DIMM qisq.: Dual In-line Memory Module Chiqish tutashmalari ikki qatorda joylashishgan xotira moduli. Standart xotira moduli. U 168 ta, ya’ni plataning har tomonida 84 tadan tutashmaga ega.
drayver ingl.: driver rus.: drayver Boshqaruvchi dastur. Odatda, bu bajarilayotgan dasturning ma’lum moslama bilan o‘zaro ishlashini ta’minlovchi va undan qulay foydalanishga yordam beruvchi amalli tizimning dasturidir. Masalan, klaviatura, displey, sichqoncha, printer va shular kabi drayverlar mavjud. Drayver dasturlarning moslamaga qaratilgan buyruqlarini qabul qilib, ularni moslamani boshqarish buyruqlariga aylantiradi, shuningdek u xizmat ko‘rsatilayotgan moslamadan uzilishlarni qayta ishlaydi.
Kesh-xotira ingl.: cache memory rus.: kesh-pamyat Protsessor faoliyatini kutishdan halos qiladigan tezlik bilan ishlaydigan buferli xotira qurilmasi. Juda katta tezlik bilan ishlaydigan protsessorlarning paydo bo‘lishi, kesh-xotirani yaratish zaruratini keltirib chiqardi. Operativ xotira bilan protsessor orasiga, kichkina sig‘imli yuqori tezlikli kesh-xotira deb atalgan buferni o‘rnata boshladilar. Buning ustiga, uni protsessor ichiga o‘rnatilgan va tashqi turlari mavjud. Ichiga qurilgan kesh-xotira tashqiga nisbatan yuqoriroq tezkorlikka ega, tabiiyki, narxi ham baland. Shu sababli, birinchisi ikkinchisidan sig‘im bo‘yicha kichikroq. Kesh-xotiraga, tezkor xotirada joylashgan buyruqlar va ma’lumotlarning bir qismi yoziladi.
Assembler tili ingl.: Assembly language. rus.: yazыk Assemblera
Tushunchalari kompyuter me’moriy tuzilmasini aks ettiradigan quyi pog‘ona dasturlash tili. Assembler tili tarkibiga jumlalar, buyruqlar va ma’lumotlar formatlari kiradi, ular muayyan kompyuter imkoniyatlariga bir qiymatli tarzda mos keladilar. Boshqacha qilib aytganda, har bir operatorga kompyuterning biror buyrug‘i mos keladi. Assembler tilidan mashina tiliga o‘girishni avtomatlashtirish uchun yaratilgan dasturlar assemblerlar deb ataladi.
Kommunikatsiya, kommunikatsiyalar ingl.: communication rus.: kommunikasiya, kommunikasii 1. Aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanish.
Telekommunikatsiyalar. Faoliyat sohasi - axborot uzatish usullari va vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |