MPT da ma’lumot uzatish shinasi
Ma’lumotlar shinasi— bu butun tizim uchun yaratilgan asosiy shina. Bunda bitlar soni (aloqa liniyalari), axborot almashinuv tezligi va samaradorligini shuningdek, umumiy buyuruqlar sonini belgilaydi. Ma’lumotlar shinasi ikki yo’nalishli - ma’lumotlarni doim ikki tomonlama uzatadi.
Adres shinasi - ikkichi o’rindagi muhim shina bo’lib, mikroprotsessor tizimining maksimal imkoniyatining murakkabliligini ya’ni ruxsat etilgan xotira hajmini aniqlaydi.
Adreslar soni - taqdim etilgan adres shinasi 2N оrqali aniqlanadi. N — bitlar soni. Misol uchun, 16- razryadli adres shinasi 65 536 adresdan tashkil topadi.
Protsessordagi asosiy tizim buyruqlarining funksiyalari
Аkkumulyator:
1 adres add A acc ← acc + mem[A]
Stek:
0 adres add tos ← tos + next
Registr– Xotira / Xotira - Xotira:
2 adreslar add A B EA(A) ← EA(A) + EA(B)
3 adreslar add A B C EA(A) ← EA(B) + EA(C)
Registr - Registr (yuklash /saqlash):
3 adreslar
add Ra Rb Rc Ra ← Rb + Rc
load Ra Rb Ra ← mem[Rb]
store Ra Rb mem[Rb] ← Ra
RISC - Reduced Instruction Set Computer – Qisqartirilgan buyruqlar to`plamiga ega kompyuter;
CISC - Complex Instruction Set Computer – Murakkab (to`liq) buyruqlar to`plamiga ega kompyuter;
VLIW - Very Long Instruction Word – yuqori uzunlikka ega bo`lgan so`z buyruqli arxitektura
RISC tarafdorlariga ko'ra, kompyuterlarni loyihalashning eng yaxshi usuli bu kam sonli oddiy ko’rsatmalarni (buyruqlarni) o'z ichiga olish va ularning har birini ma'lumotlar yo'lining bir tsiklida bajariladi. Ya'ni bir nechta registrda ba'zi arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajaradi va natijani registrga qaytaradi.
CISC bajaradigan bitta buyruq o`rniga RISC 4 yoki 5 ta buyruqni bajarsa ham buyruqlar bajarilishi RISCda CISCga nisbatan 10 marta tez bo`lishi hisobiga RISC kompyuterlari tez ishlashi ta`kidlangan;
VLIW konsepsiyasi RISC arxitekturasiga asoslangan bo`lib, asosiy o`zgarish bu – bir nechta sodda RISC buyruqlari birlashtirilib yuqori uzunlikdagi parallel bajariluvchi buyruqlar shakliga o`tkazilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |