Kompyuter injiniringi” fakulteti “at-servis” yo`nalishi


Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Davlat boshqaruvi, yoxud, «Elektron hukumat»


Download 1.14 Mb.
bet3/3
Sana01.06.2020
Hajmi1.14 Mb.
#112886
1   2   3
Bog'liq
Худаяров Турсунбой 3б ХК (ЎЗБ)


Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Davlat boshqaruvi, yoxud, «Elektron hukumat»

Maqolamiz muqaddimasi orqali, gapni uzoqdan boshlab, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xususan internetning muhim iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga allaqachon kirib kelib, o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsata boshlaganiga urg’u berdik. Ko’rinib turibdiki, ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli bo’g’inlarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish – bugungi zamon talabi bo’lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat

va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar uchun qo’llash ayni muddao hisoblanadi. Davlat hokimiyati ichki tarmoqlari boshqaruvi (markaziy hukumat va mahalliy hokimiyatlar, davlat tashkilot va muassasalari o’rtasidagi o’zaro uzviylik) va davlat tashkilot va muassasalarining fuqarolar hamda biznesga ko’rsatadigan xizmatlarining samaradorligini oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining qulayliklari va imkoniyatlaridan foydalanish – zamonaviy ilg’or yo’nalishlardan biri bo’lib, xalqaro leksikonda u «Elektron hukumat» (e-government) deb yuritiladi.

«Elektron hukumat» tushunchasi

Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida AQSHda paydo bo’lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o’sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e’tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma’lum. Klinton ma’muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» va unga bog’liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo’ldi. Misol uchun: Bellami Teylorning «Axborot asrida hukumat boshqaruvi» asari[2]da davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko’rib chiqilgan bo’lsa; 2002 yilda chop etilgan «Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik tahlil xulosasi» nomli risola[3]da, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o’tildi. Davlat boshqaruvi sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko’plab nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qo’llab quvvatlay boshlashdi. Ularning har birida, mazkur tushunchaning o’ziga xos talqinini ko’rish mumkin, masalan:



Ko’rinib, turibdiki, «Elektron hukumat» tushunchasiga nisbatan nufuzli xalqaro tashkilotlarning yondoshuvida, ham umumiylik jihatlari, ham farqlar mavjud. Umuman olganda, dunyo mamlakatlarining ko’pchiligida «Elektron hukumat» tushunchasi jamoatchilik orasida munozaralarga sabab bo’layotganini ta’kidlash joiz. Xususan, «Elektron hukumat» so’zining ingliz tilidagi muqobili – «Electronic government» so’zi, ko’pchilik o’ylagani singari, hukumat, ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati tushunchasinigina taalluqli emas, balki kengroq ma’noda bo’lib, ya’ni, u – davlat boshqaruvi organlarining o’z funksiyalarini amalga oshirishda elektron axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi. Shu tufayli, mutaxassislar orasida «elektron hukumat» dan ko’ra, «elektron boshqaruv» tushunchasini kiritish haqida g’oyalar ham mavjud.



Maqsad va vazifalar

Mazkur ikki tushuncha va atama yuzasidan davom etayotgan munozaralarga qaramasdan, amaliyotda ularning har ikkalasi odatda mazmunan bir-birini to’ldiruvchi so’zlar sifatida qo’llanilishi kuzatilmoqda. Chunki ularning har ikkisi ham umumiy ustuvor muddaolarni ifodalaydi: Hukumat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada orttirish; fuqarolarga va biznesga ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali ko’rsatish; umuman olganda esa demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirish uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari potensialidan unumli va keng foydalanish. Bunda «Elektron hukumat», davlat boshqaruvi sohasining alohida qismi yoki hukumatning yangicha shakli sifatida tasavvur qilinishi emas, balki, Davlat boshqaruvining an’anaviy yo’nalishlariga qo’shimcha, tarkibiy qism sifatida kiritilishi nazarda tutiladi. Mazkur tamoyillarning har qanday kombinatsiyasi uchun, «Elektron hukumat»ga qo’yiladigan quyidagi asosiy talablarni, boshqacha aytganda, elektron hukumatni joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsadlarni keltirib chiqarish mumkin:

Jismoniy va Yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan davlat xizmatlarining yuqori sifat darajasida operativ ravishda, yagona standartlar asosida ko’rsatilishi;

Davlat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda, fuqarolarning davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga oid axborotlar bilan uzluksiz ta’minlanishi;

Davlat hokimiyatining ichki strukturalarida, hukumat organlarining turli bo‘g’inlarida, tashkilot va muassasalarda idoralar aro ichki munosabatlarda samaradorlikning ortishi;

Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf-xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hujjat almashinuvi tizimini joriy etish.

Mazkur konsepsiyalarning amaliyotda o’z aksini topishi natijasida, davlat va jamiyat munosabatlarida, davlat boshqaruvi ichki strukturalarida quyidagicha samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi:

Fuqarolarga va biznesga ko’rsatiladigan davlat xizmatlarida samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan to'g'ridan-to'g'ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo’ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn to’ldirish va topshirish, zaruriy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzda shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin bo'ladi.

Standartlashtirilgan va avtomatlashtirilgan interaktiv xizmatlardan foydalanib, yuridik shaxs, o’zi uchun zaruriy davlat xizmatlarida on-layn foydalanishi imkoni paydo bo’ladi. Masalan, yuridik shaxs, o’z faoliyatini yuritish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, bojxona ko’rigi kabi) olishi yoki, davlat organlariga hisobot (masalan soliq deklaratsiyalari) topshirishi uchun tegishli portaldan foydalanib, tezkor va qulay ravishda ko’zlangan maqsadga erishishi mumkin. Bunda to’lovlarni ham on-layn usulda, internet banking yoki SMS-banking kabi xizmatlardan foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Davlat boshqaruvi ichki strukturasi – vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat almashinuvi yo’lga qo’yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot tizimini qo’llash orqali, o’zaro aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi.

Masofa va vaqt faktori. Fuqaro, o’zi uchun zaruriy davlat xizmatidan foydalanishda yoki, davlat idorasiga murojaat etishda, mazkur idora joylashgan manzilga shaxsan tashrif buyurishi, idora mas’ul xodimi, masalan rahbarini qabul vaqtini poylashi, kutib o’tirishi kabi holatlar bartaraf etiladi. Qolaversa, bu orqali mansabdor shaxslarning tamagirlik qilish holati cheklanadi.
Qolaversa, elektron hukumatni joriy qilish orqali erishilishi ko’zda tutiladigan yana bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy naf omillari ham mavjudki, ularni ham o’z o’rnida e’tirof etib o’tish zarur: elektron hujjat almashinuvi tufayli, qog’oz iste’moli qisqaradi, ya’ni qog’oz mahsuloti tejaladi; hujjat almashinuv tizimida vaqt tejaladi, ya’ni elektron hujjat axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yuborilganda, mazkur hujjat shu lahzaning o’zidayoq belgilangan manzilda hoziru-nozir bo'ladi. Davlat idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy hujjatlarni to’plamini yoki murojaatnomani bir marotaba shakllantirib, kerakli manzilga yo’llaydi, murojaatni ko’rib chiqish va unga munosabat bildirishning keyingi bosqichlari maxsus semantik tizim asosida, avtomatlashtirilgan ko’rinishda, murojaat etuvchining ishtirokisiz amalga oshadi. Ya’ni, murojaat etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to’plamini, yoki, murojaatnomani ko’tarib,

idorama-idora sarson yurishi, murojaatni ko’rib chiqishda jarayonining kuryeri sifatida qatnashishi, bu orqali, vaqt, transport, kanselyariya va boshqa turdagi xarajatlarga tushishi oldi olinadi. Bunda murojaatni ko’rib chiqishi va unga javob berishi zarur bo'lgan idoraning mazkur murojaatga nisbatan munosabati yuqori tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi, agar tegishli idora qonunda belgilangan muddatda murojaatni ko’rib chiqmasa yoki unga javob bermasa, yuqori davlat tashkiloti tomonidan chora ko’rilishi mumkin bo'ladi. Murojaatni ko’rib chiqish jarayoni qaysi bosqichga yetgani haqida fuqaro maxsus axborot kommunikatsiya vositalari, masalan, elektron pochta yoki SMS orqali xabardor bo’lib turishi imkoniyati yaratiladi.

Ilm-fan va texnikaning barcha yo’nalishi kabi axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi ham tinimsiz rivojlanishda ekanligini nazarda tutsak, elektron hukumat tizimi ham mazkur sohaning keyingi yangi yutuqlarini o’zida joriy etish orqali yanada takomillashib, mukammallashib borishi tabiiy. Shunga ko’ra kelajakda, elektron hukumat bizning maqolamizda nazardan chetda qolgan yoki, tasavvurimizga sig’magan yangicha qulayliklar va foydali xususiyatlarga ega bo’lsa ajab emas. Umuman olganda esa, xorijiy davlatlarning ayrimlarida, zamonaviy elektron hukumat rivojlanishi tendensiyalari, vaqti kelib, hattoki saylovlar tizimini ham interaktiv, on-layn ko’rinishga kelishini bashorat qilishmoqda. Balki bu tasavvur haqiqatdan yiroqdir, lekin, elektron hukumatni joriy qilish va uni takomillashtirish borasida, o’sha xorijiy davlatlarning ayrimlaridagi ilg’or tajribalarni, va uning rivojlanish bosqichlari bilan tanishib chiqsak foydadan holi bo’lmaydi.

Elektron hukumat: Xorij tajribasi

Maqolamiz avvalida aytib o‘tganimizdek, elektron hukumat va uni amaliyotga tadbiq etish jarayoni jahon mamlakatlarida 90-yillar oxiri va 00-yillarning boshida boshlangan. Bugungi kunda elektron hukumat tizimini joriy qilish jarayoni, jahon miqyosida, ko’plab davlatlarda jadal tus olgan. Yetakchi, rivojlangan davlatlarning ayrimlarida mazkur jarayon o’zining nisbatan yetuk bosqichiga yetgan bo’lsa, aksariyat davlatlarda elektron hukumat tizimi takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. So’zimizga yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tajribasidan misol keltirsak: shimoliy qo’shnilarimiz – Qozog’istonda 2004 yildan boshlab elektron hukumat shakllantirila boshlangan. www.egov.kz qozoq qardoshlarimizning «e-akimat» dasturi doirasida «e-litzenziyalash», «e-notariat», «e-davlat xaridlari» kabi ichki strukturalarda, 126 xildan ortiq davlat interaktiv xizmatlari ko’rsatiladi. Qozog’iston fuqarolari, mazkur tizim orqali, soliqlar, davlat yig’imlari, jarima va bojxona to’lovlarini on-layn to’lashlari, davlat idoralariga yozma murojaat etishlari, tashkilot, muassasa va idoralarning rahbarlari yoki boshqa mas’ul xodimlari qabuliga on-layn ro’yxatdan o’tishlari va ular bilan belgilangan muddatda videoqo’ng’iroqli aloqaga chiqishlari mumkin. Rossiyada, elektron hukumat tizimi borasida amaliy ishlar 2008 yilda boshlangan edi.

AQSHda esa bu borada nisbatan erta – 2002 yildayoq ishga kirishilgan. Yevropa ittifoqi esa, «eEurope» tashabbusi orqali, 2000 yilda ish boshlagan edi.

Bu yo’nalishda, BMT jahonning 193 davlati orasida, elektron hukumatning amaliyotga joriy qilinish va uning sifat ko’rsatkichi borasida maxsus monitoring va reyting tizimi yuritib boradi. Reyting natijalari har 2 yilda e’lon qilib boriladi va 2012 yil mart oyida e’lon qilingan «E-Government Survey 2012: E-Government for the People» monitoring va reyting natijalariga ko’ra, jahon davlatlari orasida quyidagi Top-30talik yaqqol yetakchilik qilmoqda:

Mazkur reytingda qatorasiga ikkinchi marotaba, demakki, so’nggi 4 yillikda(!) Janubiy Koreya davlatining yetakchilik qilayotganini alohida e’tirof etish joiz. Rasmiy Seulning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasidagi salmoqli salohiyati va fuqarolarga ko’rsatayotgan interaktiv davlat xizmatlari darajasi, BMTning soha ekspertlari tomonidan 0.9283 indeksi bilan baholangan.

Umuman olganda esa, mazkur reytingni shakllantirishda BMT tomonidan, muayyan davlatdagi elektron hukumat tizimining rivojlanganlik darajasi quyidagi 3 asosiy mezon bo’yicha baholanadi:

1) Davlat tomonidan o’z fuqarolariga ko’rsatilayotgan on-layn interaktiv xizmatlarning miqyosi va sifati;

2) Axborot kommunikatsiya texnologiyalari infrastrukturasining rivojlanish darajasi;

3) Inson kapitali.

Davlat tomonidan o’z fuqarolariga ko’rsatilayotgan on-layn interaktiv xizmatlarning miqyosi va sifati, kontent, interaktiv xizmatlarning foydalanish imkoniyati darajasi va sifatiga ko’ra, davlat hukumatining asosiy portali, davlat xizmatlari ko’rsatiladigan asosiy portal, va turli vazirlik hamda idoralarning saytlarini baholash orqali aniqlanadi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari infrastrukturasining rivojlanish darajasi esa, 100 nafar aholi soniga nisbatan simli internet tizimining doimiy abonent-foydalanuvchilari miqdori; 100 nafar aholi soniga nisbatan statsionar va mobil aloqa vositalari foydalanuvchilari miqdori; shuningdek, 100 nafar aholi soniga nisbatan, Keng Polosali Internetga ulanish qurilmalari soniga qarab belgilanadi.

Inson kapitali borasida esa, aholining savodxonlik darajasi, hamda, turli o’quv muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolarning umumiy aholi soniga nisbatan % miqdoridagi ulushi inobatga olinadi.

Ko’rib turganingizdek, mezonlar asosli bo’lsa-da, baribir, fikrimcha birmuncha nisbiy. Biroq ularda milliy elektron hukumat tizimi uchun qo’llash maqsadida, ko’rib chiqsa va o’rgansa arziydigan ko’plab sifatlar, o’zlashtirish mumkin bo’lgan uzoq yillik tajribalar

mavjud. Lekin jahon tajribasida shakllanib kelgan umumiy standartlarning eng asosiysi bu interaktiv xizmatlarning ma’lum tamoyillar asosida tizimlanishidir:



Elektron hukumat: Texnologik tamoyillar.

Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O’zbekiston elektron hukumat tizimi ham).

1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga;

2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga;

3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga;

4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga.

Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor.

Endi mazkur yo’nalishlarni batafsil tahlil qilsak:

1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi.

2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to’lovlar bo’yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi.

4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko’zlanadi.



Elektron hukumat: O’zbekiston modeli.

Keling endi, elektron hukumatning vatanimiz O’zbekistondagi rivojlanish tendensiyalari bilan tanishib chiqamiz:



Tarix, Me’yoriy-huquqiy baza,

Vatanimizda elektron hukumat va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish tarixi 2002 yildan boshlangan edi. 2002 yil 30 mayda imzolangan PF-3080], «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi Prezident Farmoni bu borada dastlabki qadamlardan biri bo'lgan edi. Mazkur farmon orqali, O’zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalari amaliyotga joriy etishni yanada chuqurlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari potensialidan keng foydalanish borasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi boshlangan, yurtimizda elektron hukumat tizimining keyingi istiqboli uchun zamin yaratilgan edi. Albatta, har qanday ishda bo’lgani kabi, elektron hukumatni amaliyotga tadbiq etishda ham, qonunchilik, me’yoriy-huquqiy baza eng asosiy o’rin tutadi. Bu borada, 2003 yil so’ngida qabul qilingan «Axborotlashtirish haqida»[3]va «Elektron raqamli imzo haqida»[4]gi qonunlar muhim qadam bo’lib xizmat qildi. 2007 yil esa, O’zbekistonda elektron hukumatni shakllantirish borasida muhim amaliy qadamlar tashlangan, e’tiborga molik yil bo'ldi. Vazirlar Mahkamasining Qarori[5] bilan (VMQ №181, 23.08.2007), Davlat organlarining o’zaro hamda, fuqarolar va muassasalar bilan munosabatlarini, elektron hukumat xizmatlarini taqdim etish orqali yo’lga qo’yish borasida ustuvor yo’nalishlar belgilab olindi. Maxsus nizom orqali, axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’llash orqali ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlarining standartlarini yaratish va asosiy davlat interaktiv xizmatlari ro’yxati qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil, 17 dekabrdagi №259 qarori bilan, hukumat portalida axborot taqdim etish va interaktiv xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 2009 yil, 21 apreldagi, №116 hukumat qarori bilan, davlat organlarining internet tarmog’ida taqdim etishi lozim bo'lgan, 9 xil tematikaga biriktirilgan, jami 102 xil axborot turlari ro’yxati, shuningdek, ularning yangilanib turishi muddatlari o’rnatildi.

Umuman olganda esa, 2002-2012 yillarda, O’zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari va elektron hukumatni shakllantirish borasida 14 ta qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. O’zbek elektron hukumatini shakllantirishning huquqiy asoslari borasida 2012 yil eng katta burilish yili bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. 2012 yilda qabul qilingan jami 4 ta qonun hujjatlarida, O’zbekistonda elektron hukumatni amaliyotga joriy etishni jadallashtirish borasida asosiy chora-tadbirlar va aniq yo’nalishlar belgilab olindi. Avvalo, 2012 yil, 21-mart kuni imzolangan, PQ-1730,

«Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora tadbirlari»[6] haqidagi Prezident qarori orqali, o’z ichiga 21 ta aniq chora-tadbirlarni qamrab olgan, 2012-2014 yillarga mo’ljallangan maxsus dastur tasdiqlandi va uning ijrosi maxsus Muvofiqlashtiruvchi Kengashga yuklandi. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil, 1-noyabrdagi, №313 qarori bilan, Elektron hukumatning asosiy interaktiv xizmatlari ro’yxati (reestri) yangilandi (87-band), va nihoyat, bu borada, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi, №378 «Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»[7] qarori bilan, elektron hukumatni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko’maklashish maqsadida, Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (Yagona portal) tashkil etish va uning texnik va texnologik asoslari bayon qilingan nizom qabul qilindi.



Yuqorida eslab o’tilgan barcha me’yoriy-huquqiy qonunchilik hujjatlari, O’zbekistonda interaktiv davlat xizmatlari hamda elektron hukumatni joriy qilish, uni rivojlantirish borasida bosqichma-bosqich, evolyutsion huquqiy poydevorni yaratishga xizmat qildi. 2013 yilda ham bu boradagi mantiqiy izchillik davom etib, aytish mumkinki, haqiqiy ma’noda O’zbek elektron hukumatining huquqiy poydevorini mustahkamlagan muhim qonun hujjatlarining qabul qilinishi bilan ahamiyatli bo'ldi. Xususan, bu borada, Vazirlar Mahkamasining 25-yanvar, 2013 yil, 18-sonli qarori[8] bilan, davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish sifatining oshirilishini ta’minlovchi «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish alohida ustuvor vazifa qilib belgilandi. Qolaversa, mazkur qarorda «Elektron hukumat» tushunchasiga, o’zbek tilida rasmiy tushuntirish – ta’rif berildi:

Ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda, elektron hukumatni tashkil qilish borasida hukumat darajasida katta e’tibor ko’rsatilmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida, hukumat darajasida qabul qilingan so’nggi muhim qarorlarni keltirishimiz mumkin. 2013 yil, 16-sentyabrdagi 250-sonli Hukumat Qarori[1] bilan, O’zbekistonda elektron hukumat

tizimini yanada rivojlantirish maqsadida, maxsus markaz – «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi» hamda, «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi» tashkil qilindi. Mazkur qaror bilan, O’zbekistonda elektron hukumat tizimini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash, uning me’yoriy-huquqiy bazasi, uslubiy va texnologik ta’minoti va tizim uchun mas’ul tashkilotlarning moddiy texnik bazasini mustahkamlashga oid o’ta muhim ustuvor vazifalar aniq belgilab berildi.

Bundan tashqari, ushbu qaror bilan, «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish» hamda, «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi» larning tuzilmasi va faoliyati tartibini belgilovchi nizom qabul qilindi.

Prezidentimizning 2012 yil sentyabr oyida Janubiy Koreyaga amalga oshirgan tashriflari mobaynida, axborotlashtirish sohasida hamkorlik to'g'risida o’zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Koreya Respublikasining elektron hukumat borasida BMT reytingida qatorasiga ikkinchi marotaba yetakchilik qilayotganligini maqolamizda ta’kidlagan edik. Koreyaning bu boradagi boy tajribasi, hamda mazkur davlat hamda Respublikamiz o’rtasida o’rnatilgan mustahkam hamkorlik aloqalari negizida, Prezidentimiz tomonidan Koreyaning axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi mutaxassislaridan biri – janob Kim Nam Sok, O’zbekistonda elektron hukumat tizimini shakllantirish jarayoniga ko’maklashish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qo’mitasi raisining o’rinbosari sifatida AKT bo’yicha maslahtchi etib tayinlangan edi.



Prezidentimiz I.A. Karimov, 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish, jumladan, biznes sohasi va fuqarolarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish muhimligini alohida ta’kidlagan edilar. Bu esa O’zbekistonda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish uchun davlat rahbariyati darajasida yuksak e’tibor qaratilayotganligiga yorqin dalildir.



...Tasavvur yaqqolroq bo’lishi uchun, O’zbekistonda elektron hukumat tizimini joriy etilishining so’nggi tendensiyalarini quyidagi ketma-ketlikda ifodalash o’rinli bo’lar edi:

Bu borada, 2013 yilning o’tgan 10 oylik kattagina qismida salmoqli amaliy ishlar bajarilgani va muhim natijalarga erishilganini e’tirof etish o’rinlidir. Xususan, bu borada amalga oshirilgan eng katta amaliy ishlardan biri – 2013 yil 1-iyuldan boshlab, O’zbekiston yagona Davlat interaktiv xizmatlari portali (yagona portal) ishga tushdi. Bungacha esa, O’zbekiston elektron hukumat tizimining maxsus ko’rinishi, O’zbekiston Respublikasi Hukumati portali – www.gov.uz bazasida taqdim etilayotgan edi:

O’zbekistonda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy qilish borasidagi ilk portal bu – O’zbekiston Respublikasi Hukumati portali – www.gov.uz bazasida boshlangan edi. Hukumat portalining asosiy sahifasida, saytga tashrif buyuruvchining e’tiboriga yaqqol tashlanadigan joyda alohida ajratib ko’rsatilgan havola-tugmalar orqali taqdim etilgan. Bu, vazirliklar, idoralar va boshqa

davlat tashkilotlarining veb-saytlarida taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlarning yaxlit majmuasini tashkil qilib, zaruriy aloqa shakllari va giperhavolalar bilan ta’minlangan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, hukumat portali – www.gov.uz dagi interaktiv davlat xizmatlari tizimi, Yagona Portal (YDIXP)dagidan bir oz farq qiladi va u Interaktiv davlat xizmatlari uchun maxsus alohida portal – www.my.gov.uz tashkillangan va samarali faoliyat olib borayotgan bugungi kunda ham o’z funksional vazifalari hamda dolzarbligini saqlab kelmoqda. 2012 yil so’ngida, ya’ni Yagona Portal hali mavjud bo’lmagan davrda, Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari soni 91 tani tashkil etar edi.


Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari 27 ta tegishli bo’limlarga ajratilgan bo’lib, ulardan 11 tasi fuqarolar va biznesga (G2C va G2B) mo’ljallangan:

5 tasi esa xorijliklarga mo’ljallangan (G2F).

Shuningdek hukumat portalida, Vazirliklar, Agentlik va boshqa Davlat organlarining saytlariga havolalar, ularning manzillari, aloqa shakllari va mas’ul shaxslarining qabul kunlari batafsil yoritilgan. Hukumat portali orqali bir tomonlama axborot taqdim qilish, qonunchilik manbalari bilan tanishtirish shaklidan, ikki tomonlama, ya’ni, haqiqiy interaktiv xizmat shakliga o’tish jarayonida birinchilardan bo’lib, Yuridik shaxslar uchun soliq deklaratsiyalarini on-layn to’ldirish va DSI ga yuborish, fuqarolar uchun esa, soliq idoralaridan shaxsiy STIR raqami, shuningdek, joriy sanaga soliqlardan qarzdorlik yoki haqdorlik mavjudligi haqidagi ma’lumotnomani shakllantirib, yuklab olish xizmatlari yo’lga qo’yilgan edi. Buning uchun Davlat Soliq Inspeksiyasining maxsus sayti (asosiy sayt www.soliq.uz) – www.hisobot.uz ga kirib, zaruriy ma’lumotlar – login, parol va ERI kalitini kiritish orqali shaxsiy kabinetga kirish va standart harakatlarni amalga oshirish bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Mazkur yo’nalishda keyingi muhim qadamlar kommunal soha tashkilotlaridagi iste’molchilarning hisob-raqamlarining holati haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi xizmatlar bo'ldi. Xususan, iste’molchilar uchun foydalanilgan elektr energiyasi hisob-kitoblari haqidagi ma’lumotlarni on-layn taqdim etishni birinchilardan bo’lib, O’zbekenergo DAK (www.uzbekenergo.uz) yo’lga qo’ydi. Davlat statistika qo’mitasi saytida firma nomlarini on-layn ro’yxatdan o’tkazish tizimi, Bojxona qo’mitasi saytida esa, bojxona deklaratsiyalarini on-layn qabul qilish tizimi ish boshladi. Shu tarzda, hukumat portalida interaktiv davlat xizmatlarining soni ortib, ular sifat jihatdan ham takomillashib bordi. Xususan, keyingi davrda xar bir davlat idorasi, tashkiloti, muassasa va boshqa tuzilmalarning, mahalliy hokimiyatlarning rasmiy veb-saytlarida alohida interaktiv xizmatlar bo’limi tashkil etildi. Biroq, bul holatning bitta noqulaylik tarafi mavjud edi: ular tarqoq holda bo’lib, har bir muassasaga murojaat etishda, uning sayti saytidan foydalanish, agar murojaatni ko’rib chiqishda boshqa muassasaning ham ishtiroki talab qilinsa, bunda murojaat etuvchi fuqaro, ikkinchi muassasaga ham alohida

murojaat bilan chiqishi kerak edi. Qolaversa, ayrim tashkilotlarning veb-saytlarida ko’rsatilgan manzillarning faol emasligi, yoki, murojaat e’tiborsiz qoldirilishi holati nazoratdan chetda qolar edi. Shu kabilarni bartaraf etish va davlat interaktiv xizmatlarini standartlashtirilgan yagona tizimga birlashtirish bu o’rinda mantiqan to'g'ri va optimal variant bo’lardi. Shu sababli ham Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan barcha davlat interaktiv xizmatlarining standartlashtirilgan yaxlit majmuini o’zida namoyon etuvchi Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP)- www.my.gov.uz tashkil etildi va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida ish boshladi:

Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali

Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP) – aytish mumkinki, O’zbek elektron hukumat tizimining yuzi sifatida, hukumat tomonidan tasdiqlangan interaktiv xizmatlar ro’yxatida keltirilgan barcha interaktiv davlat xizmatlarini taqdim etadigan, o’z nomi bilan yagona tizim bo’lishi ko’zda tutilgandir. Aytib o’tganimizdek tizim test (beta) rejimida ish boshlagan va u hozircha ishlab chiqish va takomillashtirish bosqichini boshdan kechirmoqda. Yagona Portal, ramziy ma’noda aytganda, katta yo’lga endi chiqqan bo’lsa-da, o’zining qulaylik va texnik hamda texnologik jihatlari bilan anchagina katta potensialni namoyon qilib ulgurdi. Hozirgi kunda yagona portalda taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari Litzeniyalash va ruxsatnomalar, Elektron to’lovlar, Bank va Moliya xizmatlari, Uy-joy va kommunal xo’jaligi sohasi, Axborot texnologiyalari va aloqa, Konsullik xizmatlari, Mehnat, Tadbirkorlik, Sug’urta, Ko’chmas mulk, Sog‘liqni saqlash, Soliqqa tortish, Arxiv, Investitsiyalar va savdo, Madaniyat va Sport, Intellektual mulk, Transport, Bojxona, Huquq va Ta’lim yo’nalishlarida, jami - 20 ta tematik bo’limlarga birlashtirilgan bo’lib, ular ham o’z navbatida tarkibiy qismlarga bo’linadi:

Foydalanuvchilar YIDXPda shuningdek alohida bo’lim-ilova (вкладка) orqali, vazirliklar, davlat tashkilot, idora va muassasalarining ro’yxatiga o’tish va ularning aloqa manzillari, rahbariyat qabul jadvallari, on-layn murojaat shakllari bilan tanishishlari, giperhavolalar orqali kerakli tashkilot yoki idoraning rasmiy veb-saytiga o’tishlari mumkin. Ishonch telefonlari bo’limi ham portalning o’ziga xos jihatlaridan biri bo’lib, bu yerda hozircha 20 ta muassasaning ishonch telefonlari qayd etilgan. Undan tashqari YDXIPning o’zida ham Qo’ng’iroqlar markazi (Call center) tashkillangan bo’lib, internetga ulanish imkoniyatiga ega bo’lmagan fuqarolar mazkur funksiyadan foydalanib, o’z murojaatlarini bayon qilishlari imkoniyati mavjud:
Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o’ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat yoki ariza bilan, mazkur masalaga aloqador mas’ul davlat idorasiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat etuvchi fuqaro, istagiga ko’ra o’z murojaatining ko’rib chiqilishi jarayoni qaysi bosqichga yetganligi haqida SMS ma’lumotlari orqali xabardor

bo’lib turishi, murojaatiga javobni istasa elektron pochta orqali, xohlasa, oddiy pochta orqali olishi mumkin.

Interaktiv xizmatning mazkur shakli hozircha YDIXP ning eng ommabop xizmat turi bo’lib turibdi. Portal asosiy sahifasida, kelib tushgan va ko’rib chiqilgan murojaatlarning statistikasini kuzatish shunday xulosaga kelishga asos bo’lmoqda.
Undan tashqari portalda, «Ko'p uchraydigan savollar» bo’limidan, foydalanuvchilar tomonidan ko’p beriladigan, an’anaviy savollarga javob olish, yoki, qanoatlanitiruvchi javob topa olmasa, maxsus shakl orqali o’z savoli bilan portal xodimlariga murojaat etishi mumkin. Shuningdek portalga tashrif buyuruvchilar, biror bir xizmat turi borasida o’z takliflarini kiritishlari yoki portal faoliyati bo’yicha mulohazalari bilan uForum da fikr almashinishi mumkin. Shuningdek, yagona portalda, sohaga oid qonunchilik tizimi, kalit so’zlar yordamida qidiruv, teglar majmuasi (buluti) kabi qulayliklarni alohida ta’kidlash joiz.

Portaldan foydalanish uchun fuqaro, maxsus identifikatsiya tizimi – www.ID.uz da ro’yxatdan o’tishi zarur bo'ladi. Foydalanuvchi www.ID.uz ma’lumotlari orqali www.my.gov.uz da ham o’z shaxsiy kabinetiga ega bo’ladi. Shaxsiy kabinetda, zaruriy ma’lumotlarni kiritib, tahrirlab olish kerak. Chunki, davlat idorasiga murojaat etishda, murojaatchining shaxsi aniq va to'g'ri bo’lishi muhim. Ko’pincha saytlardagi boshqa nom yoki taxallus bilan ro’yxatdan o’tish maqsadga muvofiq emas. Shaxsiy kabinetda, murojaatchi, o’z murojaatining ko’rib chiqilishi bosqichi haqida yangilanib turadigan ma’lumotlarga ega bo'ladi. Shuningdek, soliq, aloqa, hamda kommunal xizmat tashkilotlaridagi shaxsiy hisob-varaqalar raqamlarini kiritib, ulardan kelgusida foydalanishga zamin yaratishi mumkin.

Umuman olgan portaldan foydalanish ancha oson. Tashqi dizayn va navigatsiyaning yengilligi, har qanday foydalanuvchilar guruhiga, zaruriy xizmatni tez va oson topish imkoniyatini beradi. Har bir xizmat turi uchun ko’zga yaqqol tashlanadigan izohlar va tushuntirishlar berilgan. Biroq, portaldan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun ayrim jihatlarga e’tibor berish zarar qilmaydi. Bu borada quyidagi takliflarni keltirishim mumkin:

Yagona portalda hozircha jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmat turlari o’zaro aralash holatda taqdim etilmoqda. Ushbu holatni Yuridik shaxslar, ya’ni G2B tizimi uchun alohida bo’lim, jismoniy shaxslar, ya’ni G2C uchun alohida bo’limga tasniflash, ularning havola va boshqa elementlarini hech bo’lmaganda turli xil ranglar bilan yaqqol ajratib ko’rsatish mumkin (Qozog’iston elektron hukumat portalida shunday qilingan).

Shuningdek portal yuzasidan takliflardan yana biri, http://www.my.gov.uz dan foydalanish uchun sarflangan internet trafikni, O’zbekiston fuqarolari uchun bepul qilib

qo’yish kerak deb o’ylayman. Bu bepul qo’ng’iroqlar tizimiga o’xshash bo’lib, internet-provayderlar va uyali aloqa kompaniyalari bilan bu borada kelishuvga erishish kerak bo'ladi. Bu kabi qulaylikni masalan hozirda uyali aloqa kompaniyalari o’z abonentlari uchun, o’z korporativ saytlari, shuningdek boshqa ayrim saytlar (asosan ijtimoiy tarmoqlarning «0» versiyalari) uchun taqdim etmoqda.

Qolaversa, interaktiv davlat xizmati orqali shakllantirib olingan rasmiy hujjatlarning turli xil idoralar va mansabdor shaxslarga taqdim etishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ayrim holatlarni e’tiborga olish kerak. «Inertsiya» masalasi ayrim mas’ul shaxslarda uchrab turadigan holat. Ya’ni, masalan, biror bir hujjat, aytaylik soliq to’lovlaridan qarzim yo’qligi haqidagi ma’lumotnomani, portaldan shakllantirib, kompyuterimga yuklab, chop qilib oldim. Uning, DSI ga shaxsan borib, soliq idorasi xodimi tomonidan chop etilib, idora rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma bilan teng kuchga ega bo’lishini ta’minlash kerak bo'ladi. Aks holda men portaldan yuklab olib, chop etib olgan ma’lumotnomani, tegishli joyda taqdim etganimda, mansabdor shaxs tomonidan, muhr va imzo yo’qligi sabab qilib qabul qilinmasligi mumkin. Buning uchun, shakllantirib, yuklab olinadigan va keyinchalik biror idoraga taqdim qilinishi mumkin bo'lgan hujjatga maxsus nishon, masalan shtrix-kod, yoki Semakod biriktirish mumkin, bunda hujjat aylanishining keyingi bosqichlarida semakod yoki shtrix-kodni skanerlash orqali esa, mazkur hujjatning haqiqiyligini tekshirish mumkin bo’ladi. Semakod va shtrix-kodlarni skanerlab tekshirish funksiyasi hozirgi kunda ommalashgan smartfonlar va planshetlar uchun ilova-dasturlarda oson topiladigan narsa bo’lib, masalan, u orqali skanerlangan kod yordamida to'g'ridan-to'g'ri tegishli idora portaliga giperhavola berib, o’sha idoraning tasdig’ini hamda, boshqa ma’lumotlarni (berilgan sana, amal qilish muddati va ho kazolarni) olish funksiyasini ham kiritish mumkin.

Ijtimoiy davlatning shakllanishi va rivojlanishidagi dunyoviy tajriba shundan dalolat beradiki, uning asosiy ko‘rsatkichlari shaxs va hukumatning begonaligini bartaraf etish, hukumatning demokratligi va ochiqligi tamoyillari asosida davlatni jamiyatning ijtimoiy javobgar vositasiga aylantirish, barcha aholi qatlamlari ehtiyojlarini qondiruvchi izchil siysiy siyosatni olib boruvchi, ijtimoiy odilonalik, kelishuv va o‘zaro foydali hamkorlikda namoyon bo‘ladi.Yuqorida keltirilgan xususiyatlarni amalda shakllantirish maqsadida davlat va jamiyat o‘rtasida doimiy munosabatni ta’minlash lozim, chunki demokratik boshqaruv tizimi o‘z faoliyatida shaffoflik tamiyillarini chetlab o‘tgan xolda ochiqliklik jarayonisiz faoliyat yurita olmaydi. Davlat xizmatchilari bunday o‘zaro munosabatlarni ma’muriy amallarni bajarishning eng sodda tizimi bo‘lganda amalga oshirishi mumkin, chunki davlat xizmati axoliga mumkin qadar yaqin bo‘lishi kerak.

Extiyojni ta’minlash uchun katta tezlik, muvofiqlik, samaradorlik va xarakatchanlik, xamda uning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlar texnologiyasi yaratilgan bo‘lishi zarur. Jamiyat bilan davlat xizmati o‘rtasidagi muloqot – demokratik davlat qurishning asosi xisoblanadi. Butun jaxon zamonaviy davlat boshqaruv organlari shuni kengroq anglamoqdaki, ular tuzilmasi faoliyatining samaradorligi to‘g‘ridanto‘g‘ri kutilayotgan ehtiyoj va axolining fikriga bog‘liq. Extiyoj, kutilayotgan natija va axoli fikriga nisbatan e’tibor doimiy ravishda kechadi, lekin turli darajada va turli usulda amalga oshiriladi, uch model asosda jamiyat bilan ish olib boruvchi tanlangan tashkilotning olib borgan ishiga qarabturli natijalarga erishiladi.
Birinchi model bir tomonlama tashkilot faoliyati xaqidagi ma’lumotni
jamiyatga etkazadi. Biz bugungi kunda shuning guvoxi bo‘lmoqdamizki, davlat
boshqaruvi va organlari qanday tartibda axborot xizmatlarini, jamiyat bilan aloqa
bo‘limlarini ochmoqdaki, ommaviy axborot vositalari orqali tashkilot faoliyati
xaqidagi xaqqoniy ma’lumotlarni tarqatib bormoqda. Ma’lumotni bir tomonlama
tarqatilishi evaziga (tashkilotdan – jamiyatga) bumodel, «asimmetrik» deb
nomlanadi, va asosan tashviqotchilik usullari yordamida va o‘zining ijobiy
fazilatlari va faoliyati xaqidagi ma’lumotlarni tarqatadi. Ikkinchi model o‘zi xaqidagi ijobiy ma’lumotlarni tarqatadi va tashkilotning foydali qarorlar qabul qilishida jamoatchilik fikriga strategik jijatdan yondoshadi.
Bu model, «ikki tomonlama asimmetrik» deb nomlanadi, chunki xar ikki
tomondan ta’sir o‘tkaziladi, natijada u yoki bu ta’sir qabul qilinadi. Bunda jamiyat
bilan o‘zaro munosabatda bo‘layotgan korxonaga samara kelish kelmasligi asosiy
e’tiborda bo‘ladi. Davlat boshqaruvi va organlari faoliyatida bumodel bizning
mamlakatimizda ayniqsa saylov kompaniyalari jarayonida va ommaviy bo‘lmagan qarorlarni qabul qilishda keng foydalaniladi.

Uchinchi model, «ikki tomonlama simmetrik» tashkilot va jamiyat


o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
kelishmovchiliklarni oldini olish uchun tashkilot tomonidan o‘zining faoliyati
xaqidagi ma’lumotni ag‘oliga muntazam ravishda etkazishga asoslangan faoliyat.
Lekin uchinchi model boshqaruv organlari faoliyatini jamoa fikri,
qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan xolda muntazam ravishda boshqaruvni
moslab boradi. Bumodel yuqori darajada demokratik davlat talablariga javob beradi, bu modelda jamoa qisman boshqaruv jarayonida ishtirok etadi.
Davlat boshqaruv organlarining va maxalliy o‘z-o‘zini boshqaruvning
jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarida «ikki tomonlama simmetrik» xizmat
modelidan foydalanishdan maqsad o‘zaro ma’qul qarorlarni qabul qilish va o‘z
vaqtida moslash orqali rivojlanishga daxldor barcha jamoani o‘zaro
munosabatlarini ta’minlashdan iborat.
Davlat xizmatining jamiyat bilan o‘zaro muloqoti bir qator qoidalarga
asoslanadi. Muximlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: jamiyatni doimo va
muntazam ravishda olib borilayotgan siyosat xaqida xabardor qilib borish lozim,
chunki bu ma’lumot xar bir fuqaroga etib borsin; jamiyat bilan aloqada
bo‘layotgan tadbirlar tuzilmasi yagona tadbirlardan iborat bo‘lmasligi kerak,
aksincha bir necha o‘zaro kelishilgan tadbirlardan iborat bo‘lishi kerak;
ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishi talab etilishi lozim; jamiyat uchun
yo‘natilayotgan ma’lumot soda va tushunarli shaklda bo‘lishi kerak; jamiyat bilan
bo‘layotgan aloqa yuqori etika darajasida bo‘lishi va salbiy bo‘lmasligi kerak. Axoli ehtiyojlari va talablari asosida qabul qilingan boshqaruv qarorlari
yuqori natijalarni beradi, shuning uchun xam muntazam ravishda fuqarolar
«e’tirozlar kuni», «g‘oyalar kuni», «takliflar kuni» o‘tkazilishini taqozo etadi.
Davlat xizmatchilari tuzilmasiga ishonchni shakllantirish maqsadida
muammoni ochiq muxokamasida izchil ishtirok etish lozim.
Davlat hukumat organlari madaniyati faqat ichki «raxbar – xizmatchi»,
«xizmatchi – xizmatchi» munosabatlar bilangina cheklanmay, balki «mijoz» ga,
ya’ni fuqaroga xam daxldordir. SHuni e’tiborda tutish kerakki, inson aql va mantiqqonuniyati bilan yashamaydi. Xar bir insonda bir qator xususiyat mavjudki, ular insonning ma’lumotlarni qabul qilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. YA’ni inson nimani eshitgisi, ko‘rgisi kelsa va nimani xis etishni xoxlasa shuni qiladi. SHuning uchun ham jamiyat bilan aloqani inson xususiyatlarini o‘zgartira oladigan etuk
mutaxassislar amalga oshirishi maqsadga muvofiq. Lekin ular bu ishni yuqori
darajadagi ma’naviy ma’suliyat bilan amalga oshirishlari lozim. Davlat xukumati
va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishda rioya etilishi lozim bo‘lgan
yuqorida keltirilgan qoidalarni amalga oshirilishi fuqarolarning ongini oshirishda
va axolida maxalliy o‘z-o‘zini boshqarish muammolariga izchil qiziqishini uyg‘otadi.

Jamoatchilikning maxalliy boshqaruv ishlariga qiziqishini oshib borishi


xukumatni bir gurux kishilar qo‘lida bo‘lib qolish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi
va saylangan ma’muriyat xodimlarini yuklangan vazifalarni ma’suliyat bilan
bajarishlariga yordam beradi

Fukarolar o‘zlarining fikrlarini ma’lum chegara doirasida boshqa


fuqarolarga zarar etkazmagan xolda, milliy xavfsizlikka yoki jamoat tartibiga xavf
tug‘dirmagan xolda ommaviy tarzda ifoda qilish xuquqlariga ega bo‘lishi lozim.
Ochiq xaqiqat shundan dalolat beradiki, demokratik jamiyat qurishda
ijtimoiy boshqarish jarayonlarida axborotning axamiyati oshib bormoqda va davlat
organlaridan keng doirada ochiqlik, fuqarolar tomonidan tegishli qarorlarni qabul
qilish maqsadida jamoatchilik bilan uzviy muloqotda bo‘lish va axborot boshqaruv
siyosatida ob’ekt va sub’ektlar barcha munosabatlarida muvozanatni ta’minlashni
talab etadi.
Demokratiya – davlatni xalq ishi bilan qonuniy boshqarish shakli deb
yuritilayotgan formula tarzida qaralsa, davlat barcha xalqqa tegishli va u
tomonidan amalga oshiriladi, go‘yoki davlatda xech qanday qiziqish yo‘q, qiziqish
faqat xalqda bo‘lib, xukumat faqat uni amalga oshiruvchi mexanizmi xisoblanadi.
Masalaning bu tarzda qo‘yilishi axborot jamiyatini qurish jarayonida keng
ma’noda dolzarb xisoblanib, «elektron xukumat» ning shakllanishi muximligi va
muqarrarligidan dalolat beradi.

Elektron xukumat deganda davlat xukumati organlari oldida turgan


vazifalarni echish usullarini o‘zgartirish uchun yaratilayotgan axborot tuzilmasi
tushuniladi.
Agar avvallari davlat sektorlari axborot texnologiyalarini aloxida
departament va tashkilotlarda ichki foydalanish uchun qo‘llasa, endilikda axborot
texnologiyalari elektron asrda qimmatga ega bo‘lib, «tezkor, yaxshi, arzon,
murojaat mumkin bo‘lgan» tamoyillariga asoslangan xolda faoliyat yuritadi, keng
omma ehtiyoji yoki qiziqishigaqarab xizmat ko‘rsatuvchi davlat xizmati shaklida
ishlaydi. SHunday qilib «elektron xukumat» o‘z faoliyati maqsadi sifatida xukumatga qaratilgan asosiy e’tiborni endilikda fuqarolarni talab va muammolarini echishga qaratishda deb xisoblaydi.
Amalda bu quyidagicha ifodalanadi, fuqaro ma’lumotnomani va boshqa
xujjatlarni bir tashkilotdan boshqasiga olib borib o‘tirmaydi, bu yo shaxsiy
xuquqlarini rasmiylashtirish yoki biron bir ro‘yxatdan shtish bo‘lsin u oddiy davlat
organlariga murojaat qiladi, kelgusi barcha xujjat va ma’lumotlar almashinuvi
uning ishtirokisiz belgilangan muddatda amalga oshiriladi.
Bunday davlat xizmatini o‘tovchi sifatida «elektron xukumat» qaraladi.
«Elektron xukumat» loyixasining qimmatliligi sarf xarajatlarni kamayishi,
fuqarolarning qimmatli vaqtini, tadbirkorlarning vaqti va vositalarini, jamiyat

tizimiga keltirayotgan qo‘shimcha narxni tejashida namoyon bo‘ladi.


Bir qator dunyo mamlakatlarida axborot jamiyatining shakllanishi, bu
yo‘nalishda davlat xizmati faoliyatida yangi texnologiyalarni rivojlanishida va
amalda tadbiq etilishida o‘z aksini topmoqda. Bu muammo bizning mamlakatimiz uchun juda dolzarb, chunki davlatni mukammal tashkil etilmaganligi juda qimmatga tushmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqotlar va ekspertlar baxolashiga

ko‘ra fuqarolarning yillik davlat xizmatlariga bo‘lgan murojaatlari yarim mlrd.Inson-soatni tashkil etadi. Fuqarolarning murojaatlarini qayta ishlash uchun 100 minga yaqin davlat xizmatchilari shug‘ullanadilar, o‘z-o‘zidan ularning vaqt xarajatlari umumiy foydali mexnat vaqtidan olib tashlanadi. Bundan tashqari


odatiy xolda (fuqaro va davlat xizmatchisi bevosita bog‘lanishida) barcha
ma’lumotlar almashinuvida u yoki bu xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Muxim jixatlari
yana shundaki, meyoriy xujjatni ishlab chiqish va qabul qilishdan uni respublika
miqyosida amalda joriy etilishiga qadar o‘rta xisobda ikki yil o‘tadi.

Shuning uchun xam bugungi kunda xar qachongiga ko‘ra ijtimoiy


jarayonlarni tashkil etuvchi asosiy faktor sifatida davlatning axamiyati birinchi
darajali deb qaraladi. SHundan kelib chiqqan xolda davlat xizmatlariga xalqqa
xizmat ko‘rsatishida kata ma’suliyat yuklanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda «elektron xukumat» o‘z zimmasiga
quyidagi vazifalarni oladi: «Elektron xukumat»ga o‘tish tufayli fuqarolar maxalliy jamoat xayotida va demokratik jarayonlarda aktiv ishtirok etadilar. Ular muammosiz, qisqa vaqtda kam xarajatda davlat xizmatiga bog‘lanishi va kerakli ma’lumotga va maxsus xujjatga murojaat uchun ruxsat olishi mumkin. Agar biron bir komitetning yig‘ilishi, ommaviy xisobotida bevosita ishtirok etish imkoni bo‘lmasa elektron xat yuborishi yoki Internetga axborotni munozara shaklida joylashi mumkin.

Bundan tashqari davlat xizmatini avtomatlashtirish oxir oqibat «to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyaga» olib kelishi mumkin, bunda nomzodlar muloqoti va ovoz berish Internet orqali amalga oshiriladi.




4-modda. Elektron hukumatning asosiy vazifalari

Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta'minlash,

ularning mas'uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub'ektlari

bilan axborot almashishni ta'minlashning qo'shimcha mexanizmlarini yaratish;

ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o'zaro

munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo'yicha imkoniyatlar yaratish; o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma'lumotlar bazalarini,

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona

reestrini shakllantirish;

6-modda. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi printsipi

Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.

Ariza beruvchilarga elektron davlat xizmatlari ko'rsatish tartibi to'g'risidagi axborot ommabop va ochiqdir hamda u elektron davlat xizmatlari ko'rsatuvchi davlat organlarining rasmiy veb- saytlarida e'lon qilinadi.

Elektron davlat xizmatlari ko'rsatuvchi davlat organlari ariza beruvchi so'rovining ko'rib chiqilishi holati va xizmatlar ko'rsatilishi natijalari to'g'risidagi axborotni tegishli xabarlarni elektron shaklda yuborish yo'li bilan uning talabiga ko'ra taqdim etadi.

12-modda. Axborot xavfsizligini ta'minlash printsipi

Elektron davlat xizmatlari ko'rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari

ko'rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot

xavfsizligini ta'minlashi shart.

Elektron davlat xizmatlari ko'rsatuvchi davlat organlari shaxsga doir ma'lumotlar, shuningdek davlat sirlarini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlar muhofaza qilinishini va ulardan ruxsatsiz foydalanishning oldi olinishini ta'minlash yuzasidan zarur tashkiliy-texnik choralar ko'radi
23-modda. Ariza beruvchining elektron davlat xizmatlarini olish chog'idagi huquqlari

Ariza beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

elektron davlat xizmatlarini o'z vaqtida va elektron davlat xizmatlarining tasdiqlangan

reglamentlariga muvofiq olish;

elektron davlat xizmatlari ko'rsatish tartibi to'g'risida to'liq va ishonchli axborot olish;

elektron davlat xizmati ko'rsatilishining borishi to'g'risida o'zaro hamkorlikning turli

shakllari (rasmiy veb-sayt, telefon, elektron pochta, tezkor aloqa va boshqalar) orqali

axborot olish;

elektron davlat xizmatlari ko'rsatuvchi davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor

shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi

organlarga yoki mansabdor shaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish;
XULOSA
Adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish asosida quyidagi umumiy xulosalarga keldim.

1.Elektron hukumat qanday kelib chiqqanligi va qay maqsadda foydalanishini, undan tashqari O’zbekistonda Elektron hukumatning o’rni qandayligini va yurtimizga katta foyda va o’z qulayliklarga ega bo’lgan holda,davlat ishlarda katta foyda keltirilmoqda.

2. Bugungi kunda "elektron hukumat"tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa,boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes vakillari, davla torganlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.Xulosam oxirida shuni aytmoqchimanki o’zimda mavzuyim bo’yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldim deb o’ylayman.

3. Hamyurtlarimizga esa, o’z fuqarolik huquqlaringizni amalga oshirishda, davlat xizmatlaridan foydalanishda vaqtingiz, mablag’ingiz tejash, ayrim hollarda uchrab turganidek, asabbuzarlik, sarsongarchilik holatlaridan yiroq bo’lish uchun Interaktiv Davlat Xizmatlarining Yagona portali - www.my.gov.uz tizimidan foydalaning! Zamon bilan hamnafas bo’ling deyman.



1.O'zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to'g'risida»gi Qonuni 9.12.2015y. O'RQ-395-son

2. O'zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi Qonuni 11.12.2003y. 562-II-son

3. PQ-1989-son 27.06.2013y. «O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»

4. PF-4702-son 4.02.2015y. «O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to'g'risida»

http://old.my.gov.uz/uz/news/57

http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=2833860

http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=64467



www.Google.com

www.Ziyonet.com
Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling