3-mavzu. Jahon iqtisodiyotni globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari Tayorladi: N.Xasanxonova REJA: - Jahon iqtisodiyotni globallashuvini harakatlantiruvchi kuchlari: kapitalning konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi
- Jahon xo‘jaligi erkinlashuvi jarayonining kuchayishi
- Xalqaro mehnat taqsimotida yangi sifatining shakllanishi
- Jahon moliya bozorining milliy segmentlari o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi
- Jahon iqtisodiyoti globallashuvining belgilari
1. Jahon iqtisodiyotni globallashuvini harakatlantiruvchi kuchlari: kapitalning konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi
Jahon iqtisodiyotni globallashuv jarayonlarini vujudga kelish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy bog’liqlikni keskin kuchayishi; milliy iqtisodiyotlarni iqtisodiy ochiqligini jadal sur’atlar bilan osishida namyon bo’ldi. Bunda xalqaro savdo va kapitalni mamlakatlararo harakati asosida Jahon iqtisodiyotini milliy iqtisodiyotga ta’sirini intensivlashuvi amalga oshdi.
Xalqaro mehnat taqsimotini yangi sifat bosqichi shakllanishi, Jahon moliya bozorini milliy segmentlari o’rtasidagi aloqalarni kuchayishi va global moliya bozorining shakllanishi, infomatsion va telekommnikatsion inqilob, transmilliy korporatsiyalarning faoliyatini global kengayshi, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlaktlarini xalqaro savdo, xalqaro kredit, xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlariga jalb etilishi, jahon iqtisodiyotni sub’ektlari tarkibining keskin murakkablashuvi, jahon iqtisodiyotiga yangi rivojlanib borayotgan yirik shaharlarni (alfa shahar) ta’sirini kuchayishi (Nyu-York, London, Tokio). Jahon iqtisodiyotini globallashuvining belgilari:
xalqaro mehnat taqsimotidagi sifat o’zgarishlari; TMK kabi jahon iqtisodiyoti sub’ektlarini miqyosi va ta’sir yo’nalishini o’sishi; xalqaro va milliy darajada iqtisodiyotni tartibga solish tizmini o’zgarishi; xalqaro iqtisodiy takshilotlar tizmini shakllanishi va bajaradigan funktsiyalarini o’zgarishi; xalqaro iqtisodiy aloqalarni jahon xo’jaligini harakat qilishini muhim shakliga aylanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |