Kompleks birikmalar kimyosi fani
Kovalent bog‘lanish nazariyasi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompleks birikmalar kimyosi fani
Kovalent bog‘lanish nazariyasi.
Lyuis nazariyasiga muvofiq kovalent bog‘lanish hosil bо‘lganida о‘zaro birikuvchi atomlar orasida umumlashgan elektron juftlar hosil bо‘ladi. Koordinatsion kovalent bog‘lanishda esa, elektron juftlar reaksiyadan avval о‘zaro birikuvchi zarrachalarning birida bо‘ladi, keyin umumiy bо‘lib qoladi (donor – akseptor bog‘lanish). Masalan, ammiak kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda ammiakning azot atomidagi elektron jufti vodorod ioni bilan ammiak о‘rtasida umumiy bо‘lib qoladi. NH 4 + dagi barcha N – H bog‘lanishlar bir – biridan sira farq qilmaydi. Bu reaksiyada ammiak molekulasidagi azot atomi donor, vodorod ioni esa akseptor vazifasini bajaradi. Ammiak molekulasi о‘zining elektron juftini vodoroddan boshqa ionlarga ham berishi mumkin. Masalan: G.Lyuis bu reaksiyalarni k i s l o t a bilan a s o s n i n g о‘zaro ta’sirlanish reaksiyasi deb qaradi. G.Lyuis nazariyasiga muvofiq, k i s l o t a deganda о‘ziga elektron juftlarini q о‘ sh i b o l i sh q o b i l i ya t i g a ega bо‘lgan m o d d a n i tushunish kerak; a s o s e s a о‘zidan e l ye k t r o n j u f t l a r b ye r i sh g a q o b i l m o d d a d i r . Yuqoridagi misolda Cu 2+ kislota va NH 3 asos rolini bajaradi. Lyuis nazariyasining koordinatsion birikmalarga oid qismlarini Sidjvik rivojlantirdi. Uning fikricha, koordinatsion birikmalar hosil bо‘lganda markaziy ionning barcha elektronlari bilan ligandlar bergan barcha elektronlar yig‘indisi (bu yig‘indi e f f ye k t i v a t o m raqami nomini olgan) ayni markaziy ionga yaqin turgan inert gazning tartib raqamiga teng bо‘lishi kerak. Masalan, K 4 [Fe (CN) 6 ] dagi Fe 2+ ionining 24 elektroni bor, unga birikkan oltita CN – ionida 12 ta elektron bor, ularning yig‘indisi 24 + 12 = 36 dir. Bu son kriptonning tartib raqamiga teng. Sidjvik nazariyasi juda sodda va tushunarli bо‘lib kо‘rinsa ham juda kо‘p koordinatsion birikmalarning tuzilishini tо‘g‘ri izohlay olmadi va uning о‘rnini valent bog‘lanishlar nazariyasi egalladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling