Kompyuter injiniringi ” fakultеti 1 bosqich msy-11-22 guruh magistranti samiyeva Gulshanning


Download 159.5 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1764172
  1   2
Bog'liq
4-mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI ” FAKULTЕTI
1 - BOSQICH MSY-11-22 GURUH MAGISTRANTI
Samiyeva Gulshanning
Innovatsiya va loyihalarni boshqarish”
fanidan

4-Mustaqil ishi
Qabul qildi : Ibragimov N
Bajardi: Samiyeva G
Qarshi 2023


Reja:

  1. Korxonalarda innovatsiyani qo’llab quvvatlash borasida yuzaga keluvchi xolatlar va muammolar.

  2. Mamlakatning iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishda korxonaning innovatsion saloxiyati bilimlaridan smarali foydalanish.

  3. Raqobat kurashining shakllari va usullari.

Har qanday milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uning hududlarini muvozanatli va barqaror rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Mintaqalar va ularning hududlarini barqaror rivojlanishida esa sanoat tarmoqlarining ahamiyati yuqoridir. Chunki sanoat tarmoqlari iqtisodiy o‘sish sur’atini ta’minlash bilan bir qatorda, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va mahalliylashtirilishini rag‘batlantirish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini o‘sishiga zamin yaratadi. Sanoat sohasida qazib olingan, ishlab chiqarishda yaratilgan barcha xomashyolarni qayta ishlash, ulardan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga diversifikatsiyalashuv jarayonlari takomillashadi. Dunyo tajribasida rivojlangan va yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan mamlakatlar amaliyoti ko‘rsatishicha, ular muvaffaqiyatlari asosan sanoat tarmoqlarida, xususan qayta ishlovchi sanoat korxonalaridagi tuzilmaviy o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelgan. Sanoatning boshqa tarmoqlardan farqli jihati - yuqori darajadagi qo‘shimcha qiymat yaratishidadir. Qo‘shimcha qiymat – bu aniq turdagi mahsulotni yaratish, qayta ishlash, marketing faoliyatini olib borish va pirovard iste’molga chiqarilgunga qadar ishlab chiqarish jarayonining ketma-ketligidir.


Korxonalar innovatsion faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi yoki darajasi o‘zgarishi ma’lum bir omillar ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Korxona innovatsion faoliyatini boshqarishni obyektiv va har tomonlama tadqiq etish davomida, unga ta’sir o‘tkazuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish muammosi dolzarb va yetarlicha ishlab chiqilmagan bo‘ladi. Innovatsion faoliyat omili deganda, korxona innovatsion o‘sishining jadalligi va tavsifiga ta’sir o‘tkazuvchi shartlar, sabab va ko‘rsatkichlarni tushunamiz.
Bunda innovatsion jarayon, ko‘plab omillarning o‘zaro ta’siri natijasi sifatida maydonga chiqadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsion faoliyatga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning tasnifi ayni vaqtda ishlab chiqilmagan. Ko‘plab mualliflar korxonaning innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarga o‘z e’tiborini qaratishgan. T.G. Filosofova o‘z asarida, sanoat korxonalarida innovatsiyalarga to‘sqinlik etuvchi quyidagi omillarni qayd etib o‘tgan: -iqtisodiy - moliyaviy resurslar bilan kam ta’minlanganlik, davlat tomonidan kam moliyalashtirilish, innovatsiyalarni targ‘ib qilishga yuqori sarf-harajatlar, iqtisodiy xavfning yuqori darajasi, innovatsiyalar qaytimlarining uzoq muddati; -ishlab chiqarish - malakali kadrlar yetishmasligi, yangi texnologiyalar, sotish bozorlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarning yo‘qligi, tashkilotning innovatsiyalarni tezda qabul qila olmasligi, boshqa tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi yoki yo‘qligi; -boshqa omillar - innovatsion mahsulotga iste’molchilar tomonidan past narxdagi talab, innovatsion faoliyatda yetarlicha qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslarning, tartibga solishning yo‘qligi, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni yetarlicha rag‘batlantirilmasligi, sust rivojlangan innovatsion infratuzilma, texnologiya bozorida rivojlanishning yo‘qligi.
A.A. Bovin esa tashkilotning innovatsion muhitiga quyidagi ta’sir o‘tkazuvchi omillarni keltirib o‘tadi va tahlil qiladi: -ijtimoiy infratuzilma (ishchilarning ta’lim, tibbiy va madaniy inshootlardagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati); -aloqa sohasi (aloqa, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi); -tabiiy - geografik sharoitlar (transport, moddiy-texnik, energiya, yoqilg‘i va xomashyo resurslarining mavjudligi); -texnologik va ilmiy-texnik soha (ishlanmalar bozorining mavjudligi, ilmiytadqiqot institutlari va boshqalarning mavjudligi); -iqtisodiy va moliyaviy soha (innovatsion faoliyatni davlat tomonidan milliy va mintaqaviy darajada qo‘llab-quvvatlanishi, innovatsion ishlanmalardan manfaatdor investorlarning mavjudligi);
-siyosiy-huquqiy soha (innovatsion va ilmiy-texnik sohani huquqiy tartibga solishda milliy, mintaqaviy reja va dasturlarning mavjudligi); -xo‘jalik yuritishning strategik qamrovi (bozorning muayyan segmentida innovatsiyalarning paydo bo‘lish tezligi); -mehnat resurslari bozori. Bizning fikrimizcha, keltirilgan tasniflar, korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning faqatgina kichik bir qismini qamrab olgan. Shuni ta’kidlash joizki, ilmiy adabiyotlarda innovatsion faoliyatga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi omillar aniqlangan emas. Tadqiqotimizning asosiy maqsadi korxona innovatsion faoliyatiга ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tasniflash asosida sanoat korxonalari faoliyatini mintaqa iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini aniqlash.
Fikrimizcha, korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bir qator belgilariga ko‘ra tasniflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida boshqaruvchanlik darajasiga ko‘ra korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning quyidagi tasnifiy belgilari taklif qilin mumkin. Kelib chiqish manbalariga ko‘ra, omillar tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy, moliyaviyiqtisodiy, sanoat-texnologik, ilmiy-texnik va tashkiliy-boshqaruv guruhlariga bo‘linadi. Tabiiy-iqlimiy omillar sanoat korxonalari innovatsion faoliyati natijalariga katta ta’sir o‘tkazadi. Mintaqada joylashgan sanoat korxonalari innovatsion faoliyati rivojlanishi va innovatsion faoliyatning o‘sishiga suv ta’minoti, qulay iqlim, ish sharoitlar va yirik yoqilg‘i va xom-ashyo manbalarining mavjudligi katta hissa qo‘shadi. Tabiiy-iqlimiy sharoitning murakkabligi, ishchi kuchining yetishmasligi, ishlab chiqarish kuchlari, transport rivojlanish darajasining pastligi, aksincha korxona innovatsion faoliyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi bilan birgalikda, korxona innovatsion faoliyat darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yuqorida keltirilgan muammolar yechimi uchun juda katta mablag‘ talab qiladi. Ijtimoiy omillarga demografik vaziyat, ijtimoiy keskinlik darajasi, ishchilarning yashash sharoiti, korxonada sog‘lomlashtirish, sport va madaniy xordik ishlarini tashkillashtirish, kadrlarning madaniy, ta’limdagi umumiy darajasi va boshqalarni kiritish mumkin. Bular korxona ishlab chiqarish resurslarining samarali va to‘laroq ko‘llanishiga, inson kapitalining koorporativ rivojlanishi va shakllanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Moliyaviy-iqtisodiy omillar mablag‘, xom-ashyo, materiallar bilan ta’minlanganlikni, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari darajasini aniqlaydi. Innovatsion faoliyatning moliyaviy-iqtisodiy omillarini tadqiq qilish, eng avvalo, korxonaning innovatsion rivojida moliyaviy imkoniyatlarini tadqiq qilish imkoniyatini, kornonaning hozirgi va kelajakdagi moliyaviy holatida innovatsion strategiya rivojlanishining yo‘nalishini oldindan ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Sanoat-texnologik omillar korxona ishlab chiqarish resurslari va texnologiyalarining samarali va to‘liq foydalanishini aniqlab beradi. Ilmiy-texnik omillarga ITTKI o‘tkazilishi, intellektual mulkning mavjudligini qamrab oladi. Tashkiliy-boshqaruv omillar tahlili innovatsion infratuzilmaning rivojlanish darajasini, samarali innovatsion menejmentni, innovatsiyalarni amalga oshirishda marketing strategiyasini, innovatsiyalarni moliyalashtirishni tashkillashtirishni, innovatsion faoliyat vazifalariga tashkiliy tuzilmaning mos kelishini aniqlashga yordam beradi. Bizning fikrimizga ko‘ra, innovatsion faoliyatga ta’sir o‘tkazuvchi omillarni boshqaruv darajasiga ko‘ra ham tasniflash lozim. Boshqaruv darajasiga ko‘ra korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni tasniflashda korxonani bevosita yoki bilvosita ta’sir o‘tkazuvchi omillarini, shu bilan birgalikda o‘zining innovatsion faoliyati darajasini va korxona ta’sir o‘tkaza olmaydigan omillarni o‘zgartirishini ta’kidlash mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, boshqaruv darajasiga ko‘ra innovatsion faoliyat omillari tasniflanishi korxona innovatsion faoliyati darajasini kengaytirish va baholash maslalarini ko‘rib chiqishda eng muhim hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga ta’sir o‘tkazuvchi omillar boshqaruv darajasiga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin (1-rasm):
Boshqarilmaydigan omillar (yoki berilgan) - bular, korxona innovatsion faoliyatiga, boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga ta’sir o‘tkazmaydigan omillar. Bilvosita boshqariladigan omillar - bular, korxona innovatsion faoliyatiga ta’siri natijalari boshqaruv qarorlarining qanday qabul qilinishi, tashqi omillar ta’siri bilan bog‘liq. Korxona innovatsion faoliyati rivojlanishiga bilvosita boshqariladigan omillarning ta’siri innovatsion loyihalarga ta’sir o‘tkazuvchi moliya institutlarining qabul qiladigan boshqaruv qarorlarini, innovatsiyalar sohasida davlat siyosatining innovatsiyalarni targ‘ib etishda manfaatdorlar sanoat tizimlari bilan bog‘liq (bank sohasi, davlat investorlar va boshq.).

Hozirgi vaqtda innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning eng xarakterli xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Yaqinda bu nom ekzotik, noma'lum va hatto professionallar orasida ham unchalik aniq bo'lmagan narsani eslatardi, ammo endi innovatsiyaning o'zi ham, uning tushunchalari ham dunyoni tezda zabt etmoqda. Innovatsion jarayonda jiddiy rol o'ynaydigan va innovatsiyalarni korxonalar uchun strategik resursga aylantiradigan xalqaro kapital bozori kengayib bormoqda, bu borada unga yangi moliyaviy tuzilmalar unga yordam bermoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, innovatsiyalarga ko'pincha odamlarning bevosita salbiy munosabati va pozitsiyasi to'sqinlik qiladi. Biroq, O‘zbekistonda paradoksal vaziyat rivojlanmoqda, ya'ni butun jamiyat innovatsion jarayonlarga ijobiy munosabat va qo'llab-quvvatlashni bildirayapti.
Xususan, O‘zbekistonda qabul qilingan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga qo’yilgan qonun loyihalarida o‘z aksini topgan. Innovatsion faoliyat to‘g‘risida 2020 yil 27 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 26 martdagi PF-5975- son Farmoni , «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-son, «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 13 oktabrdagi PQ-4862-son qarorlari, “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risida ” 2021 yil 17 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kabi myoriy hujjatlar shular jumlasidandir. Ushbu hujjatlarni qabul qilishdan maqsad tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, innovatsion tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, innovatsiyalar uchun qulay bo‘lgan normativhuquqiy, moliyaviy va axborot muhitini yaratishdan iborat. Shuningdek, sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishдир. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish orqali tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish tadqiqot ishining maqsadi hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari esa sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish bosqichlarini tadqiq qilish va uning о‘ziga xos xususiyatlarini asoslash; yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishга ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdan iboratdir. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili Ayrim mualliflarning fikricha, an’anaviy iqtisodiyot ham, boshqa asosda rivojlanayotgan yangi iqtisodiyot ham mavjud. Bizning fikrimizcha, bu ikki modelni qaramaqarshi qo'ymasdan ikkalasining ijobiy tomonlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki an’anaviy iqtisodiyot zamirida yangisi asta-sekin rivojlanib borishini namoyish etadi. Darhaqiqat, zamonaviy dunyoda innovatsiyalar ishlab chiqarish omiliga aylangani haqiqatdir. Ma'lumki, an'anaviy ravishda ishlab chiqarishning uchta omili mavjud: yer, mehnat va kapital. Ularni birinchi bo'lib J. B. Sey tahlil qilgan edi.[1] Hozirgi vaqtda bu omillar odatda tadbirkorlarning qobiliyatini va ba'zi mualliflarning fikriga ko'ra, axborot omilini ham o'z ichiga oladi va shu bilan iqtisodiyotni rivojlantirishda axborotning rolini ta'kidlaydi.Bizning fikrimizcha, tadbirkorlar imkoniyatlarini innovatsiyalar bilan almashtirish yoki ikkala yangi omilni ham an’anaviy omillar bilan bog‘lash to‘g‘riroq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish omillarini o'rganish orqali tahlil chuqurroq olib boriladi va har bir omil parchalanadi.
Yer yoki tabiiy omillar - tadbirkorlikning asosi sifatida foydalanish uzoq muddatli raqobatdosh ustunliklarni ta'minlamaydigan omillardir. Bundan tashqari, tabiiy resurslarning ko'p turlari qayta tiklanmaydi va bir muncha vaqt o'tgach tugashi mumkin. Boshqa tomondan, innovatsion omil amalda bitmas-tuganmas va u innovatsiyalarni keltirib chiqaradi, ularni ishlab chiqarishga joriy etish mumkin; ularning kengayishi uzoq muddatli raqobatbardoshlikni ta'minlashi mumkin, chunki u hozirgi vaqtda yangi, ayniqsa rivojlangan omillarga asoslangan. Aslida, bunday nuqtai nazarni "mutlaqo yangi"deb bo'lmaydi. Yuqorida aytib o'tilgan "Sey" ishlab chiqarish omillarini tahlil qilar ekan, tadbirkorning rolini ta'kidlaydi, chunki u quyidagi ishlab chiqarish omillarini muvofiqlashtiradi: yer, kapital va mehnat, shuningdek, u juda keng qo'llagan mehnat omili, shu jumladan nafaqat mehnat, balki mahsulot ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo'lgan ilmiy xulosalar va bilimlarni ham hisobga olgan. Bu fikrni ingliz olimi G. A. Gobson yanada yorqinroq ifodalab, ijodiy qobiliyatlarni ishlab chiqarish omillariga ham kiritgan. Iqtisodiy tizimning yangi mahsulotlar paydo bo'ladigan, yangi bozorlar paydo bo'ladigan, yangi texnologiyalar joriy qilinadigan qismini tahlil qilib, uni "progressiv ishlab chiqarish sohasi" deb atadi. Hozir biz uni innovatsion iqtisodiyot deb ataymiz. Albatta, innovatsiya kabi hodisani o‘rganish jarayonida ikki olim, ya’ni N.Kondratiev va avstriyalik J.A.Shumpeterning nomlarini unutmaslik kerak. Aynan Shumpeter oʻzining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” tadqiqotida innovatsiya tushunchasiga birinchi boʻlib taʼrif bergan. U innovatsiyani tijorat muammolarini hal qilishga qaratilgan mavjud ishlab chiqarish omillarining ilmiy va tashkiliy birikmasi sifatida talqin qildi. Shumpeter bevosita innovatsiyalarda iqtisodiy tizimlarning rivojlanish manbasini payqadi. Chunki o'ziga xos kontent innovatsiyasi-bu o'zgarishlar, ular beshta tipik o'zgarishlarga e'tibor berib, ta'kidlagan:
1. Yangi texnologiyalar, yangi texnologik jarayonlar yoki yangi ishlab chiqarish bozorlarini ta'minlash;
2. Yangi xususiyatlarga ega mahsulotlarni joriy etish;
3. Yangi xom ashyolardan foydalanish;
4. Ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta'minotidagi o'zgarishlar;
5. Yangi bozorlarning paydo bo'lishi. Bundan tashqari, u innovatsiya tushunchasidan foydalanib, uni o'zgarishlar sifatida izohladi, uning maqsadi iste'mol tovarlarining yangi turlarini, yangi ishlab chiqarishni va yangi ishlab chiqarishni tashkil etish shaklidagi transport vositalarini joriy etish va ulardan foydalanishdir. Innovatsiyalarni tavsiflashda Shumpeter bu jarayonda tadbirkorning rolini doimo ta’kidlab kelgan, chunki aynan tadbirkor harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, yangi ixtirolarni amaliyotga tatbiq etuvchi va mukofot sifatida foydani oluvchi hisoblanadi.
Hamma ixtirolar innovatsiyaga aylanmaydi. Innovatsiyalar foyda keltiradigan va bozor talabini qondiradigan ixtirolardir. Boshqacha qilib aytganda, ilm-fan tufayli amalga oshadigan g'oya paydo bo'ladi va keyingi qadam bu g'oyani tijoratlashtirish bo'lib, ixtironi innovatsiyaga aylantiradi, daromad keltiradi. Unda shunday deyilgan: agar ilm-fan pulni bilimga aylantiradigan jarayon bo'lsa, innovatsiya bu bilimlarni qo'shilgan qiymat bilan pulga o'zgartiradigan jarayondir. Kondratiev iqtisodiy sikllarning (to'lqinlarning) turli uzunliklarga ega ekanligi haqidagi fikrni asoslab berdi: uzoq - 48-55 yil, o'rta - 7-11 yil va qisqa - 3-3,5 yil. Uning eng muhim hissasi uzun to'lqinlarni o'rganish bilan bog'liq. O'z nazariyasini asoslash uchun u eng rivojlangan to'rtta davlatni - Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya va AQShni qamrab olgan juda ko'p faktik materiallarni tahlil qildi. O'tkazilgan tadqiqotlar narxlar dinamikasi, foiz stavkalari, ish haqi, tashqi savdo hajmi va asosiy sanoat tovarlari dinamikasi bilan bog'liq edi. Tahlil qilinayotgan vaqt davri 140 yilga uzaytirildi. Tadqiqot uzoq toʻlqinlarning mavjudligini tasdiqladi va sabablardan biri sifatida fan, uning kashfiyotlari, fan va texnika rivojlanishining notekisligi, innovatsiyalar va boshqalar qayd etildi (Kondratiev N. (1925)). Kondratiev uzun to'lqinlar bilan bog'liq empirik naqshlarni kashf etdi. To'lqin rivojlanishidan oldin va uning boshlanishida jamiyatning iqtisodiy hayotida texnologiyadagi muhim o'zgarishlar bilan bog'liq chuqur o'zgarishlar ro'y beradi (muhim texnologik kashfiyotlar va ixtirolar sodir bo'ldi). U ilmiy-texnikaviy yangiliklarni asosiy omil deb hisobladi. Innovatsiyalar iqtisodiy muhitni o'z tendentsiyasidan yuqori tendentsiyaga o'zgartirib, hayajonni keltirib chiqaradi. Kondratiyev, shuningdek, innovatsiyalar vaqt bo'yicha notekis bo'linishini ko'rsatdi. Ular guruhlarda yoki zamonaviy til bilan aytganda, klasterlarda paydo bo'ladi. Shuning uchun Kondratiyevning tadqiqotida biz klaster yondashuvidan foydalanishning birinchi misollaridan birini topishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda Kondratiyevning tavsiyalaridan innovatsion strategiyalarni ishlab chiqishda ham foydalanish mumkin.[4] Texnologik tsikllarning roli iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishida namoyon bo'ladi, bu bir tomondan kapital ishlab chiqarish massasini oshiradi, shuningdek, uning texnologik darajasini oshiradi. Boshqa tomondan, ta'lim va malakaning yaxshilanishi tufayli ishchi kuchi va boshqaruvning malaka darajasi oshadi. Vaqt o'tishi bilan, ishlab chiqarishning texnologik darajasiga yuqori darajada erishish bilan, ishchi kuchining innovatsion xususiyatlari eng tez o'sadigan xususiyatlardir, chunki malakali ishchi kuchi nafaqat yangi texnologiyalarni tezroq o'zlashtiradi va ulardan samaraliroq foydalanadi, balki ishlab chiqarishda ham bu texnologiyalarni yaratadi. Shumpeter J.A. o’zining "Biznes sikllari" asarida (1939) N.Kondratievning uzun toʻlqin nazariyasini oʻzining yangilik nazariyasi bilan birlashtirib, natijada rivojlanishning dastlabki tsiklik nazariyasini ishlab chiqdi.[4] Uning fikricha, iqtisodiyotning tsiklik rivojlanishi asosan tizimning ichki mexanizmi bilan bog‘liq va bu innovatsion jarayondir.
Tadqiqot metodologiyasi Maqolada ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanilgan. Ushbu tadqiqot ma’lumotlari rasmiy manbalardan olinib, taniqli iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning roli bо‘yicha ilmiynazariy qarashlarini qiyosiy tahlil qilish, xorij tajribalarini umumlashtirish va mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha olingan natijalarga tayangan holda innovatsion tadbirkorlikni o’rganishga erishildi.
Mamlakatning raqobatbardoshligi alohida korxonalarning raqobatbardoshligi asosida rivojlanadi. Har bir korxona raqobatbardoshlik bilan ta'minlangan afzalliklarga erishish uchun o'z strategiyasini qo'llaydi. Biroq, muvaffaqiyatli kompaniyalarning evolyutsiyasi va rivojlanishi tabiati o'xshash bo'ladi, chunki kompaniyalar innovatsiyalarga asoslangan raqobatdosh ustunliklarni yaratadilar. Mamlakatimiz korxonalaridagi innovatsion jarayonlar kuchsizligining sababi quyidagi omillar ta’siridandir:
➢ sanoat sohasida ishlaydigan olimlar sonining kamligi, shuningdek, ishchi kuchida olimlar va tadqiqotchilar ulushining pastligi;
➢ yuqori texnologiyalarni patentlash sohasiga kirmaslik;
➢ ishlab chiqarish sektori va universitetlar o'rtasidagi zaif hamkorlik;
➢ innovatsiyalarni rag'batlantirishning nisbatan muvaffaqiyatsizligi va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash mexanizmlari faoliyati;
➢ biznesni boshlash uchun murakkab protseduralar; texnologik ta’lim sifatining yetarli emasligi. Jahon tajribasidan "Yevropa innovatsion paradoksi" deb ataladigan tushunchani ham ta'kidlash kerak - bir tomondan, ta'lim va ilm-fanga kiritilatotgan investitsiyalarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini baholaganda, shuningdek, Evropa Ittifoqining aksariyat mamlakatlarida aholi sonidagi oliy ma'lumotli odamlarning foizi, AQSh yoki Yaponiyadan ham yaxshiroq. Yevropa ilmiy salohiyat ko'rsatkichlari bo'yicha ham ulardan ustundir (masalan, Nobel mukofoti sovrindorlari, SCI nashrlari, doktorlik ilmiy darajasiga ega olimlar soni). Shunga qaramay, Evropa Ittifoqida iqtisodiyotning unumdorligi AQShnikiga qaraganda ikki baravar past, uning AQSh bilan savdo balansi salbiy. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar AQSH oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga harakat qilmoqda. Qo'shma Shtatlarning o'zi innovatsiyalardan foydalanishda juda muvaffaqiyatli mamlakat hisoblanadi, nafaqat o'z mamlakatida yaratilgan, balki butun dunyoda yaratilgan bilimlarni tijoratlashtiradi. Oliy ta'lim va tadqiqot sohasidagi eng yaxshi mutaxassislar (loyiha menejerlari, tadqiqotchilar, oliy ma'lumotli texnologiya mutaxassislari) AQShga ko'chib ketishadi. Evropa AQSh korxonalarida malaka oshirish va oliy o’quv yurtlarida ta'lim olish uchun pul tikmoqda. Shu va shunga o'xshash faktlarga ko'ra, "Yevropa innovatsion paradoksi" atamasi ham paydo bo'ldi. Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, innovatsiyalar asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Shunday qilib, innovatsiyalar raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatini beradi. So'nggi yillarda buni nafaqat iqtisodchilar, balki siyosatchilar ham tushunishmoqda. Asosiy maqsadlarga erishish uchun yalpi ichki mahsulotning 3 foizini ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, bandlik darajasini 70 foizga yetkasish , byurokratiyani qisqartirish, korrupsiyani yo‘qotish va tadbirkorlikni rag‘batlantirishni amalga oshirish kerak. Bu muammolar hal etilsa, mamlakatimizda iqtisodiyotimiz innovatsion jihatdan rivojlanishda katta muvaffaqiyatlarga erishadi.
Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar uchun davlat byudjetlaridan mablag' ajratish va uni ta'minlash hajmini oshirish nazarda tutilgan. Xususan, uchta asosiy yo‘nalish ustuvorlik kasb etadi:
➢ ta’limga va intelektual mulkni shakllantirish va ko‘paytirishga sarmoya kiritish;
➢ sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida raqobatbardoshlikni kuchaytirish;
➢ mehnat bozorida monomarkazlar tashkil etish.
Ko'rinib turibdiki, yuqorida aytib o'tilgan barcha holatlarda raqobatbardoshlikni oshirish innovatsiyalar bilan bog'liq. Mamlakatlar va alohida korxonalar o'rtasida samarali bilim almashinuvi uchun tadqiqot o’tkazish hamda bilimlarni kengaytirish uchun muvofiqlashtirilgan va umumiy makonni yaratish zarurat hisoblanadi. Gap nafaqat texnologiyalarni tadqiq etish va ishlab chiqarishni, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni qo‘llab-quvvatlash, balki innovatsiyalarning tarqalishi va tarqalishini ta’minlash haqida ketmoqda, chunki innovatsiyalar joriy etilgan joyda samara kutilgandek bo’ladi. O‘zbekiston sanoatida innovatsiyalardan foydalanish borasida yangi tendentsiya shakllandi. Bunga qadar, arzon ishchi kuchidan foydalangan holda tabiiy resurslarni qayta ishlash bilan bog'liq tarmoqlar ustunlik qilgan. Biroq, bugungi kunda O‘zbekiston tabiiy resurslaridan foydalanishga tubdan yangicha yondashuvni maqsad qilgan. Buning yorqin namunasi yangi UzGTL zavodi tabiiy gazni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilganidir. Bu kabi yirik loyihalar tufayli O‘zbekiston bosqichma-bosqich tabiiy gaz xomashyosi eksportidan voz kechib, neft mahsulotlari importini kamaytirmoqda. Bu esa, energetik mustaqilligimizni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shilayotganidan dalolat beradi.
Nafaqat O‘zbekiston, balki MDH mamlakatlari ichida eng yirik investitsiya loyihalardan biri hisoblanadigan mazkur UzGTL majmuasi ham innovatsion ishlab chiqarish namunasidir. Shuningdek, MDH hududidagi eng zamonaviy va innovatsiyalardan biri bu – korxonaning markaziy boshqaruv pulti va zavod markaziy laboratoriyasidir. Yangi korxona GTL, ya’ni "gazni – suyuqlikka" texnologiyasi asosida yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 1,5 million tonna tayyor mahsulotlar – aviakerosin, dizel yoqilg‘isi, nafta, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bunday zavod shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda – Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada barpo etilgan. Bu yerda yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollari yoki 12,8 trillion so‘mdan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolari ishlab chiqariladi. GTL texnologiyasi asosida tabiiy gazdan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish uch bosqichda amalga oshiriladi. Ushbu texnologiya asosida tayyorlangan zamonaviy yonilg‘i turlari ekologik jihatdan sifatli va toza. Bu esa, o‘z navbatida, bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan tabiatga zarar yetkazmaslik tamoyiliga ham mos tushadi. Masalan, GTL dizel yonilg‘isini olaylik. Yuqori texnik tavsifga ega va tarkibida oltingugurt miqdori deyarli bo‘lmagan GTL dizelidan atmosferaga aytarli chiqit chiqmaydi. Xuddi shuningdek, GTL kerosini aviakompaniyalarga atmosferaga chiqariladigan zararlarni kamaytirishning xavfsiz va daromadli usulini taklif etadi.
Raqobatning innovatsion vazifasi – fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi – ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (YaIM)ning iste‘molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir o’tkazadi. Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir 
ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka 
yo’naltiriladi. 
Raqobatning to’rtta shakli mavjud: 
1. Erkin raqobat; 
2. Monopolistik raqobat; 
3. Monopoliya; 
4. Oligopoliyadir. 
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda 
ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz 
nazoratni amalga oshiradi, chunki korxonalar soni ko’p bo’lganligi sababli umumiy 
ishlab chiqarish hajmi unga katta bo’lmaydi. 
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sabali, u mavjud mahsulot 
(xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik 
shakllanadi. 
Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini 
oladi. Tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning unlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari 
bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida 
raqobatlashadilar. 
Oligopoliya tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud 
bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan ham 
sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq 
hisoblanadi. Masalan, po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, temir sanoatning bir 
turdagi mahsulotlaridir, iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektrbuyumlarini ishlab chiqaruvchilar tabaqalashgan 
oligopoliya hisoblanadi. 
Turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o’rtasida mavjud bo’lishiga ko’ra 
quyidagi raqobat turlari mavjuddir: 
1) monopllashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat; 
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab 
chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat; 
3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat; 
4) monopolistik birlashmalar o’rtasidagi raqobat. 
O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga bo’linadi: 
1. Tarmoq ichidagi raqobat 
2. Tarmoqlararo raqobat. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qo’layroq 
sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari 
o’rtasida boradi. Korxonalarning (tarmoqlar ichida) har bir tarmoqda texnika bilan 
ta‘minlash darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lganligi sababli, 
shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir hil 
bo’lmaydi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha 
aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha 
sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini 
tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat 
unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, 
texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar 
qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar. 
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori 
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat, 
qishloq xo’jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko’p 
bo’lsa, kapital shu tarmoqda ko’chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu 
tarmoq mahsulotlariga talab ko’payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda 
olishiga intilishini ta‘minlaydi. 
Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu 
tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga “baravarlashtiradi”. 
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositadagi raqobat va narxsiz 
raqobat. 
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib, ishlab 
chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday 
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping – narxlarni 
qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa 
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past 
bo’lgan narxlarda sotadi. 
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashning asosiy 
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab 
chiqaruvchi firmaning obru-e‘tibori hisoblanadi. 
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo’lib, u 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar 
tizimidan iborat. 
“Monopoliya” atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan 
(ya‘ni, grekcha “monos” – yagona, bitta, va “poleo” - sotaman) tarkib topadi, 
biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqoladi. 
Monopoliya – монопол yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori 
foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan 
hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning 
birlashmalari bo’lib, monopoliyalarning vujudga kelishining moddiy asosi ishlab 
chiqarishning to’planishi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi 
hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini 
namoyon etadi. Asosiy sabab – olinayotgan foyda hajmining ko’payishi 
hisoblanadi, foydaning (qo’shimcha mahsulot) bir qismi kapitallashtirib boriladi. 
Kapitalning to’planishi – bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish 
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Ya‘ni, korxonadagi 
ishchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom 
ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi. 
Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada 
to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining 
qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati 
shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir. 
Monopoliyalarning turlari quyidagilardan iborat: 
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra: 
a) sof monopoliya; 
b) oligopoliya; 
v) monopoliya. 
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. 
Masalan, O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida “O’zbekiston havo yo’llari” 
DAK, “O’zbekiston temir yo’llari”DAK, toshkent aviatsiya ishlab chiqarish 
birlashmasi shular jumlasidandir. 
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchining narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati 
hisoblanadi. Oligopolist–ishlab chiqaruvchilarga O’zbekistonda tsement (asosan, 
Bekobod, Kuvasay, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren 
shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHargun) va Boysun (To’la) 
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. 
Monopoliya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’p 
bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste‘molchisi yoki xaridori mavjud 
bo’lgan sharoitdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga “O’zDEUavto” 
korxonasi yaqqol misol bo’la oladi. 
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko’ra: 
a) tabiiy monopoliya; 
b) legal monopoliya; 
v) sun‘iy monopoliya. 
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari mahsulotga bo’lgan talbni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaradorlik amalga oshiruvchi Tovar bozorining holatidir. Bunda ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, Tovar birligiga to’g’ri keluvchi xo’jalik xarajatlari kamayib boradi. Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistic holatdan iborat. Ular tarkibiga himoya qiluvchi qo’yidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin: 
1) Patent tizimi – bu ixtirochi yoki mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga oshiriladi. 
2) Mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san‘at asarlari, ijro san‘ati fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilari yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. 
3) Tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari nomi va haqozo. 
Sun‘iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarining, shartli nomi. Sun‘iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, 
konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo’ladi. 
Kartel – bitta sanoat tarmoqdagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo’lib, 
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy 
egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‘ni maxsulot 
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, 
bozorlarning bo’lib olinishi va h.q. bo’yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi. 
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning 
birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarning o’zida saqlanib qolgan holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Trest – ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta‘minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishdagi birlashmasi. 
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda 
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda 
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish). 
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar 
(sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o’z ichiga 
oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan 
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir. 
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‘sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni 
mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi: 
1. Monopoliya ma‘lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va 
xarajatlarning tejalishiga olib keladi. 
2. Monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalarda nisabtan 
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini 
joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi. 
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida qo’yidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi; 
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi; 
3) iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi; 
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. 
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni 
davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga 
qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini 
monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi. 
3-savol. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga 
qarshi qonunchilik 
Raqobatning shakllanishi va amal qilishi ma‘lum shart-sharoitlarni talab 
qiladi. Bu esa faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi mumkin. 
Respublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub‘ektlar 
mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari 
hisoblandi. Prezident I. A. Karimov ta‘kidlaganadek, bugungi kunda “...kuchli talab 
va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish ob‘ektiv shart qilib 
qo’ymoqda. Bu borada ham juda ko’p yechilmagan muammolar bor. Ya‘ni, eski 
ma‘muriy-taqsimot tizimi koliplaridan butunlay voz kechish, davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun 
amaliy kafolatlarni ta‘minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, 
to’loqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo’lidagi mavjud g’ov-to’siqlarini 
bartaraf etishimiz zarur.”*1+ 
SHu maqsadda O’zbekistonda “Monopol faoliyatini cheklash to’g’risida”gi 
Qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab, 
taqchilik hosil qilish, raqobatchilarning bozorga kirib bozoriga to’sqinlik qilish, 
raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga 
yetkazgan zararni qoplashladi, jarima to’lashlari, g’irramlik bilan olgan foydadan 
mahrum etilishi shart. 
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli 
o’zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqfozo etdi. 
Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 
dekabrda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to’g’risida”gi yangi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va 
g’irron raqobatning oldini olish, uni cheklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy 
asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini 
shakllashtirish va samarali amal qilishga qaratilgan. Qonunda asosan ikkita muhim 
yo’nalishni hal etish, birinchidan, monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni qo’llash, 
bozorda ularning hukmronligini cheklash, ikkinchidan, monopoliyadan chiqarish 
va sog’lom raqobat muhitni shakllantirish belgilab qo’yilgan. 
Hozirgi davrda respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan 
mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 foizdan ortiq bo’lsa, bu 
korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat 
tovarlarni guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan. 
Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning 
bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi: 
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori 
darajasini yoki rentabellikni chegarasini belgilab qo’yishi.
2. O’z monopol mavqeini suiste‘mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib 
tanlash yoki maydalashtirish. 
Bu usul VMning (1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan 
“Ob‘ektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi 
to’g’risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi. O’zRning “Iste‘molchilarning 
huquqlarini himoya qilish to’g’risida” Qonuni (1996 yil, aprel) asosida g’irrom 
raqobatga, shu jumladan respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob 
bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmini yaratishga 
ham alohida e‘tibor beriladi. 
4-savol. Narxning mazmuni, vazifalari va turlari 
Tovarlar qiymati va ularning nafligi o’zlariniga namoyon bo’lishini narxda 
topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa 
iste‘molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal 
qiladi. Tovarlarni xarid qilinishi jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy 
qiymatni ham tan olishni bildiradi. Narx o’zida faqatgina naflilik yoki sarflarning 
birini emas, alki harikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma‘lum 
miqdorli pul ko’rinishda ifoda etadi. 
Tovarlarning ikki xil xususiyatlarning narxdagi ifodasini chizmada tasvirlash 
mumkin 
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-
sotdi sodir bo’lmaydi, chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, 
nafligi (iste‘mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. 
Tovar egasi o’z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma‘lum darajada, iloji 
boricha ko’proq foyda olishni ta‘minlashi mumkin o’lgan qiymatni pul shaklida 
o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulning har bir birligiga 
ko’proq naflilikka (iste‘mol qiymatiga) ega bo’lishga harakat qiladi. Ularning 
manfaatlari to’g’ri kelgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar pul almashuvi, 
oldi-sotdi sodir bo’ladi. 
Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy 
qiymati va ijtimoiy nafliligini puldagi ifodasidir. Narxda alohida olingan ishlab 
chiqaruvchilarning individual sarflari emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan 
ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo’lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va 
tan olingan ijtimoiy naflilik (iste‘mol qiymat) o’z ifodasini topadi. 
Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini 
hisoblashda qo’llanishi 
Yaratilgan tovarlar va xizmatlar 
Narxning mazmunini to’laroq tushunishda, uning darajasiga ta‘sir etuvchi 
omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari qo’yidagilardan 
iborat: 
1. Qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; 
2. Tovarning naflilik darajasi; 
3. Mazkur tovarga talab va taklif nisbati; 
4. Raqobat holati; 
5. Davlatning iqtisodiy siyosati; 
6. Pulning qadr-qiymati. 
Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos 
bo’lib xizmat qiladi. 
Narxning iqtisodiy mazmuni, uning vazifalari ko’rib chiqilganda yanada 
yaqqol namoyon bo’ladi. Narx qo’yidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 
1. Muvozanatlikni ta‘minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning 
hajmi va tarkibiga ta‘sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. 
2. Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi. Narx - qiymavt va naflilikning puldagi 
ifodasidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo’llaniladi. Joriy narxlar 
amaldagi narxlar bo’lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari 
hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma‘lum yil asos qilib olinib (bazis yil) ishlab 
chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. 
3. Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon‘yukturasi) talab va taklif holda 
ularning nisbatiga bog’liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni 
kengaytirish, aksincha hol esa tovar ortiqchasini, uni ishlab chiqarishni qisqartirish 
zarurligini bildiradi. 
4. Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi 
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o’z raqobatlarini yengish uchun narxni 
pasaytirish usulidan foydalanishlari mumkin. Raqobatda narx o’zgartirilib turiladi. 
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim 
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi 
tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar bo’yicha sotilganda bajariladi. 
Bunda ular davlat byudjeti va turli xayriya mablag’lari hisobiga moliyaviy 
ta‘minlanadi. Bozor iqtisodiyotida narxlar tizimni tashkil qilinadi. 
Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil 
qiladi. Narxlar tizimiga quyidagi narxlar kiradi: 
1. Ulgurji narxlar – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir 
yo’la kutarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar ishlab 
chiqaruvchilar va ta‘minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda 
ularning ma‘lum miqdorda foyda ko’rishini ta‘minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar 
birjalari va savdo uylarida ham qo’llaniladi. 
2. Shartnoma narxlar – bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, 
ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Mazkur narxlar 
ham milliy va ham xalqaro bozorda qo’llaniladi. Xalqaro bozorda qo’llanilganda 
tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yakin turadi. Shartnoma narxlar odatda 
shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. 
3. Chakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste‘molchilarga sotiladi. 
Chakana narxga tovarning ulgurji ( s + v + p) narxi, chakana savdo tashkilotlarining 
xarajatlari va ulardan olinadigan foydasi kiradi: (Fx+ p )dir. ChN = s + v + p+ Fx+ p 
ko’rinishda bo’ladi. Firma xarajatlari – bu savdodagi unumli xarajatlari va savdo 
foydasidan iborat bo’ladi. Chakana narxlar tovarlarga bo’lgan talab va taklif 
bog’lovchi rolini o’ynaydi. Chakana narx talab va taklifning nisbatiga qarab yuqori 
yoki past bo’lishi mumkin. 
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan (limitlangan) va 
dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. 
4. Chegaralangan narxlarda davlat narxlarning yuqori va quyi chegarasini 
belgilaydi, ular shu doirada o’zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat 
inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. 
5. Dotatsiyalangan narx – bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan 
narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va 
nogironlarni hayotiy zarur ne‘matlar bilan eng kam darajada ta‘minlab turishda 
foydalaniladi. 
6. Demping narx. Bozorda o’z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib 
chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki 
bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir 
qismidan kechib yuboriladi. 
7. Nufuzli narx – bu sotish hajmini o’zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish 
firmalar monopol vaziyat hosil qiladigan narxdir. Aholining yuqori daromad 
oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar yuqori narxlarda sotilishi nufuzli 
narxdan iborat bo’ladi. Masalan, dala hovliga ega bo’lish, mashhur kurortlarda 
dam olish, ohirgi nusxadagi kiyimlar kiyish yangi modeldagi avtomashinada yurish 
– martabali yoki obro’talab iste‘mol hisoblanadi. Bu tovarlar va xizmatlarni xarid 
qilish qurbi nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. 
8. Qat‘iy (standart) va o’zgaruvchan narxlar. Iste‘mol qilinadigan shunday tovarlar 
ham borki, iste‘molchilar ularning narxi o’zgarmasligini afzal ko’radi. Masalan, 
kommunal xizmat, transport xizmati tariflarni shunday narxlar hisoblanadi. 
9. Erkin bozor narxlari – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor 
narxlaridir. 
Narx diapazoni narxlar oralig’ining pudagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, 
o’rta va yuqori narxlarni o’z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik katta bo’lsa, 
tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o’zaro 
bog’lanadi. 
Bu narxlardan tashqari, bozor qo’lami hisobga olinganda xududiy 
(mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar ham mavjud. 
Hududiy narx faqat ma‘lum xududiy bozorga xos bo’lib, u shu xudud 
doirasidagi omillar ta‘siridan hosil bo’ladi. 
Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning 
xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. 
Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi 
talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. 
Jahon bozori narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal xarajatlarni, 
tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab 
va taklif nisbatini hisobga oladi. 
Narx xilma-xil turlardan iborat bo’lsada, ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan, 
chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatish samarasi o’z ifodasini 
topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti 
deb ham yuritiladi. 
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy 
yo’nalishlaridan biri bo’lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko’p jihatdan 
shu muammoning hal etilishiga bog’liq bo’ladi. 
Narxlarni erkinlashtirish xom ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining 
narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasida mutanosiblikka 
erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, 
narxlar quyidagi yo’llar bilan erkinlashtiradi: 
1) narxlarni birdaniga yoki “esankiratadigan” tarzda qo’yib yuborish; 
2) narxlarning o’sishini sun‘iy ravishda to’xtatib qo’yish; 
3) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma‘lum darajada saqlab 
qolish. 
O’zbekistonda iqtsodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, 
mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-
sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi. 
SHu yo’l bilan narxlarni dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng 
doiradagi ishlab chiqarish – texnik vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq 
iiste‘moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga 
o’tildi. Aholining himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va 
sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo’yildi, ayrim turdagi 
xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi. 
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichda (1993 yil) kelishilgan ulgurji 
narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi. Qat‘iy belgilangan va davlat 
tomonidan tartibga solib turinadigan narxlarda sotiladigan xizmatlarning soni 
ancha qisqardi. 
Narxlarning erkinlashtirishning navbatdagi bosqichi (1994 yil oktyabr-
noyabr) xalq iste‘mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, 
transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. 
SHunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi 
narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to’liq erkinlashtirish bilan tugadi. 
Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash 
tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar 
maqsadidaga jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam 
miqdori muntazam sur‘atda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. 
Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. 
Bugungi kunda O’zbekiston bo’g’doy, un, paxta yog’i, meva-sabzavot, quruq 
mevalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi o’ta zarur oziq-ovqat tovarlari bilan 
nafaqat o’z ichki ehtiyojlarini, balki ularni yurtimizdan tashqariga ham eksport 
qilmoqda. 

Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling