Kompyuter grafikasi
Download 2.33 Mb.
|
4.3-mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Start – All Programs – Photoshop CS6
- File – New yoki Ctrl+N
- Tasvirlarni ochish.
- Format
Dasturni ishga tushirish. Adobe Photoshop dasturi to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, ish stolida dastur yorlig‘i joylashgan, bosh menyuda esa alohida satr mavjud bo‘ladi.
Adobe Photoshop dasturini ishga tushirish uchun ish stolidagi Adobe Photoshop CS6 yorlig‘i ustida sichqoncha bosiladi yoki Start – All Programs – Photoshop CS6 buyruqlari ketma-ket faollashtiriladi. Shundan so‘ng dasturning yuklanish jarayonini ifodalovchi oynada yuklanayotgan modullar nomi aks etadi. Adobe Photoshop dastur interfeysi. Dastur ishga tushgandan so‘ng, Adobe Photoshop CS6 dasturining ish oynasi ochiladi. Boshqa versiyalardan farqli ravishda u yorqin rangli yozuvlar bilan birga to‘q rangli interfeysga yegaligi tufayli ishlash qulay. Dasturida yangi hujjat yaratish uchun File – New yoki Ctrl+N tugmalari bosiladi. New muloqot oynasida quyidagi bo‘limlar mavjud: Name – fayl nomi; Preset – turi; Width – eni; Height – bo‘yi; Resolution – sifati; Color Mode – ranglar holati; Backgraund Contents – orqa foni. 4.3-rasm. Dastur ishga tushirilgandagi dastlabki oyna Tasvirlarni ochish. Grafik faylni ochish uchun File – Open buyrug‘ini yoki klaviaturadan Ctrl+O tugmalarini bosish lozim. Odatda tasvirlar bir nechta qatlamdan tashkil topadi. Sloi palitrasi ostida quyidagi piktogrammalar joylashgan: Yangi tasvirni saqlash uchun File – Save As…buyruqlari tanlanadi. Save As (Soxranit kak…) muloqot oynasi ochiladi. Uning chap tarafida tasvir saqlanishi kerak bo‘lgan papka tanlanadi, Format maydonida grafik faylning formati belgilanadi (ko‘pincha *.JPEG tanlanadi). Move Tool (V) (Перемещение) uskunasi belgilangan sohani siljitish uchun xizmat qiladi. Belgilash uskunalari uskunalar panelining yuqorisida joylashgan. Ixtiyoriy uskuna faollashtirilganda kursor kesishuvchi chiziqlar (+) ko‘rinishini oladi. Tool Box paneli uskunalari vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Belgilash uskunalari; Chizish uskunalari; Bo‘yash uskunalari; Tahrirlash uskunalari; Chegara chiziqlarni ajratish; Matnni tahrirlash uskunalari; Geometrik shakllar chizish uskunalari; Hujjatni boshqarish uskunalari; Menyular satri. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling