Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish
Download 227 Kb.
|
Kompleks iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3-jadval
7.2-jadvalMehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari
7.2-jadvaldagi hisoblash tartiblarini quyidagi misol yordamida ko‘rib chiqamiz. 7.3-jadvalBir xodimga, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
7.3-jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, korxonada ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich mehnat unumining o‘zgarishi quyidagicha bo‘lgan; bir xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi o‘tgan yilga nisbatan 31,5 foizga oshgan, miqdor jihatdan esa 2535,9 ming so‘mga ko‘paygan. Qolgan ko‘rstkichlar ham ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lgan. Iqtisodiy tahlilda o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar ham alohida o‘rganiladi. Mehnat unumdorligining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin. Moddiy-texnik va texnologik. Tashkiliy-iqtisodiy. Ijtimoiy-ruhiy. Moddiy-texnik va texnologik omillar ishlab chiqarishda samarador texnika va zamonaviy texnologik uskunalardan, shuningdek, axborotlar texnologiyasidan, yangi xomashyo va materiallardan foydalanishni tavsiflaydi. Ular ko‘proq mahsulotning hajmiga, sifatiga hamda mehnat va ashyoviy sarflariga ta’sir etadi. Tashkiliy-iqtisodiy omillarga boshqaruvning, mehnat va butun ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali va zamonaviy tizimini qo‘llash usullari kiradi. Ijtimoiy-ruhiy omillarga – xodimlarning sifat tasnifini tavsiflovchi (malakasi, mehnat faolligi, majburiyati va xizmat vazifasiga mas’ulligi, sohibkorligi) jihatlarini faollashtirish masalalari kiradi. Yuqorida tarkiblangan barcha omillar o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda. Shu sababli ular tahlilda kompleks holda o‘rganiladi. Mehnat unumdorligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishda bir ishlovchiga va bir ishchiga to‘g‘ri keladigan unumdorlik ko‘rsatkichlariga alohida ahamiyat beriladi. Bir xodimga to‘g‘ri keladigan mehnat unumining o‘zgarishiga ishchilarning jami ishlovchilar tarkibidagi salmog‘ining o‘zgarishi va bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi ta’sir etadi. Bir ishchi mehnat unumining o‘zgarishiga esa bir ishchi tomonidan o‘rtacha yillik ishlangan ish kunlarining o‘zgarishi, ish kuni davomiyligining o‘zgarishi hamda bir soatlik mehnat unumining o‘zgarishi ta’sir etadi. Tahlilda har omilning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir darajalari hisoblab topiladi va ularning o‘zgarish ta’siri baholanadi. Download 227 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling