Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish
Material qaytimi = Mahsulot hajmi / material xarajatlar Material sig‘imi = Material xarajatlar / mahsulot hajmi
Download 227 Kb.
|
Kompleks iqtisodiy tahlil
Material qaytimi = Mahsulot hajmi / material xarajatlar Material sig‘imi = Material xarajatlar / mahsulot hajmiModdiy resurslar aylanishiga baho berish ham tahlilda asosiy mezon sifatida olinadi. Ya’ni moddiy ishlab chiqarish resurslarining pulga aylanish davri va vaqtini o‘rganish asosida korxona aylanma aktivlarining likvidlilik darajasiga baho beriladi. Tahlil etishda moddiy resurslar sig‘imi va qaytimining o‘zgarishiga shuningdek, ularning aylanuvchanlik darajalariga ta’sir etuvchi omillarga va ularning mahsulot hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga ta’siriga ham alohida ahamiyat qaratiladi. Moddiy resurslar sig‘imi va qaytimiga ta’sir etuvchi omil sifatida mahsulot hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar qiymatining o‘zgarishi va moddiy resurs va sarflar qiymati o‘zgarishini kiritish mumkin. Ularning ta’sir darajalari bevosita tahlilning oddiy va matematik formulalari asosida aniqlanadi. Moddiy resurslar va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarining mahsulot hajmi o‘zgarishiga ta’sirini ham bevosita moddiy resurslar va xarajatlar qiymati hamda ularning samarasidan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin. Moddiy resurslar samaradorligi tahlili 7.8-jadval
7.8-jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki korxonada moddiy sarflarning samaradorlik darajasi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yomonlashgan. Moddiy zaxira sarflari qaytimi o‘tgan yilga nisbatan 0,187 so‘mga kamaygan. Sig‘im ko‘rsatkichi esa 0,085 so‘mga oshgan. Demak, korxona mutaxassislari bu boradagi holatni yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratishlari zarur. Moddiy resurslar tahlilida ularning aylanuvchanlik darajasiga korxona moliyaviy holatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Moddiy sarflarning aylanuvchanlik darajasi koeffitsiyentlarda va kunlarda aniqlanadi. Sotilgan mahsulot hajmini (yoki sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini) tovar-moddiy zaxiralarning o‘rtacha qoldig‘iga bo‘lish bilan aylanuvchanlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Koeffitsiyent miqdorining oshib borishi ijobiy holat sanaladi. Chunki u aylanishlar miqdorini ko‘rsatib beradi. Tovar-moddiy zaxiralarning o‘rtacha qoldig‘ini hisobot davri kunlari soniga ko‘paytirib, natijani sotilgan mahsulot hajmiga (yoki sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga) bo‘lish bilan moddiy zaxiralarning aylanish kunlari topiladi. Kunlar sonining kamayishi ijobiy holat deb qaraladi. Chunki, aylanishning tezlanishi kunlar sonini qisqartiradi. Demak, mablag‘ tez bo‘shaydi. Moddiy zaxiralar tahlili natijalari ulardan samarli foydlanish yo‘llarni topishda muhim ahamiyatga ega. Download 227 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling