Koordinasion birikmalarning kislota-asoslik xossalari


Download 30.5 Kb.
Sana24.06.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1652761
Bog'liq
Koordinasion birikmalarning kislota-asoslik xossalari


Koordinasion birikmalarning kislota-asoslik xossalari
Lyuis nazariyasiga muvofiq kovalent bog’lanish hosil bo’lganida o’zaro birikuvchi atomlar orasida umumlashgan elektron juftlar hosil bo’ladi. Koordina-
sion kovalent bog’lanishda esa, elektron juftlar reaksiyadan oldin o’zaro birikuvchi zarrachalarning birida bo’ladi, keyin keyin umumiy bo’lib qoladi (donor-akseptor bog’lanish). Masalan, ammiak kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda ammiakning azot atomidagi elektron jufti vodorod ioni bilan ammiak o’rtasida umumiy bo’lib qoladi. NH4+ dagi barcha N-H bog’lanishlar bir-biridan sira farq qilmaydi.
Bu reaksiyada ammiak molekulasidagi azot atomi donor, vodorod ioni esa akseptor vazifasini bajaradi. Ammiak molekulasi o’zining elektron juftini vodoroddan boshqa ionlarga ham berishi mumkin. Masalan:

G. Lyuis bu reaksiyalarni kislota bilan asosning o’zaro ta’sirlanish reaksiyasi deb qaradi. G. Lyuis nazariyasiga muvofiq, kislota deganda o’ziga elektron juftlarni qo’shib olish qobilyatiga ega bo’lgan moddani tushinish kerak; asos esa o’zidan elektron juftlar berishga qobil moddadir. Yuqoridagi misolda Cu2+ kislota va NH3 asos rolini bajaradi. Lyuis nazariyasining koordinatsion birikmalarga oid qismlarini Sidjvik rivojlantirdi. Uning fikricha, koordinatsion birikmalar hosil bo’lganda markaziy ionning barcha ionlari bilan ligandlar bergan barcha elektronlar yig’indisi (bu yig’indi effektiv atom raqami nomini olgan) ayni markaziy ionga yaqin turgan inert gazning tartib raqamiga teng bo’lishi kerak. Masalan, K4[Fe(CN)6] dagi Fe2+ ionining 24 elektroni bor, unga birikkan 6 ta CN- ionida 12 elektron bor, ularning yig’indisi 24+12=36 dir. Bu son kriptonning tartib raqamiga teng.
Sidjvik nazaryasi juda sodda va tushunarli bo’lib ko’rinsa ham juda ko’p koordinatsion birikmalarning tuzilishini to’g’ri izohlay olmadi va uning o’rnini valent bog’lanishlar nazariyasi egalladi.
Valent bog’lanishlar nazaryasiga muofiq, koordinatsion birikmalarda markaziy ion bilan ligandlar orasida donor-akseptor bog’lanish hosil bo’ladi: markaziy ion akseptor, ligandlar donor vazifasini bajaradi, bu nazarya markaziy ion orbitallarining gibridlanishi ham nazarda tutiladi.Nazarda tutiladi ham emas, hatto muhim ahamyatga ega.Gibridlanish konsepsiyasi koordinatsion birikmalar uchun L.Poling tomonidan rivojlantirildi. Bu konsepsiya, koordinatsion birikmalarning struktur formulalarni valent bog’lanishlar usuli asosida izohlashga imkon beradi.
Metall atomidagi elektron juftning ligand atomiga o’tishi natijasida hosil bo’lgan bog’lanish donor-akseptor bog’lanish ko’rinishining bir turi bo’lganligi uchun uni dativ p-bog’lanish (yoki p-donor bog’lanish ) deb ataladi. Dativ p-bog’lanish p-orbitallar ishtirokida ham borishi mumkin. Lekin d-orbitallar ishtirokida borgan p-donor bog’lanish birmuncha pishiq bo’ladi.
Endi [Co(NH3)6]3+tarkibli koordinatsion ionning hosil bo’lishini ko’rib chiqamiz: bu ion hosil bo’lishida ham Co3+orbitallari gibridlanadi; bu holda ikkita 3d-, bitta 4s-, va uchta 4p orbitallar bir-biri bilan qo’shilib oltita yangi d2sp3 gibrid orbitallarni hosil qiladi va ularni har biriga bittadan ammiak taqsimlanmagan elektron juftlari joylashib, Co3+ ion olti juft elektron qabul qiladi.
Bunday koordinatsion ion hosil bo’lishida markaziy ionning sirtqi qavatidagi s- va p-orbitallari bilan birga ichki qavatning d-orbitallari ishtirok etgani uchun [Co(NH3)6]3+ichki orbital komplekslar jumlasiga kiradi. Bu koordinatsion ionda bironta ham toq elektron yo’q. Shuning uchun bu koordinatsion ion diamagnit xossaga ega.
Valent bog’lanishlar nazaryasi asosida koordinatsion birikmalarning reaksiyalarda ishtirok etish qobilyatini oldindan aytish mumkin. Koordinatsion birikmalarning ichki sferasidagi ligandlarning eritmalarda boshqa ligandlarga (ya’ni boshqa ion yoki molekulalarga) almashinish tezligi koordinatsion birikmaning ichki yoki tashqi orbital birikmasi ekanligiga va uning tarkibidagi ichki d-orbitalning elektron bilan to’lgan to’lmaganligiga bog’liq.
Adabiyotlar:


1.Парпиев Н.А.,ЮсуповВ.Г., Тошев М.Т. Координацион бирикмалар кимёси. Тошкент. “Университет”, 1996. 298 б.
2.Кумок В.Н., Скорик Н.А. Химия координационных соединений. М.:”Высшая школа”. 1990. 432с.
3.Э.Ю.Янсон. Комплексные соединение. М.: “Высщая школа” 1968.
4. Н.Н. Желиковская., И.И.Черняев. “Химия комплексных соединений”. М. Изд – во. “Высшая школа”. 1966 г.
5. Б.А.Головня., И.А.Федоров. “Основние понятия химии комплексных соединений”. М. 1967 г.
6. N.A.Parpiyev, X.R.Raximov, A.G.Muftaxov. “Anorganik kimyo nazariy asoslari”. Toshkent. “О‘zbekiston”. 2000 y.
7. Кукушкин Ю.Н. “Химия координационных соединений”. М. “Высшая школа”. 1985 г.
8. Гликина Ф.Б и Ключников Н.Г. “Химия комплексних соединений”. М. “Просвешение”. 1982 г.
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling