Kompyuter grafikasi va web-dizayn fani ta’lim va jamiyatda qo‘qon Davlat Pedagogika Instituti Ta‘limda axbarot texnalogiyalari mutaxassisligi 1-bosqich magistiranti Akramov Azamatjon Muzaffarjon o‘g‘li Anatatsiya


Download 17.75 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi17.75 Kb.
#1756655
  1   2
Bog'liq
MAVZUGA OID MAQOLA


KOMPYUTER GRAFIKASI VA WEB-DIZAYN FANI TA’LIM VA JAMIYATDA

Qo‘qon Davlat Pedagogika Instituti Ta‘limda axbarot texnalogiyalari mutaxassisligi 1-bosqich magistiranti
Akramov Azamatjon Muzaffarjon o‘g‘li
Anatatsiya: Ushbu maqolada “kompyuter grafikasi va web-dizayn” sohalarini o’qitishda va hayotimizni ishlatish uchun kerak bo’ladigon dasturiy taminotlar, zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash dasturlarini o’qitishning tokomillashtirilgan usuli o’z aksini topgan.
Kalit so’zlar: 3D MAX, Flash MX, Adobe Photoshop, HTML, Corel Draw, PHP, Pikdogramma, Ranglar modeli, AutoCad, Paint NET, Rastr.
Kompyuter grafikasi va dizaynining tez sur‘atlar bilan rivojlanishi va uning ham texnik ham dasturiy vositalarni yangilanib turishi sababli, kursni muttasil rivojlantirib turish, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni o’rganish ehtiyoji tug’iladi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta siljishlar amalga oshirildi. Keyingi yillarda 16 million xil rang jilolarini aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi skanerlar, grafik ishchi stansiyalar paydo bo’ldi. Natijada, dasturiy vositalar sohasida real voqelikni kompyuterda tasvirlay oladigan dasturlar yuzaga keldi. Kompyuter grafikasi va web-dizayni qurishning nazariy-uslubiy asoslarini o’rganish, shuningdek, amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish kompyuter grafikasi kursining asosini tashkil etadi.
Ta’lim tizimida esa axborot texnalogiyalarini qo’llab ta’lim-tarbiya berish va unga tegishli barcha jarayonlarni axborotlashtirish bilan ta’lim samaradorligini oshirishga olib kelinadi.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga kompyuter grafikasining nazariya asoslarini ko’rsatish, talabalarni zamonaviy kompyuter grafikasining operatsion tizimlari bilan tanishtirish va zamonaviy grafik tahrirlagichlarda ishlashni o’rgatish, zamonaviy amaliy paketlardan grafik imkoniyatlarni o’zlashtirish, yangi axborotlarni va ishlab chiqarilgan buyumlarni prezentatsiyasini yaratish va uni o’tkazishni tashkillashtirish, yaratilgan grafiklarga jilo berish, shaklini ko’rgazmaviy tarzda ifodalashni o’rgatish va talabalarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi va dizayn vositalarini va ularning ishlatilishini o’zlashtirishi bo’yicha mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdan iboratdir.
Dastlab grafik muharrirlar bilan tanishib chiqaylik.

  1. Paint NET – dastlabki sodda grafik dasturni o’rnini bosuvchi grafik muharrir.

  2. AutoCad – eng murakkab loyihalarni chizishga mo’ljallangan dastur.

  3. Adobe photoshop – rastrli grafiani qayta ishlash uchun mo’ljallangan dastur.

  4. CorelDraw – vertical graika bilan ishlashga mo’ljallangan grafik muharrir.

Rastrli grafik muharrirlarida har bir tasvir nuqta, ya’ni piksel asosida quriladi. Bu dasturlar yordamida yaratilgan fayllar *.bmp, *.jpg, *.psd, *.tif va boshqa formatlarda saqlanishi mumkin. Bu turdagi fayllar ranglari yorqinligi va juda sifatliligi bilan ajralib turadi. Ularning kamchiligi sifatida esa tasvirni kattalashtirish bilan uning sifati yo’qolib borishini va xotirada ko’p joy egallashini aytib o’tish lozim. Shuning uchun ko’pincha ulardan tayyor rasmlarni qayta ishlashda foydalanish tavsiya qilinadi.
Kompyuter grafikasi tasvirlarni shakllantirish usullariga bog‗liq holda 3 turga bo’linadi:
1. Rastrli grafika.
2. Vektorli grafika.
3. Fraktal grafika.
Ular bir-birlaridan tasvir ko‗rinishdagi axborotlarni hosil qilish va qayta ishlash texnologiyalari bilan farqqiladi.
Rastrli grafika — bu juda kichik yuzaga ega bo‘lgan geometrik figuralar (piksellardan), masalan kvadratchalardan tuzilgan matritsa. Har bir piksel o‘z rangiga ega bo‘lishi mumkin. Turli ranglarga ega bo’lgan rastrlar to'plami tasvirni tashkil etadi. Tasvir ko'rsatilayotgan sirtda piksellarning joylashishiga nisbatan rastrlar turli tiplarga bo’linadi: kvadrat, to'rt burchak, doira va shu kabilar.
Vektorli grafika – shakllangan tasvir sodda grafik obyektlar to’plamidan tuzilgan bo’lib, uning tipik elementiga mos keladi. Vektorli tasvirning asosiy elementi chiziq bo’lib hisoblanadi.
Fraktal grafika – shakllangan tasvirlar ham xuddi vektorli grafika kabi matematik hisoblarga asoslangan. Ammo kompyuter xotirasida hech qanday obyektni saqlamasligi bilan undan farq qiladi. Tasvir tenglama (yoki tenglamalr tizimi) bo’yicha quriladi, shuning uchun formulalardan boshqa hech narsani saqlash kerak emas.
Dizayn (ingliz tilidan design — injener-konstruktor, lotinchadan designare — o’lchab ko'rmoq, o'lchab bermoq) — bu ijodiy faoliyat bo‘lib, uning asosiy maqsadi sanoat buyumlarining formal sifatini belgilaydi. Bu sifat, shuningdek buyumning tashqi qirralarini o‘z ichiga olish bilan birga, asosan, shu tuzilmaviy va funksional aloqadorlikni xaridor hamda ishlab chiqaruvchi ko‘zi bilan qaraganda uni yagona holatga keltiradi. Dizayn sanoat ishlab chiqarishi bilan bog'langan, insonni o'rab turgan atrof-muhitning barcha jabhalarini qurshab oladi.
Dizaynning turlari dizaynerlik faoliyati loyihalash predmetining farqlanishi, loyilia ishining maqsadlari va usullari hamda uning yakuniy natijasi bilan farqlanadi. Dizaynning quyidagi turlari mavjud:
— grafik dizayn;
sanoat dizayn;
— web-dizayn.
Web-dizayn (ingliz tilidan olingan bo‘lib, web-design — web sahifani loyihalash ma’nosini bildiradi) — bu web-sahifaning jihozlanishidir. Web-dizayn sayt uchun xuddi poligrafiya dizayni va qog'ozli nashrlar dastgohlari singari muhim rol o'ynaydi. Web-dizayn deganda nafaqat web-sayt uchun grafikli elementlarni yaratish, balki uning strukturasini loyihalash, unda harakatlanish vositalari, ya’ni butun saytni yaratish tushuniladi.


Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling