Globallashuv jarayonlari kelajakda quyidagi ko‘rinishlarda yuzaga kelishi bashorat qilinmoqda: - mintaqaviy integratsiya jarayonlarining intensivlashuvi;
- o‘z iqtisodiy faoliyatini hali to‘liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiy tizimlarining yanada ochiqligi;
- Har qanday bozorga barcha ishtirokchilarning hech qanday cheklovlarsiz kirishi;
- savdo va moliyaviy operatsiyalar uchun qoidalarni universal- lashtirish;
- bozorni tartibga solish va nazorat qilishni unifikatsiyalash;
- kapital harakati, investitsiya jarayoni va global to‘lov va hisob- kitob tizimiga bo‘lgan talablarni standartlashtirish.
Iqtisodiyotda globallashuvning o‘ziga xos xususiyati avtonom va integratsiyalashuv jarayonlarining birlashuvidir, deb belgilangan. Bu “Naisbitt paradoksi”da o‘z aksini topgan: “Iqtisodiyotning globalla- shuv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning eng kichik ishtirokchilari shunchalik kuchli bo‘ladi”. J.Naisbitt bu fikri bilan bir tomondan siyosiy mustaqillik va o‘z-o‘zini boshqarish harakatini qayd qilgan. - Iqtisodiyotda globallashuvning o‘ziga xos xususiyati avtonom va integratsiyalashuv jarayonlarining birlashuvidir, deb belgilangan. Bu “Naisbitt paradoksi”da o‘z aksini topgan: “Iqtisodiyotning globalla- shuv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning eng kichik ishtirokchilari shunchalik kuchli bo‘ladi”. J.Naisbitt bu fikri bilan bir tomondan siyosiy mustaqillik va o‘z-o‘zini boshqarish harakatini qayd qilgan.
2. Jahon xo‘jaligi erkinlashuvi jarayonining kuchayishi
Binobarin, globallashuv paradoksi jamiyatning ichki aloqalari qan- chalik boy va mustahkam bo‘lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mustah- kamlanish darajasi shunchalik yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Uning ichki resurslari qanchalik to‘liq amalga oshirilsa, integratsion aloqalarning afzalliklaridan shunchalik muvaffaqiyatli foydalana oladi va jahon bozori sharoitlariga shunchalik oson moslashadi
Zamonaviy globallashuv jarayonlari, birinchi navbatda, sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida rivojlangan bo‘lib, keyingi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarni qamrab oladi. Ushbu jarayon birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlaydi va ularga qo‘shimcha afzalliklar beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |