“kompyuter injiniringi” fakulteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana09.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1448788
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doniyor Sadullayev mustaqil ish № 1 Tarmoq lab

Fast Ethernet texnologiyasi. Fast Ethernet va Ethernet texnologiyalarining 
barcha farqi fizik pog’onada to’plangan. Fast Ethernet texnologiyasida MAC va 
LLC pog’onalar oldingi bo’limda yozilgandek o’z joyida qolgan. Shuning uchun 
Fast Ethernet texnologiyasini ko’rganda fizik pog’onada uning bir necha variantini 
urganish yetarli hisoblanadi.
Fast Ethernet texnologiyasida fizik pog’onani tashkil qilish bir muncha 
murakkab hisoblanadi, chunki unda kabel tizimining uchta variantidan 
foydalaniladi: 
- ko’p modli optik tolali kabel (ikkita tola); 
- 5-darajadagi o’rama juft (ikki juft); 
- 3-darajadagi o’rama juft (to’rt juft). 
Yangi Fast Ethernet texnologiyasida ma’lumot uzatish muhiti sifatida 
koaksial kabellardan foydalanilmaydi. Bu ko’pgina yangi texnologiyalarning 


intilishi bo’lib, uncha katta bo’lmagan masofalarda 5-darajadagi o’rama juft kabeli 
koaksial kabel kabi belgilangan tezlikda ma’lumotlarni uzatish bilan birga tarmoqni 
qurish bir muncha arzonga tushadi va foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Katta 
masofalarda koaksial kabelga nisbatan optik tola bir muncha keng o’tkazuvchanlik 
polosaga ega bo’lib, narxi ham yirik koaksial kabel tizimlaridagi nosozliklarni 
qidirish va bartaraf etish uchun sarflanandigan yuqori harajatlar bilan solishtirganda 
ko’p bo’lmaydi.
Ajratilgan muhitda Fast Ethernet tarmog’i 10Base-T/10Base-F tarmog’i kabi 
konsentratorlarda qurilgan iyerarxik daraxtsimon ko’rinishda bo’ladi. Fast Ethernet 
tarmog’i konfigurasiyasining asosiy farqi tarmoq diametrining 200 metrgacha 
kamaytirilgani. Bu esa 10-megabitli Ethernet tarmog’i bilan solishtirganda 
ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 baravar oshirilgani hisobiga minimal uzunlikda 
kadrlarni uzatish vaqti 10 baravarga oshishi bilan tushuntiriladi.
Ushbu bo’limda Fast Ethernet texnologiyasining yarim dupleksda ishlovchi 
klassik varianti ko’riladi.
Fast Ethernet texnoliyasining fizik variantlari Ethernet texnologiyasini fizik 
jihatdan amalga oshirishdan katta darajaliligi bilan bir-biridan farq qiladi. Bu yerda 
o’tkazgichlar soni va kodlash usuli o’zgaradi.
Fast Ethernet fizik pog’ona uchun uchta turli xil rasmiy standart o’rnatilgan 
va ularga quyidagicha nom berilgan: 
- ekranlashtirilmagan 5-darajadagi UTP o’rama juftli ikki juftli kabel uchun 
100Base-TX yoki 1 darajali STP ekranlashtirilgan o’rama juftli kabel; 
- ekranlashtirilmagan 3, 4 yoki 5-darajadagi UTP o’rama juftli to’rt juft kabel 
uchun 100Base-T4; 
- ikki tolali ko’p modli optik tolali kabel uchun 100Base-FX. 
Uchala standartlar uchun quyidagi tasdiq va xarakteristikalar to’g’ri 
hisoblanadi. 
1. Fast Ethernet texnologiyasining kadr formatlari Ethernet tarmog’ining 10 
Mbit/s texnologiyasidagi kadr formatlaridan farq qilmaydi. 
2. Kadrlar orasidagi interval 0,96 mks, bit intervali esa 10 ns. Erkin 
foydalanish algoritmlarining barcha vaqt parametrlari: kechiktirish vaqti, minimal 
o’lchamda kadrni uzatish vaqti o’zgartirilmagan. 
3. Muhitning bo’sh holati xususiyati Ethernet 10 Mbit/s standarti kabi signal 
yo’qligi emas, balki muhit bo’ylab ortiqcha kodga mos keluvchi oddiy manba 
belgisini jo’natish orqali aniqlanadi. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling