3-
Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Buyruqlar tizimi arxitekturasi
Buyruqli arxitektura tizimi
Ishdan maqsad: Buyruq (
ингл: instruction, рус: команда)
Bajarilishi zarur bo‘lgan amalning ta’rifi. Topshiriqlarni
boshqarish tilini
ko‘rsatish, dastur operatori, boshqaruvchi signal va foydalanuvchi talablari
buyruq
(ko‘rsatma) hisoblanadi.
Nazariy qism:
Barcha hollarda, buyruqlar yordamida ma’lumotlarni qayta
ishlash tizimida ma’lumotlar jo‘natish yoki tizimlar orasida ma’lumotlar
uzatish
jarayonlarini boshqarish amalga oshiriladi. Har bir
buyruq amal kodidan tashkil
topib, qaysi obyektga va nima qilish kerakligini, olingan natijani qayerga yuborish
kerakligini xabar qiladi. Amallarni bajarishda ishlatiladigan buyruqlar yig‘masi
buyruq tili bilan aniqlanadi.
Protsessorning ishlashi asosan beshta quyidagi bosqichlardan iborat:
1.
Buyruqni o’qish;
2.
Buyruqni deshifrlash;
3.
Operandlarni o’qish;
4.
Buyruqni bajarish;
5.
Natijani yozish;
Buyruqlar tizimi-
bu kompyuter ishlatadigan buyruqlar ro’yxati bo’lib, ular
yordamida
dasturchi
ma’lumotlarga ishlov berishning o’z algoritmini ishlatadi.
Barcha mikroprotsessorlarni guruhlarga ajratish mumkin:
CISC (Complex Instruction Set Command) to’liq
buyruqlar tizimining
to
’plami bilan;
RISC (Reduced Instruction Set Command) qisqartirilgan buyruqlar tizimining
to‘plami bilan;
VLIW (Very Length Instruction Word) buyruq so‘zi juda uzun bo’lgan;
CISC (Complex Instruction Set Computer)
To’laroq buyruqlar to’plami kompyuteri (CISC) - bu bitta ko'rsatmalar bir
nechta past darajadagi operatsiyalarni bajarishi mumkin bo'lgan yoki ko'p
bosqichli operatsiyalarga yoki bitta ko'rsatmalar
doirasida rejimlarni
aniqlashga qodir bo’lgan buyruqlar to’plami.