Kompyuter arxitekturasiga oid atamalar. Elektron hisoblash mashinalari


Download 1.29 Mb.
bet2/16
Sana28.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1021617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
КА terminlar

1981 yilda IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan birinchi o’n olti razryadli shaxsiy kompyuter IBM PC (Personal Computer – shaxsiy kompyuter) kompyuterlar tarixida navbatdagi burilishni yasadi. Dastlab bu kompyuterning 8086 va 8087 mikrosxemalardagi IBM PC AT (Advanced Technologies – Ilg’or texnologiyalar) varianti, so’ngra 8088 mikroprosessor asosidagi IBM PC XT (eXtensible Technologies – kengaytiriladigan texnologiyalar) rusumi sotuvga chiqarildi. Bu kompyuter va uning keyingi avlodlari, nafaqat katta kompyuterlarni, balki boshqa shaxsiy kompyuterlarning deyarli barchasini bozordan siqib chiqardi.
IBM PC shaxsiy kompyuterlari 8086, 8088 va 8087 mikrosxemalar asosida ishlab chiqarilishi sababli Intel kompaniyasi mikroprosessorlar bozorida mutloq birinchi kompaniyaga aylandi va bu birinchilikni hozirgi kungacha bermay kelmoqda. Bugungi kunda Intel kompaniyasi dunyoning eng boy besh kompaniyasidan biriga aylandi.
1982 yil Intel kompaniyasi navbatdagi 80286 va 80287 mikroprosessor va soprosessorlarni sotuvga chiqardi. Kompaniyaning bundan oldingi unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan 80186 va 80187 rusumli . mikrosxemalaridan farqli ravishda bu mikrosxemalar IBM PC AT286 rusumli shaxsiy kompyuterlarda foydalanildi. O’z navbatida bu shaxsiy kompyuterlar unda ishlatilgan mikroprosessorlarning yanada ommaviylashishiga olib keldi.
Ko’plab firma va kompaniyalar IBM PC o’rnini bosuvchi shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqara boshladilar. Ba’zan bu kompyuterlar original (asl) IBM PCdan ham kuchli va qulay chiqardi, chunki klonlar originalda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilishga ulgurar edilar. Bundan tashqari, bu klon kompyuterlarning deyarli barchasi originaldan arzon tushardi. Asta-sekin IBM kompaniyasi shaxsiy kompyuterlar bozoridagi mavqyesini yo’qota boshladi.
1985 yil Intel kompaniyasi o’zining navbatdagi 80386DX va 80386SX mikroprosessorlarini ishlab chiqdi. DX (Double – qo’sh) qisqartmali mikroprosessorga matematik soprosessor ham kiritilgan edi. Ulardan farqli ravishda SX (Single – yakka) qisqartmali mikroprosessorda matematik soprosessor yo’q edi. Bu mikrosxemalar birinchi 32 razryadli mikroprosessorlar edi.
Ular asosida yaratilgan birinchi 32 razryadli IBM PC AT386 shaxsiy kompyuterlarni dastlab Dell firmasi sotuvga chiqardi. IBM kompaniyasi o’zining yetakchilik mavqyesini yo’qotdi va keyinchalik bir necha marta urinishiga qaramay uni qaytarib ola olmadi.
Bu shaxsiy kompyuterlarning yana bir jihati ularda yangi avlod grafik operasion tizimlari: Windows ni o’rnatish va unda bemalol ishlash mumkin edi. Bu kompyuterlarning imkoniyatlari uch o’lchovli grafika bilan ishlan uchun ham yetarli edi. Birinchi uch o’lchovli o’yin – Wolfstein shu kompyuterlar uchun yaratildi. Keyinchalik uch o’lchovli o’yinlar ishlab chiqish juda katta tijoratga aylandi va kompyuter texnikasining jadal rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling