Kompyuter injinering


TARBIYADA BOLA SHAXSINI HURMAT QILISH VA UNGA


Download 210.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana18.10.2023
Hajmi210.54 Kb.
#1708841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya mustaqil ish (1) PDF

TARBIYADA BOLA SHAXSINI HURMAT QILISH VA UNGA 
TALABCHANLIK PRINSIPI 
Tarbiyachi awaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zining bu 
talabini unutib qo’ysa yoki keyingi ishlarida o’zi bu talabga xilof ish tutsa, 
bu hoi tarbiyaga yomon ta’sir etadi. Biz bunday tarbiyachini o’z so’zida 
qat’iy turmaydigan kishi, deb ataymiz. U bolalarga topshiriq berib: «Bilib 
qo’yinglar, topshirilgan 
vazifani albatta tekshirib
, tegishli bahoni 
qo’yaman», deb ogohlantiradi. Lekin bolalarning topshiriqni bajargan yoki 
bajarmaganlarini aslo tekshirmaydi. Bolalar tartibni salgina buzsalar, u ko’p 
do’q-po’pisa qilib, ularga qarshi turli choralar ko’rajagini aytadi-yu, ammo 
amalda hech qanday chora ko’rmaydi. U, biror qiziq tadbir o’tkazishni 
bolalarga va’da qiladi-yu, sal orada va’dasini esdan chiqarib qo’yadi, 
bolalarda bunday tarbiyachiga izzat va hurmat paydo bo’lmaydi. Har bir 
pedagogning so’zi bilan ishi bir xil bo’lishi kerak. U o’z ishida va so’zida 
izchil bo’lmog’i lozim. Har bir tarbiyachi uchun bu narsa qonun sifatida tan 
olinishi shart. 
Bolalarga birdaniga juda ko’p talab-qoidalarni taqdim qilish mumkin emas; 
bolalarni xulq va yurish-turish ko’nikmalariga o’rgatgan vaqtda ham xuddi 
o’quv predmetlari mazmuniga kiradigan ko’nikmalarni o’rgatishdagi 
tadrijiylik va tizimlilikka rioya qilish kerak. SHunday qilinsa, bolalar xulqiy 
ko’nikmalarni puxta, mustahkam o’zlashtiradilar. 
Boshlang’ich ta’lim mohir pedagoglari ish tajribalarining ko’rsa-tishicha, 
qaerda o’quvchilarga yuksak talabchanlik, hurmat, muhabbat, ishonch 
kuchli bo’lsa, o’shaerda tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi. 
Bolaga mehribonlik, hurmat va muhabbat bilan qarash uning kuchiga kuch 
qo’shadi, o’ziga bo’lgan ishonchni yanada orttiradi, bu, ayni chog’da, 
o’quvchilarda o’z o’qituvchisiga nisbatan hurmat, ishonch va mehribonlik 
uyg’otadi. Zotan, bolalar g’amxo’r, mehribon va talabchan o’qituvchini 
sevadilar, hurmat qiladilar va unga to’la ishonadilar. Mana shunday 
o’qituvchining bolalarga tarbiyaviy ta’siri kuchli bo’ladi, uning obro’yi ortadi. 
Agarda o’qituvchi o’z o’quvchilarining kuchiga va imko-niyatiga ishonch 
bilan qarasa, ular bu ishonchni oqlashga intiladilar. 
O’qituvchi va tarbiyachilarning o’quvchiga nisbatan haddan tashqari 
talabchan va qattiqqo’l bo’lishi ham, va aksincha, bolalarga bo’sh muomala 
qilishi ham yaramaydi. 


O’qituvchi va tarbiyachilar o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lishlari va 
qo’ygan talablarining o’quvchilar tomonidan so’zsiz bajarilishiga 
erishmoqlari lozim. Bu esa bolalarni kattalar tomonidan qo’yilgan oqilona 
talablarni o’z vaqtida bajarishga odatlantiradi. SHu bilan birga, bolalar 
o’zlariga nisbatan ham talabchan bo’ladilar. 
Tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan o’qituvchilar, ota-onalar, bolalar va 
yoshlar tashkilotlari hamda barcha jamoatchilik tomonidan bir xilda talab 
bo’lishini, ya’ni talabda birlik bo’lishini ta’min etish g’oyat muhimdir. 
Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, o’qituvchilar bilan ota-onalar 
o’quvchilarga bir xilda talab qo’yishni ta’min etishlari kerak. Ota-onalar 
ham, o’z navbatida, bolalarni tarbiyalashni maktab bilan mustahkam 
aloqada olib borishlari hamda bolalarga nisbatan maktab bilan birga bir xil 
talab qo’yishlari lozim. Oila a’zolari: ota-ona, aka-uka, opa-singil va 
boshqalar o’rtasida ham bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda birlik bo’lishi 
zarurdir. Bolaning sinfdan-sinfga o’tishi, yoshining ulg’ayishi, saviyasining 
ortishi, dunyoqarash doirasining kengayib borishi bilan talablarning 
mazmuni va shakli ham o’zgarib, ortib boradi. 
Xullas, o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lish, ularga samimiy muhabbat 
va hurmat bilan qarash qoidasini oqilona hamda mohirlik bilan to’g’ri 
qo’llanishi, o’quvchilarnig kuchiga, imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga - 
tarbiyaning muvaffaqiyatli borishiga yordam beradi. 

Download 210.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling