Kompleks birikmalar kimyosi fani
– tajriba. Misning ammiak bilan hosil qiladigan kompleks birikmasi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompleks birikmalar kimyosi fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 – tajriba. Kompleks birikmalarning hosil bо‘lishi.
5 – tajriba. Misning ammiak bilan hosil qiladigan kompleks birikmasi
[Cu (NH 3 ) 4 ] SO 4 ning olinishi. Probirkaga 5 – 6 tomchi mis (II) – sulfat eritmasidan quying va cho’kmaga tushayotgan asosli tuz to’liq erib ketguncha 25% li ammiak eritmasidan tomchilatib qo’shing. Olingan kompleks eritmaning rangini qayd qiling. Kompleks birikmaning hosil bo’lish reaktsiyasi tenglamalarini yozing. Bu eritmaga barobar miqdorda spirt qo’shing. Eritmadagi kompleks birikma cho’kmaga tushadi, chunki u spirt bilan suvning aralashmasida yomon eriydi. Hosil bо‘lgan kompleks kristallarini filtrlab ajratib oling. Suv va spirt aralashmasi bilan yuviladi. Xona temperaturasida quriting. Mikroskop yordamida kristallar tuzilishini kuzating. Suyuqlanish temperaturasini aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing. 6 – tajriba. Nikel – geksaamingidrat [Ni (NH 3 ) 6 ] (OH) 2 ning olinishi. Probirkaga 3 – 4 tomchi nikel (II) – sulfat eritmasidan quying. Uni ustiga ammiak eritmasidan chо‘kma hosil bо‘lgunga qadar tomchilatib qо‘shing. Tushgan cho’kmani tsentrifugalab suyuq fazadan pipetka yordamida ajrating. Nikel (II) – gidroksidning hosil bo’lish reaktsiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Cho’kmaga 25 % li ammiak eritmasidan 5 – 6 tomchi qo’shing. Nima kuzatiladi? Nikel (II) – sulfat eritmasining rangi bilan olingan eritmaning rangini solishtiring. Eritmaning rangi qanday ion borligini ko’rsatadi? Reaktsiya tenglamasini yozing. 7 – tajriba. Kompleks birikmalarning hosil bо‘lishi. Ikkita probirkaga 5 tomchidan mis (II) – sulfat eritmasidan tomizing. Ularning biriga shuncha hajm ammoniy oksalat (NH 4 ) 2 C 2 O 4 , ikkinchisiga ammoniy sulfid eritmasidan qo’shing. Qanday birikmalar cho’kmaga tushadi va ularning rangi qanday o’zgaradi? Reaktsiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing (olingan eritmalarni kontrol sifatida saqlang). Ikkita probirkada [Cu (NH 3 ) 4 ] SO 4 kompleksini hosil qiling. Buning uchun probirkalarga 5 tomchidan mis (II) – sulfat eritmasidan soling va asosli mis tuzi hosil bo’lguncha 1 n ammiak eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan mis tuzining cho’kmasi erib ketguncha ammiak eritmasidan tomchilatib quying. Reaktsiya tenglamasini yozing. Keyin birinchi probirkaga 5 tomchi ammoniy oksalat, ikkinchisiga shuncha ammoniy sulfat eritmasidan qo’shing. Qaysi reaktiv ta‘sirida cho’kma hosil bo’ladi? Uning rangi qanday? Olingan eritmaning rangini kontrol eritmalar bilan solishtiring. Kompleks tuzning ammoniy sulfid bilan boradigan reaktsiyasi tenglamasini yozing. Nimaga ammoniy oksalat bilan kompleks tuz o’zaro ta‘sir etmaydi? Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling