3- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Buyruqlar tizimi arxitekturasi Buyruqli arxitektura tizimi Ishdan maqsad: Buyruq


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana09.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1474561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 amaliy mashg‘ulot

3.1 Xotira turlari va xususiyatlari
 
 
 
 
 


SSD disklar haqida 
SSD disk 
— bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo'lib, kontroller va 
mikrosxemalardan tashkil topgan bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan 
qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo'lib, 
ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSD RAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi 
eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat. 
Qattiq diskning ko'p tarqalgan turi SSD flesh haqida tanishamiz. SSD 
disklarga oddiy fleshkalar deb qarash mumkin, faqat ularning hajmi va o'lchami 
kattaroq bo'ladi. 
SSD disklarning afzalliklari: 
Mexanik harakatlanuvchi qismlarning yo'qligi. Shu sababli ular fizik 
urilishlarga biroz bo'lsa ham chidamli sanaladi. Tashkil etuvchilari faqat 
mikrosxemalardir. 
Ishlash harorati. Oddiy HDD'ga qaraganda SSD disklarning ishlash harorati 
yuqori, bu haroratga HDD chiday olmaydi. 
O'qish va yozish tezligining yuqoriligi. Ulanish texnologiyasi SATA III 
hisoblanadi va bu orqali ma'lumotlarni yozish tezligi 3-6 Gb/s ga yetadi. 
Ixchamligi. Hajmi ixcham bo'lib, og'irligi ham HDD'ga qaraganda yengildir. 


Shovqinsiz. Qurilma mikrosxemalardan tashkil topganligi uchun, uning 
shovqini mavjud emas. HDD'ning ishlashida chiqadigan shovqinni, ba'zi paytlarda 
bu shovqin ish jarayoniga halaqit ham beradi. 
Asosiy afzalliklari shulardan iborat, har bir narsani afzalligi bo'lganidek, 
kamchiligi ham bo'ladi. Demak, SSD disklarining kamchiliklarini ko'ramiz. 
Qayta yozish. Eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jihozga 
fayllarni yozish, ularni o'chirish davomiyligi chegaralangan, aytishlari bo'yicha 
10000 marotaba yozib-o'chirish amalga oshganidan so'ng, bu SSD diskni ishlatib 
bo'lmas ekan. Shuning uchun bu diskdan asosan o'qish maqsadida foydalanish 
maqsadga muvofiq bo'ladi. Yana bir narsa, shunday bo'sa ham, hali hech kimdan 
«mani SSD diskimning yozish-o'chirish davomiyligi tugab qolibdi» degan gapni 
eshitganim yo'q. Eng yaxshi yo'li, SSD+HDD asosida ish yuriting. SSD operatsion 
tizimni yuklash uchun, HDD esa fayllarni saqlash(o'chirib-yozish) uchun. 
Kelishish. Operatsin tizim bilan kelishish. SSD disklar barcha operatsion 
tizimlar bilan kelishib ketolmaydi (kelishib ishlayolmaydi). Ular uchun eng yaxshi 
variant Windows 7 bo'lib turibdi. Shuning uchun SSD ulashda operatsion tizimga 
ham qarash lozim, ishlashga ishlaydi, lekin siz kutgan natijani bermasligi mumkin. 
Narxi. HDD disklariga qaraganda SSD disklarining narxi qimmat. SSD 
disklari 1 Gb hajm bo'yicha narxlanadi (man bilishimcha bizda bunday emas). 
Shunday bo'lsa ham yildan yilga SSD'larning narxi pasaymoqdi, shu bilan birga 
HDD'larning narxi ham :). Demak, bularning narxi bir birga tez kunlarda 
yaqinlashmasa kerak. 
Xulosa qiladigan bo'sak, 64Gblik SSD diskni sotib olib, unga operatsion tizim 
o'rnatib, yana 1 Tblik HDD disk olib, unga barcha fayllarni saqlab ishlatish samarali 
hisoblanadi. Shunda operatsion tizim juda tez yuklanadi va qolgan fayllar oddiy 
HDD diskda saqlanib ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Agar SSD disk ishdan chiqsa, 
fayllarimiz o'chib ketmaydi(chunki ular HDD diskda). 
Tezkor xotira 
– RAM va uni tanlash haqida qimmatli maslahatlar 


Katta hajmdagi ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj kompyuterdan bu 
ma’lumotlarni tezkorlik bilan o‘qishni talab qiladi. Buning uchun esa RAM ( 
Random Access Memory), ya’ni bosh tezkor xotira qurilmasining imkoniyati ham 
keng bo‘lishi kerak. 
Kompyuterga biror dastur yuklanganida, internet sahifasi ochilganida dastlab 
tezkor xotiraga yozilib, u yerdan ishga tushadi. Misol uchun, siz biror internet 
sahifasini 1 marta ochsangiz va uni yopib
, kompyuterni o‘chirmasdan ikkinchi 
marotaba yana ochsangiz, kompyuterda bir xil sahifa ikkinchi martada tezroq 
ochiladi. Boisi Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter 
elektr manbaidan uzilganda yoki bu xotira ma’lumotga to‘lganida o‘chib ketadi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling