’lumotlarni yig’ish– boshqaruvchining vaziyatga aniqlik kiritish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni bilish; bunday ma’lumotlarni tegishli manbalar yordamida qidirishni amalga oshira olish (savolni shunday berish kerakki, ma’lumotni bo’lishishni xohlamagan inson ham javob berganini o’zi bilmay qolsin) kompetensiyasi.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a)vaziyatni aniqlashtirish va qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan maxsus ma’lumotlarni tan oladi;
b)ko’plabmanbalargamurojaatqilganholdakattamiqdordaishonchlima’lumotlarnitopadi;
c)zarur bo’lganda hamkorlar uchun sun’iy dalillar keltiradi;
d)ishchilardan ishlar qanday ketayotganini bilish, ularning muammolarini eshitish maqsadida tez-tez xabar olib turadi;
e)atrofdagilar bilan, ular o’z harakat rejasini qanchalik yaxshi tuzishganligini baholash maqsadida suhbatlashib turadi;
f)vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida savollar beradi;
g)har bir qatnashuvchining fikrini so’raydi;
h)muammoni oydinlashtirish, ma’lumotni qo’lga kiritish uchun bilimdon (dono) odamlarni topa oladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling