Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish


Download 3.41 Mb.
bet1/7
Sana13.11.2023
Hajmi3.41 Mb.
#1771165
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
26 kurs ishi Husniddin


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI



AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH” kafedrasi
ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH FANIDAN



Mavzu: Avtosalonda savdo-sotiqni hisobga olish uchun axborot tizimi
Bajardi: “60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi 3-kurs 915_21-guruh talabasi Hamraqulov Husniddin Orziqul o’g’li.

Ilmiy rahbar: Tojiyev Alisher

Jizzax – 2023
MUNDARIJA




KIRISH 3

  1. Nazariy qism

    1. Maʻlumotlar bazasi haqida tushuncha 6

    2. Maʻlumotlar bazasi serverlari 10

    3. SQL standart soʻrovlar tili 12

  1. Loyiha qism

    1. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish 14

    2. Maʻlumotlar strukturalarini loyihalash 15

    3. Dasturning ishlash tartibi 16

XULOSA 19
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 20
ILOVALAR….....………………………………………………………21



KIRISH


Respublikamizda zamonaviy hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishni uddalay oladigan, zamonaviy kompyuterlardan amaliy ish faoliyatida keng foydalana oladigan yetuk kadrlar tayyorlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shuning uchun, kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida yuqori malaka, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun sifatli, jahon andozalariga mos darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va ma’ruza matnlarini tayyorlab, chop ettirish masalasiga juda katta e’tibor berilgan.
Mustaqillikka erishganimizdan soʻng yurtimizning barcha sohalari qatorida axborot texnologiyalari sohasi ham tubdan oʻzgarib, rivojlanishga yuz tutdi. Hozirgi kunda yurtimizda biz yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Hozirgi texnika va texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonida inson faktoriga boʻlgan talab kundan kunga kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi — zamonaviy texnologiyalarning inson ogʻirini yengillatayotganligida.
Hozirgi kunda hayotimizning barcha jabhalariga texnik va texnologik qurilmalar, avtomatlashgan tizimlar, kompyuter texnologiyalari kirib kelib ulgirdi. Kimdir bu texnika va texnologiyalardan unumli va samarali foydalanmoqda, unga yanada qoʻshimcha yangilik va qoʻshimchalar kiritmoqda, aksincha yana kimlardir ularni boricha oʻz holatida ishlatmoqda.
XXI asr — “Axborot asri”. Ushbu asrda texnika va texnologiyalar shu darajada rivojlanib ketdiki, hatto inson aqli bovar qilmas dajaga yetib ulgirdi.
Oʻzbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar tufayli sohada tub oʻzgarishlar roʻy bermoqda, xalqimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri yuksalmoqda.
Avtomobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat ichida juda katta oʻsishga erishdi. Oʻzbekistonda 1996- yildan chiqa boshlagan UZDaewooAuto mashinalarini hozirda dunyoga mashxur Chevrolet brendi oʻrin olgan.

Mavzuning maqsad va vazifalari: Avtosalon boshqaruv tizimida dasturiy tizim orqali yengilliklarni amalga oshirish va ma’lumotlarni jamlashni online tashkil qilish, namunalar taqdim etish va amaliyotga joriy etish.


Kurs ishning maqsadidan quyidagi vazifalari hal etish lozim deb hisoblandi:
- dasturiy ta’minotlar avtomobillar haqida ma’lumotlarni olish va sotib olish online tizimi;
- Avtosalondagi avtomobillar ma’lumotlarini jamlash tizimini amaliyotda qo‘llash maqsadida ishlanmalar ishlab chiqish;
- Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va olingan natijalarni tahlil qilish.
Kurs ishi tuzilmasining tavsifi: Mazkur tadqiqot ishi kirish, tanlangan obektlar va tadqiqot usullari, kurs ishi boblari, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Tadqiqot ishning birinchi bobida avtomobil savdosini rivojlantirish va sanoatga raqamli texnologiyalardan foydalanish, amaliyotga joriy etishdagi muammolar va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, bundan tashqari ma’lumotlar bazalari va so‘rovlar tili haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishning ikkinchi bobida avtomobillarni ma’lumotlarni jamlovchi tizimidan foydalanishning amaliy asoslari, texnologiyalar, dasturiy ta’minot va ularning oʻrni hamda tadqiqot ishida qilingan amaliy ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining xulosa qismida bajarilgan ishning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida kelib chiqadigan xulosalar va tavsiyalar keltiriladi.
Kurs ishining so‘ngida esa foydalanilgan adabiyotlar, elektron kitoblar ro‘yxatlari keltirilgan.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, mundarija, xulosa va ilmiy-amaliy tavsiyalar hamda foydalangan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
Men avtosalon savdo-sotiqni hisobga olish axborot tizimini C# dasturlash tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda windows yoki krossplatformali muhit avtosalon haqida maʻlumotlari jamlovchi tizimini yaratishni oʻz oldimga maqsad qilib oldim. Bu turdagi dasturiy mahsulot hozirgi kunda mavjud boʻlsada, bir tomondan C# dasturlash tilining keng imkoniyatlarini ommaga taqdim etish, boshqa tomondan avtosalonda avtomobillar haqida maʻlumotlari jamlovchi tizimini sodda va oddiy koʻrinishiga talab yuqoriligini inobatga olgan holda ushbu dasturiy mahsulotni ishlab chiqishga qaror qildim.
Ushbu dastur avtomobillarni xarakteristika maʻlumotlarni uchun moʻljallangan, dasturda quyidagi maʻlumotlar saqlanishi kerak: marka, yili, ishlab chiqaruvchisi, versiyasi, mexanikasi, shuningdek narxlarini roʻxatini haqida maʻlumotlar kiritilishi kerak. Dastur ma'lumotlar bazasini berilgan mezon bo'yicha qidirish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Foydalanuvchi maʻlumotlar bazasida yozuvlarni yaratishi, oʻzgartirishi va oʻchirishi mumkin. Foydalanuvchi tomonidan dasturdan foydalanish oson va sodda va intuitiv interfeysga ega.


Download 3.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling