Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish


Material qaytimi = Mahsulot hajmi / material xarajatlar Material sig‘imi = Material xarajatlar / mahsulot hajmi


Download 227 Kb.
bet11/11
Sana27.03.2023
Hajmi227 Kb.
#1299709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompleks iqtisodiy tahlil

Material qaytimi = Mahsulot hajmi / material xarajatlar Material sig‘imi = Material xarajatlar / mahsulot hajmi


Moddiy resurslar aylanishiga baho berish ham tahlilda asosiy mezon sifatida olinadi. Ya’ni moddiy ishlab chiqarish resurslarining pulga aylanish davri va vaqtini o‘rganish asosida korxona aylanma aktivlarining likvidlilik darajasiga baho beriladi.
Tahlil etishda moddiy resurslar sig‘imi va qaytimining o‘zgarishiga shuningdek, ularning aylanuvchanlik darajalariga ta’sir etuvchi omillarga va ularning mahsulot hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga ta’siriga ham alohida ahamiyat qaratiladi.
Moddiy resurslar sig‘imi va qaytimiga ta’sir etuvchi omil sifatida mahsulot hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar qiymatining o‘zgarishi va moddiy resurs va sarflar qiymati o‘zgarishini kiritish mumkin. Ularning ta’sir darajalari bevosita tahlilning oddiy va matematik formulalari asosida aniqlanadi.
Moddiy resurslar va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarining mahsulot hajmi o‘zgarishiga ta’sirini ham bevosita moddiy resurslar va xarajatlar qiymati

hamda ularning samarasidan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin.
Moddiy resurslar samaradorligi tahlili

7.8-jadval



Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yili

Hisobot yili

Farqi (+; –)

O‘sish darajasi

Mahsulot hajmi korxona ulgurji bahosida, ming so‘m

125463

215364

+89901

171,6

Moddiy zaxira sarflari, ming so‘m

79520

154862

+75342

194,7

Moddiy sarflar qaytimi (1/2)

1,577

1,390

-0,187

88,1

Moddiy sarflar sig‘imi (2/1)

0,634

0,719

+0,085

113,4

7.8-jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki korxonada moddiy sarflarning samaradorlik darajasi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yomonlashgan. Moddiy zaxira sarflari qaytimi o‘tgan yilga nisbatan 0,187 so‘mga kamaygan. Sig‘im ko‘rsatkichi esa 0,085 so‘mga oshgan. Demak, korxona mutaxassislari bu boradagi holatni yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratishlari zarur.


Moddiy resurslar tahlilida ularning aylanuvchanlik darajasiga korxona moliyaviy holatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Moddiy sarflarning aylanuvchanlik darajasi koeffitsiyentlarda va kunlarda aniqlanadi.
Sotilgan mahsulot hajmini (yoki sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini) tovar-moddiy zaxiralarning o‘rtacha qoldig‘iga bo‘lish bilan aylanuvchanlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Koeffitsiyent miqdorining oshib borishi ijobiy holat sanaladi. Chunki u aylanishlar miqdorini ko‘rsatib beradi.
Tovar-moddiy zaxiralarning o‘rtacha qoldig‘ini hisobot davri kunlari soniga ko‘paytirib, natijani sotilgan mahsulot hajmiga (yoki sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga) bo‘lish bilan moddiy zaxiralarning aylanish kunlari topiladi. Kunlar sonining kamayishi ijobiy holat deb qaraladi. Chunki, aylanishning tezlanishi kunlar sonini qisqartiradi. Demak, mablag‘ tez bo‘shaydi.
Moddiy zaxiralar tahlili natijalari ulardan samarli foydlanish yo‘llarni topishda muhim ahamiyatga ega.

Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling