Kompleks birikmalarning tuzilishi


Diffuzion va elektrokimyoviy o’ta kuchlanish


Download 296 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi296 Kb.
#1465993
1   2   3   4
Bog'liq
KOMPLEKS BIRIKMALAR

Diffuzion va elektrokimyoviy o’ta kuchlanish. U yoki boshqa bosqichning qiyin borishi bilan bog`liq bo`lgan elektrod qutblanish o`ta kuchlanish deb ataladi. U diffo`zion,o`tish va kimyoviy o`ta kuchlanishlarga bo`linadi. Diffuzion va kimyoviy kuchlanishlarni konsentratsion o`ta kuchlanish deb ataladi.
k=g+p
Agar elektrod jarayonning diffuziya va kimyoviy bosqichlari tezliklari potensialga bog`liq bo`lmasa, unda o`tish bosqichi tezligi potensialga bog`liqdir.
Potensialni tok kuchiga funksianal bog’liqligini  - polyarizatsiya xarakteristikasi deyiladi.
Elektirokimyoviy kinetikaning vazifasi polyarizatsion bog’lanish bo’ysunadigan umumiy qonuniyatlarni belgilash va asosiy elektrod jarayonlarini ongli boshqarishdan iborat. Bu vazifa juda muhim, chunki berilgan tokda qutblanishni pasaytirish, elektirokimyoviy tezliklarni foydali ish koeffisientini keskin oshirishga imkon beradi.
XULOSA
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar bo’lgan eritma hajmining barcha nuqtalarida boradigan gomogen kimyoviy reaksiyalardan farqli o’laroq elektrokimyoviy reaksiyalar elektrod va eritmaning sirt chegaralarida boradi, ya’ni geterogen reaksiya hisoblanadi. Bundan ma’lum bo’ladiki, xohlagan elektrod jarayoni bir qator ketma-ket bosqichlardan tashqil topadi. Avval o’zaro ta’sirlashuvchi moddalar elektrod yuzasiga kelishi, so’ng elektronlar yoki ionlarni fazalar sirti chegarasidan olib o’tish bilan bog’liq elektrokimyoviy bosqich yuz berishi (zaryadsizlanish-ionlanish bosqichi) va nihoyat reaksiyada hosil bo’lgan mahsulotlar elektrod yuzasidan ketishi va reaksiyaga kirishuvchi moddalarning yangi bo’laklari uchun joy bo`shatishi kerak. Birinchi va uchinchi bosqichlar bir xil qonuniyatlarga ega bo’lib, massa tashish bosqichlari deb ataladi. Massa tashish bu zaryadsizlanish-ionlanish bosqichlari hamda elektrod jarayonlarida ishtirok etadi. Ko`pincha elektrod jarayonlari eritma hajmida yoki elektrod yuzasida boradigan kimyoviy reaksiyalar bilan qiyinlashadi, bu reaksiyalarda dastlabki olingan moddalar yoki elektrokimyoviy reaksiya mahsulotlari ishtirok etishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar


1. YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent. «O'qituvchi». 1992 y.
2. N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.
3. Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent. «O'zbekiston» 2003 y.
www.ziyonet.uz
Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling