Kompyuter bilish darajasi qachon so’raladi?


Download 1.07 Mb.
Sana02.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1740681
Bog'liq
ishga kirishda komp bilimlari @kompyuter akademiyasi


Kompyuter bilish darajasi qachon so’raladi?
Rezyume (obektivka) da
Suhbat paytida
Kompyuter bilish darajasi asosan 2 vaqtda so’raladi:
Rezyume da so’ralishiga namunalar
Artelga ishga kirishda to’ldiriladigan anketalar
Qanday javob bergan ma’qul?
Nega a’lo darajada bilaman deyish tavsiya etilmaydi?
Kompyuter bilish darajasi so’rashganda quyidagicha javob bergan ma’qul:
Yaxshi (ma’lum dasturda yetarli darajada ishlay olishga qodir bo’lsangiz)
Qoniqarli (ma’lum dasturda ishlashni endi boshlagansiz yoki bu borada bilimlaringiz hali ko’p emas)
Bilmayman (dasturni umuman bilmaysiz)
Kompyuter dasturlari bo’yicha bilim darajasini aniqlash!
Ishga kirish payti asosan quyidagi bilimlar so’raladi
  • Microsoft Office (Word, Excel);
  • Internet bilan ishlash (ma’lumot qidirish, elektron pochta bilan ishlay olish);
  • Maxsus dasturlar (ishlash davomida foydalaniladigan dasturlar, masalan, autocad, 3d max va b)

Ofis dasturini bilish darajasini aniqlaymiz
Excel
Qoniqarli – siz jadval shaklantish va uncha qiyin bo’lmagan hisob kitoblarni amalga oshira olasiz va h.k.
Yaxshi – murakkab formula va amallarni qo’llay olish, diagrammalar tayyorlash va ularni tahrirlash va h.k.
Excel ni biz bilgandan ko’ra imkoniyatlari juda kengligi sababli uni mukammal bilaman deyish juda qiyin!
Word
Qoniqarli – siz dastur bilan yaqinda ishlay boshlagansiz yoki boshlang’ich bilimlar (matn terish, abzaslar bilan ishlash va b.) ga egasiz.
Yaxshi – siz dastur bilan yaxshi tanishsiz, yetarlicha amallarni bajarishingiz mumkin (jadvallar, rasmlar, diagrammalar bilan ishlash, formula terish, maket bo’limi bilan ishlash va b.)
Elektron pochta bilan ishlash
Qoniqarli – tayyor pochtadan xabar jo’natish va qabul qilib olishni bilasiz.
Yaxshielektron pochta ochish, pochtadan xabar bilan birgalikda turli xildagi fayllar (rasm, ofis fayllari, video va b.) ni jo’nata olish.
Ma’lumot topish bilimi
Qoniqarli – siz qidiruv tizimlari (Google, Яндекс) bilan ishlay olasiz, sohaga oid ma’lumotlar topishni bilasiz.
Yaxshi – siz qidiruv tizimlari (Google, Яндекс) dan yaxshi foydalana olasiz, sohaga oid ma’lumotlarni topish va zarur bo’lsa tarjima qilishni bilasiz.
Internet bilan ishlay olish darajasini aniqlaymiz
Maxsus dasturlar – aynan biror ishda ishlash davomida qo’llaniladigan dasturlar. Masalan, qurilish sohasi uchun AutoCAD va boshqa 3D dasturlar bo’lishi mumkin.
Bunday dasturlarda ishlashni baholash uchun o’sha dasturda bajarish mumkin bo’lgan maksimal vazifa bilan o’zingizni bajara oladigan vazifalarni solishtiring.
Oddiy misol, 3D dastur Solidworks da 3D modellar yaratish, yaratilgan modellarni turli kuchlarga analiz qilish va modellarga animatsiya berish (harakatlantirish) kabi amallarni bajarish mumkin, lekin men bor yo’g’i 3D modellar yasashni bilaman demak o’zimni bu dasturni bilish darajamni qoniqarli deb baholashim mumkin.
Maxsus dasturlar bilan ishlay olish darajasini aniqlaymiz
Umumiy tavsiyalar!
  • Kompyuterni bilish haqida gapirish paytida sohaga mos dasturlar haqida gapiring.
  • Aldamang! (Bilaman yoki o’rganyapman deb)
  • Ishga kirishdan oldin kirmoqchi bo’lgan ishingizda qo’llaniladigan dasturlar bilan tanishing va hech bo’lmaganda o’sha dasturni qoniqarli darajada o’rganing.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling