Kompyuter injiniringi ” fakultеti 1 bosqich mki-11-21 guruh magistranti xujakulov Anvarning


Download 26.07 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi26.07 Kb.
#1130192
  1   2
Bog'liq
3-mustaqil ish Z.Uzoqov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI ” FAKULTЕTI
1 - BOSQICH MKI-11-21 GURUH MAGISTRANTI
Xujakulov Anvarning
Ilmiy tadqiqot metadologiyasi”
fanidan

3-Mustaqil ishi

Qabul qildi : Z.Uzoqov

Mavzu: Ilmiy-tadqiqot ishlarida (talabalarning magistrlik dissertatsiyalari mavzulari misolida) ilmiy-tadqiqot rejasi yoki dasturini ishlab chiqish.

Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash
Dissertatsiya talabaning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishni yakunlovchi va o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. Dissertatsiyalarning mavzulari oliy ta’lim muassasasida shartnoma va loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bir qismi bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin. Dissertatsiya mavzusi dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifani yechishga bag‘ishlangan, shuningdek, mutaxassislikka mos bo‘lishi lozim. Dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasasi professori, fan doktori, dotsenti yoki fan nomzodi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar olimlari hamda boshqa tashkilotlarning tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilari tomonidan amalga oshiriladi. Dissertatsiya mavzusi va dissertatsiyaga ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) talabaning dissertatsiya mavzusini tasdiqlash va ilmiy rahbarni tayinlash to‘g‘risidagi arizasi hamda tegishli kafedra taqdimnomasining fakultet ilmiy kengashi (o‘quv-uslubiy kengashi) tomonidan ko‘rib chiqilishi natijasiga ko‘ra 1-o‘quv yilining oktyabrnoyabr oylarida oliy ta’lim muassasasining rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Mutaxassis tayyorlovchi kafedrada har uch yilda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ishlab chiqiladi, fakultet ilmiy-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlash uchun universitet Ilmiy Kengashiga taqdim etiladi. Ilmiy Kengashda tasdiqlangan magistrlik 11 dissertatsiyalarining mavzulari magistrantga tanlash uchun tavsiya qilinadi. Magistrlik dissertatsiyasi muvaffaqiyati uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega: – qiziqarli, hali chuqur o`rganilmagan, O‘zbekiston va jahon tarixining ajralmas qismi bo`lgan muammoli mavzuni tanlash; – tanlangan mavzu yoki shu mavzuga yaqin ilmiy ishlar olib borgan, o`zining ilmiy tajribasini o`rgatishga tayyor rahbar tanlash; – mavzu bo`yicha rahbar bilan kelishilgan holda kengaytirilgan ish rejasiga ega bo`lish; – mavzuga oid adabiyotlar va manbalarni chuqur o`rganish, qiyosiy tahlil etish; – tadqiqot mavzusini yoritish uchun tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi kutubxonalar, muzeylar, tegishli arxivlardagi manbalarga murojaat qilish; – tadqiqot bilan bog`liq muammo va yechimlar borasida ilmiy maqolalar yozib, viloyat, respublika gazeta-jurnallari hamda oliy ta`lim muassasasi (OTM) to`plamlarida chop etish; – tadqiqot yuzasidan OTM, viloyat, respublika, xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok etish. Dissertatsiya mavzusi tavsiya etilgan mavzular ro`yxatidan, ilmiy rahbar bilan kelishgan holda, magistrant tomonidan tanlab olinadi. Dissertatsiyaga talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasidan boshqa tashkilotlardan ilmiy rahbar tayinlangan holda, kafedra a’zolaridan biri kafedra mudiri tomonidan mazkur talabaga ilmiy maslahatchi etib tayinlanadi. Ilmiy maslahatchi dissertatsiyani belgilangan talablar bo‘yicha bajarilishi uchun ilmiy rahbar bilan bir xilda mas’ul hisoblanadi. Bitta professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek bitta dotsent, fan nomzodi, mutaxassis yoki amaliyotchi uchtagacha dissertatsiyaga rahbarlik qilishi mumkin. Dissertatsiyalarning mavzulari tasdiqlangandan va ilmiy rahbarlar tayinlangandan so‘ng 1 oy muddatda ular haqidagi ma’lumot talabalar familiyasi, ismi, otasining ismi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Download 26.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling