Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jahon iqtisodiy maydonini o‘zgartirish, uni yagona hududga aylantirish, tovarlar (xizmatlar), axborot va kapitalning cheklanmagan harakatini yo‘lga qo‘yish jara- yonida o‘z ifodasini topadi. Bu hududda g‘oyalarni tarqatish va ommaviy axborot vositalarini ko‘chirish ham oson bo‘lib, tegishli institutsional subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tizimlarini o‘rna- tishga va bu orqali ayrim subyektlar rivojlanishiga yordam beradi. - Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jahon iqtisodiy maydonini o‘zgartirish, uni yagona hududga aylantirish, tovarlar (xizmatlar), axborot va kapitalning cheklanmagan harakatini yo‘lga qo‘yish jara- yonida o‘z ifodasini topadi. Bu hududda g‘oyalarni tarqatish va ommaviy axborot vositalarini ko‘chirish ham oson bo‘lib, tegishli institutsional subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tizimlarini o‘rna- tishga va bu orqali ayrim subyektlar rivojlanishiga yordam beradi.
- Shu tariqa xalqaro miqyosda madaniy, axborot, huquqiy va iqtisodiy jihatdan yagona hududning paydo bo‘lishi jahon tizimlarining globallashuvi natijasidir. Boshqacha aytganda, globallashuv hodisasi iqtisodiy soha bilan cheklanmaydi, balki jamiyatning barcha asosiy sohalari – mafkura, madaniyat va siyosatga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shak-shubhasiz, bu hodisa yangi asr jahon iqtisodiyotida yuqori mav- qega ega bo‘lib, u globallashuvga moslashgan siyosat va iqtisodiyotda yangilangan jahon munosabatlari tizimining shakllanishidan iborat.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti globallashuvini quyida keltirilgan asosiy belgilar orqali aniqlash va baholash mumkin: - xalqaro mehnat taqsimotidagi sifat o‘zgarishlari; - transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyotida yetakchi rol o‘ynashi; - jahon ho‘jaligi munosabatlarining milliy iqtisodiy munosabatlarga nisbatan ustuvorligi; - ilmiy-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish integratsiyalashuviga universal, keng qamrovli ta’siri;
Do'stlaringiz bilan baham: |