Kompyuter grafikasining turlari


Download 0.91 Mb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1632907
1   2   3   4
Bog'liq
kompyuter grefikasining turlari

VEKTORLI GRAFIKA
Vektorli grafika bilan ishlash uchun mo’ljallangan dasturli vositalar illyustratsiyani yaratish va kam darajada ularni qayta ishlash uchun mo’ljallangan.
Bunday vositalar reklama agentlarida, dizaynerli byuroda, tahririyat va bosmaxonalarda keng foydalaniladi. Shriftlar va sodda geometrik elementlarga yuklangan vektorli grafika vositalari bilan jihozlash ishlarini bajarish qŏlay hisoblanadi. Illyustratsiyani badiiy tayyorlashda vektorli grafika vositalari yordamida bajarish murakkab jarayon.
Vektorli garafikada asosiy element sifatida chiziqdan(Tŏg’ri chiziq yoki egri chiziq) foydalaniladi. Rastrli grafikada ham chiziqlar mavjud bŏlib, unda nuqtalar to’plami sifatida qaraladi. Rastrli grafikada chiziqning har bir nuqtasiga xotiraning bir yoki bir necha yacheykasi ajratiladi. (ranglar qancha kŏp bŏlsa , shuncha kŏp yacheyka ajratiladi). Mos ravishda rastrli chiziq qancha uzun bŏlsa, xotirada shuncha kŏp joyni egallaydi.
Vektorli grafikada chiziq egallagan xotira hajmi chiziq o’lchamiga bog’liq emas, chunki chiziq formula kŏrinishda tasvirlanadi, aniqroq aytganda, bir necha parametrlar bilan ifodalanadi. Chiziq bilan qanday amallar bajarilganligi bilan faqat uning xotira yacheykasidagi parametrlari almashinadi. Yacheykalar soni ixtiyoriy chiziq uchun ŏzgarmaydi.
Grafik dasturlar: Corel Draw, Macromedia FreeHand, Adobe Illustrator va boshqalar

Fraktal grafikasi”
Fraktal so`zi lotincha fractus so`zidan olingan bo`lib, maydalangan, bo`lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o`ziga o`xshash qismlardan iborat bo`lgan geometrik shakllarga aytiladi. Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan bo`lib, ular yordamida daraxtlar, o`rmonlar, bulutlar, mavjlanayotgan dengiz, alanga va tutun, oqayotgan suyuqlik kabi tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardan virtual borliq, animatsiya, kompyuter o`yinlari va matematik modellashtirishda keng foydalaniladi.
Fraktal grafika bilan ishlash uchun mo’ljallangan dasturli vositalar matematik hisoblar yuli bilan tasvirlarni avtomatik generatsiyalash uchun mo’ljallangan.
Fraktalli badiiy kompozitsiyani yaratish chizish yoki jihozlashga bogliq bŏlmasdan, balki dasturlashga bogliq.
Ushbu grafika bosmali yoki elektronli hujjatlarni yaratish uchun kam qŏllaniladi, ulardan dam olish dasturlarini yaratishda Ushbu grafika vektorli grafika kabi hisoblanuvchi hisoblash farqi shuki komp’yuter xotirasida hech qanday saqlanmaydi.
Tasvir tenlama yoki tenlamalar sistemasi yordamida bajariladi. Komp’yuter xotirasida faqat formula saqlanadi, tenglamadagi koeffitsientni ŏzgartirib, boshqa tasvirlarni hosil qilish mumkin.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling