Kompyuter falsafasi


Download 1.16 Mb.
bet117/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

Shaxs (inson) go‘zalligi keng ma’noda uning ma’aviy-ruhiy dunyosining faoliyati, xatti-harakatlarida namoyon bo‘lishligi bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra konkret shaxs go‘zalligi uning ijtimoiy-siyosiy faolligi, xulq atvori, axloqi va kundalik amaliy faoliyati bilan chambarchas bog‘lik jixat hisoblanadi. Lekin ayni paytda mazkur jixat quyidagi mezoniy o‘lchovlariga ega.
1) Obyektga estetik subyekt sifatida munosabatda bo‘lishi. Boshqacha qilib aytganda, narsa, hodisalarning estetik qimmatini baholay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi. Masalan, u yoki bu siyosat mafkurasini estetik ideallar mezonida turib baholay olmaydigan shaxsning ijtimoiy faolligi manqurtlik darajasida bo‘ladi. Bugungi kunda terrorizm va boshqa turli siyosiy oqimlarning ta’siriga tushib qolgan ba’zi yoshlarning ijtimoiy faolligi ana shunday manqurtlik — siyosiy ko‘rlikdir.
2) San’at asarlarini idrok eta bilish, estetik qadriyatlar sifatida baholay bilish va ulardan ma’naviy g‘izolanish (oziqlanish), lazzatlana bilish malakasiga ega bo‘lishi.

  1. Inson ichki ma’naviy-ruhiy dunyosining uning tashqi dunyosi (xatti-harakati, xusni, chiroyi) bilan uyg‘unligi va bunda birinchisining belgilovchi mavqyeiga ega ekanligi. Masalan, kishining xusni, chiroyi qanchalik jozibali bo‘lmasin, agar ichki dunyosi ma’naviyatdan oziqlanmagan bo‘lsa, u go‘zallik fazilatidan maxrumdir.

Bu o‘rinda taniqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliyning: “Go‘zallikning yaprog‘i axloq, ildizi — ichki dunyo, mevasi — insoniy fazilatdir”, degan xikmatli gapi yodga keladi.
Inson go‘zalligining qayd etilgan mezoniy o‘lchovlarini hisobga olmasdan turib bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanmish komil insonni shakllantirish masalasini xal kilish mumkin emas.
San’atda voqelik shakl va mazmun uyg‘unligida badiiy obrazlarda aks ettiriladi. Shunga ko‘ra xar qanday yuksak darajada yaratilgan san’at asarlari go‘zallikning konkret shakldagi ifodasidir. Bunda estetik ideal badiiy asar yaratishning o‘lchovi — go‘zallikni tasvirlashning mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘rinda Cho‘lpon va Abdulla Oripovlarning “Go‘zallik” deb nomlangan she’rlarini olib qaraylik. Ularda uquvchi inson go‘zalligining o‘zi uchun notanish jixatlarini inkishof etadi.
Korong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen
Ul yulduz uyalib, boshini egib,
Aytadir: men uni tushda ko‘ramen
Tushimda ko‘raman shunchalar go‘zal,
Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!
Ko‘zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman andan-da seni surmoqqa
Ul aytadir : bir qizil yonoqqa
Mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
(Chulpon).
Kuzning rutubatli oqshomi edi
Bog‘lar sekingina chekar edi ox.
Ruximda bir xazon ayyomi edi,
Ajib go‘zallikka duch keldim nogox,
Bir zum go‘zallikning xuzurida jim,
Samoviy hislarga bo‘lib qoldim band.
O, dono tabiat, o, buyuk xakim,
Xikmat ko‘rmadim xech senga monand.
O’zing yuraklarga cho‘ktirib qadar,
Xalos ham qilursan paxm etgan damda,
Shunday go‘zallarni yaratmasang gar
Qolib ketarmidik doimo g‘amda.
(A. Oripov).
(Bu xaqda keyingi mavzuda batafsil fikr yuritiladi).

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling