Kompyuter falsafasi


-reja. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar


Download 1.16 Mb.
bet135/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

4-reja. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar

Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensivlashuvi, universil texnologiyalar bilan bog‘liq umumbashariy jarayonlar ham bormoqda. Butun Yer yuzi odamzot uchun yagona makon ekanligi aniq. Bunga shak-shubha yo‘q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan xududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‘lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgani ma’lum. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko‘proq bir davlat ichda, ikki davlat o‘rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‘lishi mumkin edi. To‘g‘ri, aytaylik, A.Makedonskiy va Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki o‘rta asrlardan boshlab yevropalik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari ko‘lami jihatidan ajralib turadi. XX asrda ro‘y bergan ikkita jahon urushida o‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak bunday xulosa muayyan darajada o‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Urush qurollari takomillashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish uyoqda tursin, balki butun Yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo‘q qilib tashlashga yetadi.


Shu bilan birga hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’siri doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo‘q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir.Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilab bermoqda.
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirmoqchi bo‘layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Ularning asosiy shakllari va yo‘nalishlari Prezidentimiz Islom Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va kafolatlari” nomli asarida ko‘rsatib berilgan. Mazkur ma’ruzada ana shu asardan asosiy manba sifatida foydalanamiz.
Taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Buyuk davlatchilik shovinizmini Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‘ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiyhukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish”, deb ta’riflash mumkin.Shovinizm ba’zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jug‘rofiy-siyosiy makondaham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashda namoyon bo‘ladi”70
Ko‘rinib turibdiki, buyuk davlatchilik shovinizmi g‘ayriinsoniy xarakterga ega. Zero, u o‘z mohiyatiga ko‘ra milliy tengsizlikni oqlash, targ‘ib-tashviq qilish hamda himoya qilishning o‘ziga xos shaklidir.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling