Modellashtirish


Download 8.76 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi8.76 Kb.
#1204719
Bog'liq
Modellashtirish haqida tushunchaa


Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xojalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va londa bayon qilishga imkon beradi.
Bir tomondan, modellar oson organiladigan bolishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bolmasligi kerak binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar boladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni organishdan olingan xulosalarni haqiqiy obektlarga ham qollash lozim, demak, model organilayotgan haqiqiy obektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak.
Modellashtirish deganda modellarni qurish, organish va qollash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni oz ichiga oladi:
subekt (tadqiqotchi);
tadqiqot obekti;
organuvchi subekt bilan organilayotgan obektning munosabatlarini vositalovchi model.
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qollanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro-etibor keltirdi.
Turli iqtisodiy hodisalarni organish uchun ularning iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Istemol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy osish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa kop modellar iqtisodiy modellarga misol boladi.
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qollash usullari iqtisodiy-matematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni organish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir. Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan kiritilgan. IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil boldi.
Download 8.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling