Kompyuterni boshqaruvchi dasturlar. Fayl va papka tushunchasi. Matn protsesori dasturi va uning interfeysi. Hujjatlarni formatlash uskunalari. Matn protsesori dasturida hujjat yaratish va tahrirlash


Download 468.74 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi468.74 Kb.
#1619854
  1   2   3
Bog'liq
4-Mavzu


Kompyuterni boshqaruvchi dasturlar. Fayl va papka tushunchasi. Matn protsesori dasturi va uning interfeysi. Hujjatlarni formatlash uskunalari. Matn protsesori dasturida hujjat yaratish va tahrirlash.
Reja:

  1. Kompyuterni boshqaruvchi dasturlar.

  2. Fayl va papka tushunchasi.

  3. Matn protsesori dasturi va uning interfeysi.

  4. Hujjatlarni formatlash uskunalari.

  5. Matn protsesori dasturida hujjat yaratish va tahrirlash.


Kompyuterni boshqaruvchi dasturlar.
Kompyuter ishlashi uchun biz tanishib chiqqan qurilmalarning o‘zi yetarli emas. Har qanday kompyuter foydalanuvchi tomonidan beriladigan buyruq va ko‘rsatmalar asosida ishlaydi. Bunday buyruq va ko‘rsatmalarning ketma-ketligi dastur deb ataladi.
Interfeys tushunchasi “SOFT” deb ataluvchi kompyuter dasturlari turli maqsadda yaratilgan va ular, albatta, bir-biridan, eng avvalo, interfeysi, ya’ni ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Interfeys — dastur ishga tushirilganda uning ekrandagi ko‘rinishi va foydalanuvchiga berilgan imkoniyatlar.

Operatsion tizim dasturlari nima uchun kerak? Kompyuter tarmoqqa ulanishi bilan ishga tushadigan, foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasida muloqot o‘rnatadigan, barcha qurilma va dasturlarni boshqara oladigan maxsus dastur operatsion tizim (OT) deb ataladi.


Fayl va papka tushunchasi
Fayl nima?
Fayl – tashqi xotirada biror nom bilan saqlab qo‘yilgan har qanday ma’lumot.
Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, tasvir, film, musiqa, dastur yoki turli boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Ular tashqi xotira hisoblanuvchi disketa, magnit tasma, qattiq disk, CD va DVD disklar, flesh-xotira kabi vositalarda fayl ko‘rinishida saqlanadi.
Papka tushunchasi
Papka yoki katalog – fayl nomlari va fayl haqida ma’lumot saqlanadigan diskning alohida ajratilgan sohasi. Windows operatsion sistemasida papka tasviri bilan ko‘rsatiladi.
Ma’lumki, foydalanuvchi kompyuterda nafaqat turli hujjatlarni, shuningdek, rasm, musiqa, klip, film va taqdimotlar hamda turli o‘yin dasturlarini ham saqlab qo‘yadi. Inson xotirasidan farqli ravishda, kompyuterlar bu qadar ko‘p ma’lumotni o‘z xotirasida qanday saqlay oladi? Buncha ma’lumotni chalkashtirib yubormaydimi? Bu savolga javob topish uchun biz fayl tushunchasi bilan tanishib olishimiz kerak. Faraz qiling, Siz kutubxonadasiz. U yerda kitoblar qanday ketmaketlikda joylashgan? Kerakli kitobni zudlik bilan topishi uchun qanday qidiruv tizimi o‘ylab topilgan? Birinchidan, har bir kitobga raqamlar qo‘yilgan; ikkinchidan, kitoblar sohasiga (fanlarga) ko‘ra alohida tokchalarga ajratilgan; uchinchidan, “katalog” deb nomlanuvchi qutichalar yaratilgan. Bu qutichalarda shu kitoblarning raqami va qaysi tokchada joylashgani yozib qo‘yilgan. Demak, kitoblarni tez qidirib topish uchun ularni tartiblangan holda saqlash zarur ekan. Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlar ham tartiblangan holda saqlanadi va ular fayllar deb ataladi.



Download 468.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling