Kompyuter injiniringi” fakulteti “at-servis” yo`nalishi


Download 1.14 Mb.
bet2/3
Sana01.06.2020
Hajmi1.14 Mb.
#112886
1   2   3
Bog'liq
Худаяров Турсунбой 3б ХК (ЎЗБ)


Bajardi: Xudayarov T

Qabul qildi: Kenjaev X

Mavzu: «Elektron hukumat»da aholidan elektron xizmatlarga bo'lgan talablarni muhokama qilish moduli


Reja:




  1. Kirish

O'zbekistonda elektron xukumat dinamikasi

II.Asosiy qisim:

1. Elektron hukumatning asosiy tushunchalari va prinsiplari

2. Elektron hukumatning interaktiv xizmatlari

3. Elektron hukumatni tizimini yaratishda davlatning asosiy vazifalari:Elektron hukumatning asosiy vazifalari to’grisida qonunlar

III.Xulosa:Adabiyotlarni o’rganish davomida olgan ma’lumotlar to’grisida shaxshiy fikirlar

Foydalangan adabiyotlar:

O'zbekiston 2030 yilgacha BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi va Butunjahon bankining Tadbirkorlikni yuritish indeksida 30ta eng rivojlangan mamlakatlar safiga kirishi kerak.Texnika va axborot asri sifatida izohlanayotgan ayni davrda rivojlangan dunyo mamlakatlari bilan qadam-baqadam bo'lish zaruriy talabdir. Bugungi kunda internet o'z ko'lami jihatidan jamiyatning barcha soha va jabhalariga kirgan ekan, undan unumli, to'g'ri va xolisona foydalana olish zarur. Ko'pgina davlatlarda davlat boshqaruvining elektron vositalar orqali amalga oshirilayotgani, shu bilan birga, elektron hukumat tizimini joriy etilayotgani bunga yaqqol misoldir.


Elektron hukumat, bu – raqamli texnologiyalar, internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolar va boshqaruv organlarining o'zaro munosabatlarini doimiy optimallashtirish demakdir.
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi elektron hukumatni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilgan.Respublikamizda elektron hukumatning asosi 2003 yilda imzolangan «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi bilan bog'liq. Unda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilangan, xususan:

• O'zbekiston Respublikasining yagona axborot maydonini yaratish;

• davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish va

rivojlantirish, ularning muvofiqligi va o'zaro hamkorligini ta'minlash.

Davlat boshqaruvi tizimini axborotlashtirish bo'yicha «Elektron hujjat aylanishi to'g'risida» va «Elektron hukumat to'g'risida»gi qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu qonunlarning birinchisi markaziy va joylardagi hukumat boshqaruv organlarida axborot tizimlari orqali muassasalar o'rtasida hujjat almashinish masalalarini tartibga soladi.

«Elektron hukumat to'g'risida»gi qonun elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni belgilab beradi, shuningdek, davlat xizmatlari ko'rsatishni muvofiqlashtiradi. Qonunda elektron davlat xizmatlarining yagona reestrini yuritish shartlari va elektron davlat xizmatlarining sifatini baholash tartibi ko'rsatilgan.

Mazkur qonunga muvofiq davlat boshqaruviga tegishli elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


• davlat organlari faoliyati samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta'minlash,

ularning mas'uliyati va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan axborot almashishni ta'minlashning qo'shimcha mexanizmlarini yaratish;

• aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan o'zaro munosabatlarni amalga oshirishda

elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o'zaro hamkorligi va ularning ma'lumotlar bazalari o'rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruv tizimida «bir darcha» tamoyilini joriy etish.Bugungi kunga kelib, elektron hukumatning yetarlicha muvofiqlashtirilgan arxitekturasi mavjud.



U Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) va davlat organlarining

alohida portallaridan iborat.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi 1989-qarori ijrosini ta'minlash maqsadida elektron hukumatning axborot tizimlari komplekslari ishlab chiqilib, ishga tushirildi. Bugungi kunda interaktiv davlat xizmatlari jismoniy va yuridik shaxslar, ko'chmas mulk, avtotransport vositalarining ma'lumotlar bazalari, shuningdek, ma'lumotnomalar va klassifikatorlarning ma'lumotlar bazasidan foydalangan holda taqdim etilmoqda.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yilda yaratilgan bo'lib, bugungi kunda 300dan ziyod davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. 2017 yil may oyida 65ta xizmatni taqdim etuvchi YAIDXP (my2.gov.uz)ning yangi talqini ishga tushirildi. Unda quyidagi

funktsiyalar joriy etilgan:

• foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni markaziy ma'lumotlar bazasidan foydalanish

orqali avtomatik tarzda olish;

• Elektron hukumat foydalanuvchilarini aniqlashda Yagona identifikatsiya tizimidan foydalanish imkoniyati;
• jismoniy va yuridik shaxslar uchun shaxsiy kabinetlarni yaratish imkoniyati.
Bundan tashqari, fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari 50dan ortiq turdagi faoliyatni

litsenziyalash uchun YAIDXP orqali ariza topshirishlari mumkin. Xususan, ko'chmas mulk, bojxona, soliq va arxiv ishlari yo'nalishlari shular jumlasidandir. Shu bilan birga, fuqarolik va xorij pasportlari uchun elektron arizalarni rasmiylashtirish mumkin.

Fuqarolar orasida foydalanilayotgan elektron hukumatning boshqa bir qator loyihalari ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Xususan, id.gov.uz Yagona identifikatsiya tizimi elektron raqamli imzodan foydalangan holda barcha elektron hukumat tizimida har bir shaxs uchun bitta hisob qaydnomasini yaratadigan qulay vositadir.
Ochiq ma'lumotlar portali (data.gov.uz) 128 davlat organining 3517 elektron ma'lumotlar to'plamiga ega. Ushbu elektron axborot manbaidan foydalanish dinamikasi kundan-kunga ortib bormoqda.Barcha axborot tizimlari komplekslari orasida eng ko'p yuklab olinadigani «Litsenziya» ATKdir.

Unda 130000 litsenziya va ruxsatnomalar haqida ma'lumotlar joylangan. 44 faoliyat turi bo'yicha litsenziya olish uchun ariza topshirish mumkin bo'lib, ushbu arizalarning asosiy qismi belgilangan muddatda ko'rib chiqiladi.Elektron hukumat davlat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning tobora samarali vositasiga aylanmoqda.


Qonunchilik hujjatlari ta'sirini baholash tizimi (SOVAZ) buning isbotidir. U elektron hukumat faoliyatining mamlakat Konstitutsiyasi qoidalariga muvofiqligini tasdiqlovchi ochiqlik, oshkoralik va so'z erkinligi tamoyillari asosida ish olib boradi. SOVAZ portalining yangi talqini 2018 yilda ishga tushishi rejalashtirilgan bo'lib, unda

davlat organlari onlayn tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo'yicha ovoz

berishlari mumkin. Kelgusida uni «Elektron parlament» tizimi bilan integratsiyalash

rejalashtirilgan.Bugungi kunda elektron hukumatni rivojlantirish darajasiga ko'ra dunyodagi mamlakatlar reytingida O'zbekiston mavqei ancha ko'tarilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Elektron hukumat bo'yicha (2016) tadqiqotida O'zbekiston 20 pog'ona yuqori o'ringa ko'tarildi va 193 davlat orasida 80-o'rinni egalladi.

Milliy elektron hukumatni yanada rivojlantirishning muhim natijasi sifatida, O'zbekiston 2030 yilgacha BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi va Butunjahon bankining Tadbirkorlikni yuritish indeksida 30ta eng rivojlangan mamlakatlar safiga kirishi kerak. Shu maqsadda, kelgusida aqlli texnologiyalardan foydalangan holda elektron hukumatni rivojlantirish va axborot xavfsizligi masalalari bo'yicha elektron hukumat xizmatlarini to'liq integratsiyalash ko'zda tutilmoqda.

Tadqiqotning yana bir muhim ko'rsatkichi BMTning fuqarolar, korxonalar va davlat hokimiyati organlari o'rtasida muloqot qilish uchun AKTdan foydalanish samaradorligini baholaydigan indeks (E-Participation Index) hisoblanadi.

O'zbekiston 2014 yilda 71-o'rinda bo'lgan bo'lsa, 2016 yilda 47ta pog'onaga ko'tarilib, reytingda 24-o'rinni egalladi.
So'rov natijalariga ko'ra, aloqa portallari (e-kommunal.uz), Ochiq ma'lumotlar portali (data.gov.uz) va qonun hujjatlarini muhokama qilish portalining (regulation.gov.uz) ishga tushirilishi jamoatchilik bilan ochiqlik, oshkoralik va samarali muloqotni ta'minlashning asosiy omili bo'ldi.

Yurtimizda elektron hukumat tizimi kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Uning asosiy vazifasi esa aholi uchun haqiqatda foydali bo'lgan xalqning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda davlat xizmatlarini taqdim etish tartibini doimo takomillashtirib borish, xususan, aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga elektron xizmatlar ko'rsatish bo'yicha interaktiv faoliyatni ta'minlashdir.


Elektron hukumat (EH) – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo'li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi. EH an'anaviy hukumatning muqobil yoki analog shakli hisoblanmaydi, balki raqamli texnologiyalar orqali uning samaradorligini oshirish uchun yangi usul va vositalarni taqdim etgan holda to'ldiradi. Elektron hukumatni joriy etishdan ko'zlangan maqsadlar:

• Davlat xizmatlarini ko'rsatish tartiblarini takomillashtirish;
• Barcha saylovchilarning mamlakat boshqaruvi jarayonidagi ishtirok darajasini oshirish;
• Aholining o'ziga o'zi xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va qo'llab-quvvatlash;
• Texnologik bilim va fuqarolarning kasbiy mahoratlarini oshirish;

• Geografik joylashuv omilining ta'sirini kamaytirish.


Amalda EH shakllantirish davlat xizmatlarini elektron shaklga o'tkazish orqali ularning

sifatini oshirish hamda aholi va biznes tomonidan foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat.


Davlat xizmati – ariza beruvchilarning so'rovlariga ko'ra amalga oshiriladigan, davlat

organlarining vazifalarini bajarish bo'yicha ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko'rsatish funktsiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo'lsa, ular ham davlat xizmatini ko'rsatishlari mumkin. Elektron davlat xizmati (EDX) – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llanilgan holda ko'rsatiladigan davlat xizmati. Masalan: korxonalar tomonidan soliq va statistik hisobotlarni. Internet orqali topshirish, pasport olish uchun elektron ariza taqdim qilish, davlat reestr va arxivlaridan elektron ma'lumotnomalar berish va h.k.

Davlat xizmatlarining aksariyat qismi bir nechta davlat organlari ishtirokida amalga

oshirilib, bunda davlat xizmati natijasi uchun mas'ul bo'lgan davlat organining boshqa unga bo'ysunmaydigan davlat organlari bilan idoralararo hamkorlik qilishi ko'zda tutiladi. Bu jarayon hujjatlarni birxillashtirish (unifikatsiya) va davlat organlari o'rtasida ma'lumotlarni tezkor almashish, yagona identifikatorlardan foydalanish, axborot tizimlarini o'zaro biriktirish (integratsiya) va idoralararo aloqalarni muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi.


Idoralararo elektron hamkorlik (IEH) – davlat organlari o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ma'lumotlar almashish. Elektron hukumatning yagona identifikatorlari –har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko'chmas mulk ob'ektlariga, geografik va boshqa ob'ektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar. Ular davlat organlariga (va ularning axborot tizimlariga) davlat xizmatlarini ko'rsatishda, vazifalarini bajarishdava idoralararo hamkorlikda ishtirok etuvchi sub'ekt (fuqaro va tashkilotlar) va ob'ektlarni (ko'chmas mulk, avtotransport va h.k) bexato identifikatsiyalash imkoniyatini beradi. EH yagona identifikatorlari sirasiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH IIR) va soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR) kiradi. Keyinchalik, ushbu ro'yxatga avtotransport vositasining ro'yxat raqami, ko'chmas mulk ob'ekti kadastr raqami va boshqa identifikatorlar ham kiritiladi.

EH loyihalarining samarali amalga oshirilishida idoralararo mutanosiblik\ (interoperabellik) muhim ahamiyat kasb etadi – davlat xizmatlarini ko'rsatish yoki boshqa davlat funktsiyalarini bajarishda ikki yoki undan ko'p davlat organlari (va ularning axborot tizimlari) tomonidan samarali o'zaro hamkorlik qilish qobiliyati tushuniladi. Interoperabellik bir nechta pog'onalarga bo'linadi: normativ-huquqiy (normativ hujjatlarning mosligi), tashkiliy (tartib-taomillarning mosligi), semantik (saqlanayotgan va almashinayotgan ma'lumotlar bo'yicha bir xil tushunchaga ega bo'lish) va texnik (ma'lumotlar almashinuvi standartlari, formatlari va protokollarining mosligi).



Elektron hukumatining asosiy printsiplari



Zero, bugungi kunimizda internet – dunyodagi axborot almashinuvi va kommunikatsiya vositalari orasida eng ilg’or va ommabop bo’lib, u, o’sha telegrafdan boshlab ixtiro qilingan barcha axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mantiqiy mohiyatlari – matnli xabar uzatish, tovush uzatish, tasvir uzatish kabilarni, o’zida yagona va yaxlit tizimga mujassamlashtirgan mukammal axborot-kommunikatsiya vositasiga aylandi. O’z ajdodlaridan farqli ravishda, endi internet, bir tomonlama axborot uzatish vositasi bo’lib qolmasdan, interaktiv axborot kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo’ldi. Bu jihatlariga ko’ra, internetni, yozuv va kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bir qatorda, insoniyat tarixidagi uchinchi axborot inqilobi deb qarasak ham yanglishmagan bo’lamiz.

...Endilikda internet va uning ilg’or texnologiyalari qo’llanilmagan, foydalanilmagan soha «qoloq» sifatiga mansub desak ajablanmang! Zero, internet taqdim etayotgan qulayliklar tufayli, bugun biz, faqat qo’shni viloyatdagi yaqinlarimizgagina emas, balki, boshqa materikdagi tanish-bilishlarimizga ham videoqo’ng’iroqlar qilishimiz, foydalanilgan xizmatlarga haq to’lashimiz, mahsulotlarga buyurtma berishimiz va sotib olishimiz - tobora oddiy kundalik holatga aylanib bormoqda. Internet bizlarga taqdim etayotgan eng oddiy interaktiv xizmat – elektron xat-xabar almashinuv (e-mail yoki, ijtimoiy tarmoqlar)dan boshlab, elektron kutubxona (e-Library), elektron masofaviy ta’lim (e-learning) kabi, hamda, elektron tijorat (e-commerce), elektron to’lovlar (e-Payment), elektron birja (e-Exchange) kabi ilg’or interaktiv xizmat turlari, jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga jadallik bilan kirib kelib bo’ldi. Endilikda, tomonlardan birining (yoki ikkisining ham) shaxsan hozir bo’lishi talab etilmaydigan xizmat ko’rsatish sohalarida internetni joriy qilish, ham iqtisodiy ham ma’naviy jihatdan maksimal samaradorlik beradigan darajaga erishmoqda. Umumiy xulosa qilib aytganda, internet, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamidagi o’z ajdodlarining barcha yutuq va imkoniyatlarini o’zida jamlagan, va ulardan farqli ravishda, bir tomonlama axborot taqdim etish vositasigina bo’lib qolmay, balki, interfaol, ko’p qirrali kommunikatsion vosita sifatida yuksak samaradorlik potensiali namoyon qilmoqda...


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling