Kompozitsiya tushunchasi haqida
Download 143.76 Kb.
|
КМПОЗ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar
Tasvir va kartina
Tasvir bu inson tomonidan mexanik ravishda bajariladigan harakat bo`lishi mumkin. Kartina esa tasviriy faoliyat hisobiga paydo bo`ladi. Bu harbir odamning sub'ektiv holatlarda amalga oshiradigan vaqtinchalik va tajriba talab qiluvchi rol uynaydi. Tabiatning ko`pdan - ko`p tasvirlari, buyumlar dunyosining turli-tumanligi bois kartinada barchasini tasvirlay olmaymiz. Biz faqat yagona tanlangan obraz bilan kifoyalanamiz. Agar bunda bizning harakatlarimiz hamma vaqt rangtasvirdagi eng elementar shakl va rangni yoki barcha ko`rgan narsalarimiz atrofida aylansa, shunda biz jarayon markazida bo`lamiz. Natijada kartina faqat rassomni ko`rganinigina emas, eng avvalo uni qanday ko`rganini ko`rsatadi. Shuning uchun ham untacha turli insonlar tomonidan chizilgan bitta syujet ham unta turli kartina sifatida namoyoni bo`ladi. Kartinaning asosiy nuqtasi ob'ektiv bo`lsa ham, kartinaning o`zi sub'ektiv bo`ladi. Biz kanchalik faol ishlasak, bizning nigoximiz shuncha faol va barcha narsani kamrab oluvchi darajasiga ko`tariladi. Dunyoni qanday ko`rsak shunday tasvirlash jarayoni bizga teskari harakatni ko`rsatadi va bu nihoyat buyumlarni qanday ko`rsak o`shanday tasvirlaymiz. Shunday qilib biz dunyoni ko`rish va qabul qilishni xususiyat vositasini rivojlantiramiz, ya'ni stil yaratamiz. Nigoxning o`tkirligi, qiziqishning kattaligi buyumlar va xodisalarning yangi kirrasini ochishga yordam beradi. Bizning ko`rish vositamiz shunday mashk qilib, kontsentratsiyalangan "rassom nigohi"ga aylanadi. Bu nigohni yer shari atrofidagi sayohat bilan tenglashtirsa bo`ladi. Xatto bor va yo`q buyumlar hali bizga sirli va qiziqarli bo`lib tuyula boshlaydi, ulardan nigohni uzolmay qolamiz. Tayanch so`zlar Perspektiva, chiziqli perspektiva, antik davr, renessans, miniatyura, teskari perspektiva, sferik perspektiva, ufq chizig`i, uchrashish nuqtalari, surat tekisligi, tutashuv nuqtasi, ortogonal proyektsiya, manzara, havo perspektivasi. Download 143.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling