Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish


SQL standart soʻrovlar tili


Download 3.41 Mb.
bet4/7
Sana13.11.2023
Hajmi3.41 Mb.
#1771165
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
26 kurs ishi Husniddin

1.3. SQL standart soʻrovlar tili
Mа’lumоtlаr bаzаsi dunyosi tоbоrа yagоnа boʻlib bоrmоqdа. Bu jаrаyon har хil kоmpyuter muхitlаridа fаоliyat koʻrsаtuvchi ахbоrоt tizimlаrini yarаtishdа qoʻllаnuvchi yagоnа stаndаrt til yarаtishni tаlаb qildi. Stаndаrt til bir kоmаndаlаr toʻplаmini bilgаn fоydаlаnuvchilаrgа ulаrni shахsiy kompyuter tаrmоq ishchi stаntsiyasi yoki katta EHM dа ishlаshlаridаn qаt’iy nаzаr mа’lumоtni yarаtish,izlаsh vа uzаtishgа imkоn berаdi.
SQL (Structured Query Language) – Bu soʻrov tili koʻp operatorlardan tashkil topgan boʻlib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle (MBBT) dagi ma’lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin soʻrovlarni amalga oshirishda bu soʻrov tilidan foydalanmaslikning iloji yoʻq.
1970 yil iyun oyida E.F. Kodd oʻzining “A Relational Model of Data for Large Shared Data Banks” maqolasini ommaga taqdim etdi. Bu maqola “Communications of the ACM” jurnalida chop etildi. Hozirgi kunda Koddning bu modeli “relyastion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RMBBT)” ning yakuniy modeli deb qabul qilindi. Kodd ning modelni yo‘lga qo‘yish maqsadida IBM firmasi SEQUEL (Structured English Query Language) tilini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu til SQL tiliga o‘zgartirildi, lekin haligacha “sikvel” deb ham yuritilmoqda. 1979 yil Relational Software (hozirgi vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi SQL ning birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim etdi. Hozirgi kunda SQL tili RMBBTning standart tili hisoblanadi.
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
1. Ma’lumotlarni soʻrov orqali olish.
2. Jadvalning qatorlariga ma’lumot qoʻshish, qatorlarini oʻchirish va yangilash.
3. Obektlarni yaratish, oʻzgartirish va oʻchirish.
4. Ma’lumotlar bazasi va obektlarga ruxsatlarni oʻrnatish.
5. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta’minlash.
2 xil turdagi SQL mavjud: interaktiv va oʻrnatilgan (встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL deganda — ma’lumotlar bazasiga soʻrov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya’ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir boʻladi. Soʻrov-natija rejimda ishlaydi.
SQl operatorlari bir necha guruhlarga bo‘lingan. Bu boʻlinish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida boʻlingan. Ular quyidagilar:
DDL (Data Definition Language), ANSI bu guruh SDL (Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma’lumotlar bazasida obektlar (jadvallar, indekslar) ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.
DML (Data Manipulation Language) – ma’lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig‘indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma’lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.
DCL (Data Control Language) – ma’lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.
ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir.

Download 3.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling