Kompleks birikmalar kimyosi


Download 346.5 Kb.
bet1/16
Sana10.11.2023
Hajmi346.5 Kb.
#1763862
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kompleks birikmalar kimyosi ishlanma

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO KAFEDRASI
KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI”
fanidan laboratoriya mashg’ulotlari ishlanmasi


2-kurs Kimyo yo‘nalishi talabalari uchun



Farg‘ona-2023
Mazkur laboratoriya mashg’ulotlari ishlanmasi Farg’ona davlat universiteti kengashi tomonidan tasdiqlangan “Kompleks birikmalar kimyosi” fanining o’quv dasturi asosida tayyorlangan.

Tuzuvchilar:


X.Saminov FarDU “Kimyo” kafedrasi o’qituvchisi.
N.Yakubova FarDU “Kimyo” kafedrasi o’qituvchisi
M.Rasulova FarDU “Kimyo” kafedrasi o’qituvchisi

Taqrizchi:


O.Nazarov FarDU “ Kimyo ” kafedrasi dotsenti

Kimyo kafedrasi mudiri:


2023 yil «___»_________ _________ S.A.Mamatqulova

KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI LАBОRАTОRIYASIDА ISHLАSHDА RIОYA QILINАDIGАN QОIDАLАR

  1. Laboratoriyalarda har qaysi talaba o’zining ish o’rnida, xalat kiygan holda ishlashi, qo’lida toza sochiq tutishi kerak.

  2. Ish stoliga sumka, daftar va boshqa narsalarni qo’yish yaramaydi.

  3. Har bir laboratoriyani boshlashdan oldin uning mo’iyatini qo’llanmadan yaxshilab o’qib tushunib olish, zaruriy asbob va reaktivlarni tayyorlash, so’ngra o’qituvchi yoki laborant ruxsati bilan ishni boshlash lozim.

  4. Har qaysi talaba o’zi uchun alo’ida laboratoriya jurnali tutishi kerak. Unga hamma tajriba, kuzatish va xulosalarini yozib boradi. Jurnalga tajriba o’tkazilgan sana (kun, oy, yil), ishning nomi, tajriba tafsiloti, xulosalar, tajriba vaqtida sodir bo’lgan kimyoviy jarayonlarning tenglamalari, ishni bajarishga oid barcha hisoblashlar yozib boriladi. Kerakli rasm va sxemalar chiziladi. Ishlatilgan asboblarning rasmini eskizlar shaklida chizish mumkin.

  5. Reaktivlarni keragidan ortiq miqdorda sariflash yaramaydi. Oritqcha olingan bo’lsa, uni idishga qaytarib quymasdan, alo’ida idishga solib qo’yish kerak.

  6. Umumiy foydalanish uchun qo’yilgan apparat va reaktivlarni o’z joyidan siljitmang, chunki u boshqalar uchun ham kerak bo’ladi.

  7. Zararli moddalar bilan bajariladigan barcha ishlarni mo’rili shkafda o’tkazish lozim. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni idishdan idishga faqat mo’rili shkafda quyish mumkin.

  8. Ishlatilgan kislota, xromli aralashmani va ishqor eritmalarini kanalizasiya rokovinasiga to’kish yaramaydi, ular mo’rili shkafdagi kristalizatorlarga solinadi.

  9. Ishlatilgan kumush birikmalarini alo’ida idishga yig’ish kerak. Kumush tuzlarining ammiakli eritmalari uzoq vaqt saqlanganda qaldiroq kumush – Ag3N hosil bo’lish natijasida portlash yuz berishi mumkin, buni esdan chiqarmaslik kerak.

  10. Issiq asbob yoki idishni hech qachon stol ustiga to’g’ridan-to’g’ri qo’yish yaramaydi, buning uchun avval maxsus “taglik” tayyorlash lozim.

  11. Mashg’ulot rejasida ko’rsatilgan qo’shimcha tajribalar o’tkazish taqqiqlanganligini yodingizdan chiqarmang.

  12. Elektor asboblarining kontaktlariga e’tibor bering, ular yaxshi izolatsiyalangan bo’lishi kerak.

  13. Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritmalarini hamda oson bug’lanuvchi suyuqliklarni pipetkaga og’iz bilan so’rib tortib olish yaramaydi. Buning uchun so’rgichdan foydalanish kerak.

  14. H2 va boshqa gazlarni yoqishdan oldin ularni tozaligini sinab ko’rish kerak. Hg va uning bug’i kuchli zahardir shuning uchun simobli asbob yoki termometr singanda to’kilgan Hg ni yaxshilab yig’ib olib, bu haqida o’qituvchiga yoki katta laborantga aytish kerak.

  15. Mashg’ulot tamom bo’lganidan keyin har bir talaba idishlarni yuvishi, suv jumragini berkitishi, gaz, elektrni o’chirishi, ish joyini tartibga solib laborantga topshirishi lozim.

  16. Mashg’ulot natijalari laboratoriya jurnaliga yuqorida aytilgan tartibda yozilganidan keyin har qaysi ish oxirida jurnal o’qituvchiga imzo chekish uchun beriladi.

BAXTSIZ HODISALAR RO’Y BERGANDA


BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Baxtsiz xodisa ro’y berganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zudlik bilan choralar ko’rish lozim.

  1. Agar teriga (qo’l, bet va boshqa joylarga) konsentrlangan kislota (nitrat, sulfat, xlorid, sirka kislota) to’kilsa, darhol o’sha joy suv oqimi bilan 3-4 minut yuviladi, so’ngra kaliy permanganatning 3% li eritmasiga (tanninning spirtdagi eritmasidan ham foydalanish mumkin) botirilgan paxta qo’yiladi. Kuchli shkastlangan bo’lsa, bemor tezda shifokorga murojaat qilishi lozim.

  2. Agar teriga ishqor to’kilgan bo’lsa avval suv bilan uzoq vaqt (toki silliq ta’sir tuyulishi to’xtaguncha) yuvish kerak. So’ngra kalliy permanganatning 3% li eritmasi (tanninning spirtdagi eritmasidan ham foydalanish mumkin) shimdirilgan paxta qo’yib bog’lash lozim.

  3. Agar ko’zga kislota yoki ishqor sachrasa, ko’zni yaxshilab suv bilan yuvish, so’ngra tezda shifokorga murojat qilish kerak.

  4. Agar teriga issiq narsalar (masalan, issiq shisha, issiq metall) tegib kuydursa, kuygan joyini kalliy permanganatning 3% li eritmasi (tanninning spirtdagi eritmasidan ham foydalanish mumkin) bilan yuvib, so’ngra maz surkash kerak.

  5. Fosfor ta’sirida kuyganda o’sha joyga mis (II)-sulfatning 2% li eritmasi bilan ho’llangan paxta qo’yib bog’lash kerak.

  6. Xlor, brom, vodorod sulfid, uglerod (II)-oksid bilan zaharlanib qolinsa, bemorni tezda ochiq havoga chiqarib, shifokorga murojaat qilish kerak.

  7. Mishyak, simob va sian birikmalari bilan zaharlanganda ham tezda shifokorga murojaat qilish lozim.


Download 346.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling