Kompyuter injinering
TARBIYAVIY ISHLARNING IZCHILLIGI, TIZIMLILIGI HAMDA
Download 210.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika va psixologiya mustaqil ish (1) PDF
TARBIYAVIY ISHLARNING IZCHILLIGI, TIZIMLILIGI HAMDA
BIRLIGI PRINSIPI Avvalo, ta’lim va tarbiya bir maqsadni - barkatnol inson shaxsini tarbiyalashni nazarda tutadi. Ya’ni ta’lim ishi tarbiya bilan birga qo’shilib ketadi va bir-birini to’ldirib, mukammallashtirib boradi. Dars jarayonida olib borilgan tarbiyaviy ishlar sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bilan qo’shiladi. Bolalar bilan olib boriladigan har bir tarbiyaviy ish butun tarbiya ishlarining ajralmas bir qismi sifatida amalga oshirilgan taqdirdagina ta’siri kuchli boiadi. Tarbiya ishidagi izchillik va tizimlilik shundan iboratki, har bir tarbiya ishi maktabning umumiy tarbiyaviy rejasiga asosan ma’lum izchillikda amalga oshiriladi, oldingi ishlarning mantiqiy davomi sifatida tarbiya sohasida qilinayotgan ishlarni rivojlantiradi, mustahkamlaydi va yanada yuqori darajaga ko’taradi. Tarbiya berishda tizimlilik qoidasi tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarning - oila va maktab, bolalar va yoshlar tashkiloti, jamoatchilik, mahalla faollari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish jamoalarining, keng jamoatchilikning hamjihatlik va bamaslahat ish ko’rishini nazarda tutadi. Tarbiya ishidagi bu hamjihatlik va hamkorlikni ta’min etishda maktab asosiy rol o’ynaydi. Maktab yuqorida aytilgan muassasalar bilan mustahkam aloqada bo’lib, tarbiya sohasida bahamjihatlikda ishlashga erishadi. Tarbiya jarayonida tizimlilik va izchillikni ta’min etadigan muhim shartlardan biri tarbiya sohasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallash va mustahkamlashda uyg’unlikka rioya etishdir. Tarbiyaviy ishlarning hammasida bolalarda mavjud bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va odatlarga hamda ularning turmush tajribalariga suyanish lozim. Har bir odam o’z hayot yo’lida qancha muvaffaqiyatlarga erishgan yoki imkoniyatlarni qo’ldan boy bergan bo’lsa, buning hammasiga, avvalo, uning fe’l-atvori, olgan tarbiyasi sababdir. Xulosa Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari – о‘qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, shifokorlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek mas’uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin bо‘ladi. Adabiyotlar Lea Chapius. Pedacocy, embedding Learning Technoligies. Modul 1. Educational Technology Use and design for Improved Learning Opportunities, Mehdi Khosrow-Pour, USA, 2014. Educational Psychology, Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Switzerland, 2010, the Jacobs Foundaion. Каримова В.М. ва бошқалар “Педагогика.Психология”. Ўқув қўлланма. –Т.: 2012. -380 бет. Очилова Г.О., “Педагогика.Психология” фанидан ўқув услубий мажмуа –T., 2016. -420 – бет Очилова Г,О, Мусаханова Г.М. “Педагогик махорат”, 2014. – 420 бет. Qoshimcha adabiyotlar Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Ozbekiston Respublikasi oily ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash togrisidagi №PF-5847. 2019 yil 8 oktyabr. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha HARAKATLAR STRATEGIYASI togrisida. (Ozbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toplami, 2017yй., 6-son, 70-modda) 14:52 Download 210.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling