Jahon iqtisodiyotni globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari


- texnologik, ekologik, statistik, moliyaviy standartlarning uyg‘unlashuvi


Download 207.09 Kb.
bet4/12
Sana23.10.2023
Hajmi207.09 Kb.
#1717294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-мавзу

- texnologik, ekologik, statistik, moliyaviy standartlarning uyg‘unlashuvi;

- xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va intensivlashuvi;

- kapital integratsiyasi shakl va mexanizmlarining global miqyosda kengayishi;

- xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyotini global tartibga solish rolining vujudga kelishi;

- iqtisodiy mintaqalarning to‘liq hududiy integratsiya bilan qamrab olinishi;

- jahon iqtisodiyoti integratsiya jarayonlarining jadal rivojlanishi;

- xalqaro bozorlar va tovarlarning globallashuvi.

Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda namoyon bo‘ladi:

- ishlab chiqarish baynalmilallashuvining chuqurlashuvi. Ishlab chiqarish baynalmilallashuvi iste’mol uchun yaratiladigan mahsulotni tayyorlashda jahonning turli davlatlari ishlab chiqaruvchilari qatnashishini namoyon qiladi;

- kapital baynalmilallashuvining chuqurlashuvi, ya’ni davlatlaro xalqaro kapital harakatining o‘sishi, bunda, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ko‘rinishida, fond bozorlarining baynalmilallashuvi;

- ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalarini almashinuvi natijasida, shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish resurslarining joylashuvi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi;

- xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global - miqyosdagi material, axborot, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmaning shakllanishi;

- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida ayirboshlashni baynalmilallashuvini kuchayishi, bunda xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish sohasiga nisbatan xizmatlar sohasi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanadi.

- xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining o‘sishi. Bunda rivojlangan davlatlarda kambag‘al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishga jalb etiladi.

- ishlab chiqarish va iste’molning baynalmilallashuvini atrofmuhitga ta’sirining ortishi, bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlikka bo‘lgan ehtiyojning ortishini keltirib chiqaradi


Download 207.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling