Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishi magistranti
Download 14.69 Kb.
|
Abduganiyev Nodirbek taqrizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: B.S.Axrarov O‘zbekiston Davlat jahon tillari unversiteti “Zamonaviy axborot texnologiyalari” kafedirasi dotsenti, PhD
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 706010101- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishi magistranti Abdug‘aniyev Nodirbek Nabijon o‘glining “Dori vositalarini izlash masalasining datalogik modelini qurish va veb ilovasini yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ Hozirgi davrga kelib axborot texnologiyalari tobora takomillashib, turli xil sohalarga kirib bormoqda. Bugungi kunga kelib axborot texnologiyasi kirib bormagan sohalar tobora kamayib bormoqda. Chunki axborot texnologiyasi har qanday sohada o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Bu qishloq xo‘jaligi sohasidan boshlab murakkab moliya tizimlarida faol foydalanib kelinmoqda. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida juda katta ahamiyatga ega. Ushbu dissertatsiya ishida dori vositalarini izlash masalasining datalogik modelini qurish va veb ilovasini yaratish jarayonlari yoritilgan bo‘lib, u kirish va 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil topgan. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti, ilmiy yangilklari tuzilishi va strukturasi yoritilgan. Birinchi bob “O‘zbekiston va chet eldagi platformalar tuzilishi va dissertatsiya ishining nazariy tuzilmasi” deb nomlangan bo‘lib, unda dori vositalari izlashga oid xorijiy va O‘zbekistonda yaratilgan mavjud platformalar tahlil qilinib, o‘rganib chiqilgan. Ikkinchi bob “Datalogik ma’lumotlar bazasi tuzilmasi, ob’eklar, xususiyatlari va munosabatlari” deb nomlangan bo‘lib, unda quydagi masalalara ko‘rib chiqilgan: ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari, ma’lumotlar modellari va ma’lumotlar bazasini tashkil etuvchilar, ma’lumotlar bazasini loyihalash va tashkil etish. Asosan ma’lumotlar ustida amallar bajarish usullari va ushbu usullarning biri bo‘lgan datalogik usul atroflicha o‘rganilib, tahlil qilingan holda dori vositalarini izlashning veb ilovasi uchun berilganlar bazasining strukturasi shaknllantirilgan. MBBT ning asosiy funksiyalari (so‘rovlar) bajarilishi uchun har xil turdagi ma’lumotlar tavsiflangan. Uchinchi bob, “Qidiruv veb-saytni yaratishda foydalanilgan veb texnologiyalar va tizimning tuzilish strukturasi” masalalariga ko‘rib chiqilgan: dasturiy muhitning asoslanishi va veb ilova dasturiy ta’minotini yaratish texnologiyasi. Bunda veb ilovaning Frontend qismi maketi HTML tilida, dizayn qismi CSS, funksional qismi JavaScript dasturlash tillarida yaratilgan. O‘zbekistondagi mavjud dori vositalar va dorixonalar ro‘yxatidan iborat ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan bo‘lib, MS SQL server so‘rovlar tilida 18140 dan ortiq dori vositalari va 3000 dan ortiq dorixonalar ro‘yxati yaratilgan. Dissertatsiyaning xulosa qismida ushbu qidiruv tizimining umumiy xususiyatlari va qo‘llanilishi haqida tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xulosa sifatida shuni qayd etish joizki, 706010101- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishi magistranti Abdug‘aniyev Nodirbek Nabijon o‘glining “Dori vositalarini izlash masalasining datalogik modelini qurish va veb ilovasini yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi magistlik dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi va uni himoyaga tavsiya etish mumkin. Taqrizchi: B.S.Axrarov O‘zbekiston Davlat jahon tillari unversiteti “Zamonaviy axborot texnologiyalari” kafedirasi dotsenti, PhD Download 14.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling