Kompyuter falsafasi


Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari. “Mafkuraviy maydon”, “mafkuraviy poligon”, “mafkuraviy porfilaftika” tushunchalarining mazmun-mohiyati


Download 1.16 Mb.
bet137/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari. “Mafkuraviy maydon”, “mafkuraviy poligon”, “mafkuraviy porfilaftika” tushunchalarining mazmun-mohiyati.
Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jixatdan o‘ziga qaram qilishgabo‘layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona xalifalik bayrog‘i ostida siyosiy birlashuvi g‘oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu diniy-siyosiy ideologiya diniy asosda birlashuv g‘oyasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U diniy-ma’naviy zamindagi uyg‘unlik mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-texnik sohalardagi hamkorligiga, ular salohiyatining birlashishiga va xalqlar taraqqiyotiga yo‘l ochsa buning nimasi yomon, degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Yuzaki qaraganda bu gap to‘g‘riga o‘xshaydi. Bunday mafkura tarfdorlari o‘z qarashlarini aksariyat xollarda ana shunday “beozor” shaklda taqdim etishga harakat qiladilar.
Ammo jiddiy e’tibor beriladigan bo‘lsa, birinchidan, ular milliy suverenitetdan voz kechish yoki uni boy berish hisobiga yagona davlat tuzishni ko‘zlayotganlari ma’lum bo‘ladi.Ikkinchidan, xalifalikni tiklashga, uning to‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu xol aynan millat sifatida o‘zligimizni anglashga yo‘l qo‘ymasligini yashiradilar. Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg‘u beradilar.To‘g‘ri, biz musulmon xalqmiz. Masalani nozik jihati shundaki, bunday kuchlar ana shu reallikni tan oladilaru, o‘z tariximiz, tilimiz, betakror madaniyatimiz, jahon xalqlari o‘rtasidagi o‘ziga xos o‘rnimiz, o‘z taraqqiyot yo‘limiz borligini inkor etishga harakat qiladilar. Albatta bu haqiqatni tan olish yoki olmaslik ularning ishi. Ammo o‘zlarining bunday g‘ayriilmiy qarashlarini kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirishga harakat qilayotganliklariga befarq qarab bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda til, madaniyat, urf-odatlardagi umumiylik, boshqacha aytganda, etnik birlikka asoslangan holda yagona mafkuraviy maydonni yuzaga keltirish borasidagi qarashlar ham mavjud. Bunday qarashlarning shakllanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ularning har biri o‘ziga xos tarzda dunyoning mafkuraviy manzarasida muayyan o‘rinni egallashga urinmoqda.
Bugungi kunda xalqlarning lisoniy birligiga tayangan xolda ulrning ma’naviy-ma’rifiy birligini ta’minlash bayrog‘i ostida taqdim etilayotgan g‘oyalar ortida ham aslida g‘arazli maqsadlar yashiringanligini unutmaslik lozim.
Olamning bugungi kundagi mafkuraviy manzarasi haqidagi mulohazalar yakunida nima deyish mumkin? Mafkura va mafkuraviy tarbiya maslasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan, demokratik huquqiy davlat, erkin fuqorolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimizuchun ham muxim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Zero, ko‘zlangan maqsadlargaushbu orzu-umid va intilishlarni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo‘lmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq. “Men, - deb yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yohalokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan fikrini ko‘p mushohada qilaman.Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muxim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muxim va dolzarbdir”72.
Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakllarining xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlagandek, ularga g‘oya va ma’rifat bilan qarshi kurashish lozim. Mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlikni saqlab qolish va rivojlantirish yo‘li bilangina qo‘lga kiritilgan istiqlolni himoya qilamiz. Xalqaro xamjamiyat, shu jumladan tarix taqazosi bilan aloqalar kuchli rivojlangan davlatlar bilan teng huquqli, izzat-ikromli munosabat, o‘zaro manfaatli aloqalar esa mustaqillikni mustahkamlashning muxim omili bo‘lib xizmat qiladi. Ana shundagina, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, mintaqamiz hyech qachon sivilizasiyalar to‘qnashmaydigan, balki ular bir-biriga ta’sir etib, bir-birini boyitishning ibratli namunasini beradigan makonga aylanadi.
Mafkuraviy poligon - odamlar va xalqlarning qalbi ongini egallashga qaratilgan turli g‘oyalarning o‘ziga xos sinov maydonidir. Odatda, «poligon» deganda qurol- aslaha va texnikani sinash, qo‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish yoki harbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun mo‘jallangan maxsus maydon tushuniladi. Tarix o‘zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollarining uzluksiz takomillashib borganini ko‘rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan - yer yuzining har qanday nuqtasiga yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bo‘lgan uzoq takomil yo‘lini bosib o‘tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo‘lgan hududlar aholisini jismonan yo‘q qilinishiga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini jismonan maxv etish shart emas. Zero, turli mafkuraviy ta’sirlar oqibatida ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma’qul» yo‘nalishga o‘zgartirilgan yerlik aholi ko‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy aholisining ongi va qalbi yot va begona g‘oyalar sinab ko‘riladigan maydonga aylanganini bildiradi
Mafkuraviy tahdidlarga kurashning eng yaxshi usullaridan biri o‘z vaqtida mafkuraviy profilaktika ishlarini olib borishdir.
MAFKURAVIY PROFILAKTIKA - ijtimoiy institutlar tomondan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy mafkuraviy ishlar majmui bo‘lib, u butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bo‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikning oldini olish yoki biron-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usul yo‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‘llaniladi.
Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur’atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora - tadbirlar qo‘llash lozim bo‘lsa, ikkinchi holda doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‘proq natija beradi.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda ham mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‘oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora- tadbirlarga tayanadi.
Ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tizimi mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‘lom mafkurani xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari ham unda o‘z o‘rniga ega.
Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‘stlik va birodarlikni o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni, targ‘ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, qo‘shiqlaru raqslar, turli ko‘rinish mazmundagi ma’naviy tadbirlar mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir.
Immunitet - tibbiyot atamasi bo‘lib, organizmning turli kasalliklardan o‘zini himoya qila olish qobiliyatini anglatadi. Mafkuraviy immunitet - ong va tafakkurning shaxsni turli buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qila olish qobiliyatidir.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling